1-topshiriq. Matnni o'qing va tarjima qiling



Yüklə 5,77 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5,77 Kb.
#155119
ochiq dars


4-sinf
O‘zbek tili
Mavzu:
Kuzgi nematlar
(1-dars)

1-topshiriq. Matnni o'qing va tarjima qiling.

Dehqon va bog'bonlar kuzda yig'ib olingan hosilni bozor, do'kon

va konserva zavodlariga yuboradilar. Uyda onalarimiz mevalardan turli

sharbat, murabbo, qiyomlar tayyorlaydilar. Sabzavotlardan esa tuzlama

va salatlar tayyorlanadi. Qishda ular taomlarga qo'shib iste'mol qilinadi

Dehqon va bog'bonlar tufayli biz qishin-yozin meva va sabzavotlarni

maza qilib yeymiz. Tanamizni foydali vitaminlarga to'yintiramiz.

Kuzgi ne'matlar dasturxonimiz ko'rkidir.

2-topshiriq. Savollarga javob bering.

  • 1. Mevalar qayerda o'sadi?
  • 2. Ularning mazasi qanday bo'ladi?
  • 3. Mevalardan nimalar tayyorlash mumkin?
  • 4. Mevalarning foydali xususiyatlari nimada?
  • 5. Qaysi mevalar O'zbekistonda o'smaydi?
  • 6. Qaysi mevalarni qo'lda, pichoqsiz tozalash mumkin?

3-topshiriq. Topishmoqlarning javobining toping.

Qirq hujrada qizil qizlar.

O'zi shirin, tukligina,

Mazasi ham totligina.

Osti sariq, usti sariq,

Shirin, totli, ichi tariq.

Kuzgi ne'matlar haqida matn tuzing. Matnda qanday? so'rog'iga

javob bo'ladigan so'zlardan foydalaning.

1-mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib, gaplarni davom ettiring

1. Biz olmadan mazali murabbo …

2. Nok sharbatini …

3. Bayram tortini … bilan bezatamiz.

4. Bog'dagi mevalarni …

5. Biz bozordan kerakli … … sotib oldik.

6. Palov uchun … va … olib keldik.

Foydalanish uchun so'zlar: mevalar, piyoz, tayyorladik, sabzavotlarni, terib oldik,

sabzi, meva, yaxshi ko'raman.

3-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi mos so'zlarni qo'yib yozing.

Biz pirog uchun … (ko'k, qizil) olmalarni terdik.

Bobom anor… (sho'rvasini, sharbatini) yaxshi ko'radilar.

Xurmo shirin va …(bemaza, foydali) meva.

Bolalar … (ishchiga, bog'bonga) mevalarni terishga yordam berdilar.

Otam … (maydondan, bozordan) uzum, anor va xurmo sotib oldilar.

Biz har kuni … (meva, qalampir) yeyishni yoqtiramiz.


Kuzgi ishlar
Paxta terib olinadi
Tom va mo‘rilar tozalanadi
Meva va sabzavotlar yig‘ib olinadi
Bug‘doy ekiladi

Mustaqil topshiriqni tekshirish:

O‘tilgan mavzularga gap tuzish.

Kuz faslida havo salqin bo‘ladi. Tez-tez yomg‘ir yog‘adi.


Daraxtlarning barglari sarg‘ayib , yerga to‘kila boshlaydi.
Issiqsevar qushlar issiq o‘lka-larga uchib ketadilar.

Kuzgi ishlar boshlanadi. Hamma qishga tayyorgarlik ko‘radi. Odamlar tarnov va mo‘ri-larni tozalaydilar.

Kuzgi ishlar boshlanadi. Hamma qishga tayyorgarlik ko‘radi. Odamlar tarnov va mo‘ri-larni tozalaydilar.

Dehqonlar qishga tayyorlanadilar.

Dehqonlar qishga tayyorlanadilar.

Hosilni yig‘ib oladilar.

Bu faslda bepoyon dalalardagi paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi va paxta yig‘im-terimi boshlanadi.


Polizda qovun va tarvuz pishadi. Havo soviy boshlaydi.
Daraxtlarning barg-lari sarg‘ayadi.
Hosil yig‘ib olinadi. …
Kuzda bug’doy ekiladi.
Uni ekishdan oldin yer shudgor qilinadi. Bug‘doy qishi bilan yer ostida unadi. Boshoqlar to‘lishganda hosilni yig‘ish boshlanadi.
Bug‘doy tegirmonga tushguncha dehqonlar katta mehnat qiladilar.
Bug‘doy inson uchun eng kerakli ne’mat.
Chunki bug‘doy unidan non pishiramiz.
Non – dasturxonimiz ko‘rki.
Bug‘doy donidan olingan un non pishirish, makaron va qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 5,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə