Qudratov Najmiddinning



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#136381
1   2   3   4   5
Najmiddin tayyor 1

Mavzuning dolzarbligi. Isroil misli ko‘rilmagan hujumga uchradi. Nafaqat miqyos jihatdan, balki ijro mohiyati, shafqatsizlik jihatidan ham. Isroil keng miqyosda, shuningdek, juda shafqatsiz usullar bilan javob qaytarmoqda. Ular Leningrad qamali paytida bo‘lgani kabi G‘azo sektoriga qarshi choralar ko‘rishni xohlamoqda, buni qabul qilib bo‘lmaydi. G‘azoda ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ammo, boshqa tomondan, Isroil o‘z xavfsizligini ta’minlashga haqli. Yechim topish kerak. Isroilda SSSR va Rossiyaning sobiq fuqarolari ko‘p. Albatta, biz bu haqda unuta olmaymiz. Isroil bilan ham, Falastin bilan ham an’anaviy munosabatlarimiz yaxshi. Shuning uchun, hech kim bizni kimgadir yon bosishda gumon qilolmaydi, albatta, agar kimdir bizning vositachiligimizga muhtoj bo‘lmasa.

Mavzuning vazifasi: Falastinning yaqin tarixi


1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat – Isroil yahudiy va Falastin – arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo boʻylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga – Falastinga toʻplashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol oʻynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion togʻi nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda toʻplanishga daʼvat etadi). Ayni paytda sionizm gʻoyasi ham vujudga keldi.

1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0.5 mln ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishgʻol qilib oldilar.
1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini eʼlon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti boʻlib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil-arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega boʻlmagan davlatlar edi.
Yahudiylar Falastin arablarini oʻz yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib oʻtishga majbur boʻldi. MisrSuriyaLivanIordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur boʻldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari koʻrsatgan moliyaviy yordamGermaniyaning Isroilga toʻlagan 1 mlrd. $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH koʻrsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo – neftga boy oʻlka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud.
1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil oʻz hududidan 2 baravar katta boʻigan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim oroliniSuriya Joʻlan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qoʻliga oʻtdi. Gʻazza sektori va Falastin davlati poytaxti boʻlishi kerak boʻigan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara oʻtkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga oʻz davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam koʻrsatishni davom ettirdilar. 19691979-yillar oraligʻidagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd. dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham oʻzlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini koʻrdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.
1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obroʻsi oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Isroilning ogʻir ahvolga solib qoʻyilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obroʻsini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr oʻrtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga koʻra, Isroil oʻz qoʻshinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam koʻrsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yoʻlga qoʻyishda Misrga yordam koʻrsatdi. Arab xalqi Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni oʻldirishga muvaffaq boʻldilar.
1. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng buyuk davlatlar
Falastinda yahudiylarning o‘z davlatiga ega
bo‘lishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlay boshladi. Ayni paytda BMT ham 1947-yil 29-noyabrda Falastinda ikkita davlat
tashkil etilishi (Isroil va Falastin) haqida qaror qabul qildi. Dunyoning turli
burchaklaridan ming-minglab yahudiylarning Falastinga ko‘chib kelishi arab
va yahudiylar o‘rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948-yil 14-mayda Isroil davlati
(yahudiylar davlati) tashkil etildi-yu, lekin Falastin davlati tashkil etilmay
qoldi. Bu esa birinchi arab — isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin
hududi Isroil tomonidan bosib olindi. 1949-yilda BMT urush harakatlarining
to‘xtatilishiga erishdi. Biroq Falastin — Isroil janjali davom etdi. Falastinda yahudiylarning tobora ko‘payib borishi arablarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada jadallashgan fashistlar mafkurasi tufayli yahudiylar migratsiyasi kuchaydi. Falastinga yahudiy qochqinlar oqimini kamaytirish uchun Britaniya 1939-yilda ularning immigratsiyasiga cheklovlar ham joriy qildi. Bu esa yangi tartibsizliklarga olib keldi. Yahudiylar arablarga ham, Britaniya maʼmuriyati vakillariga ham hujumlar qildi. Ular inglizlarning bu qarorini xiyonat deb qabul qilishdi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi mojaro qariyb 75 yildan beri davom etib kelmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi bu qarama-qarshilik dunyodagi eng uzoq davom etib kelayotgan bahslardan biri hisoblanadi. Buning asosiy sababi ikki davlat o‘rtasidagi hududiy nizolardir. XX asr boshlariga qadar dunyo xaritasida Isroil davlati mavjud bo‘lmagan. Bunga qadar yahudiylar jahonning ko‘plab davlatlari diasporasida yashab kelishgan. Shu jumladan, Rossiya imperiyasida ham. 1791-yildan boshlab Rossiya imperiyasida “yahudiy turar joy liniyasi” mavjud bo‘lgan. Bu yahudiylarga konfessiya sifatida qonuniy va doimiy yashash huquqini bergan. Lekin ularga boshqa joylarda yashash qatʼiyan man etilgan. Belgilangan hududda ham baʼzi bir cheklovlar bo‘lgan. Bu holat 1917-yildan keyin bekor qilingan. XIX asr oxirida Falastin turklar hukmronligi ostida bo‘lgan. Aynan o‘sha paytdan boshlab yahudiylar masalasi keskinlasha boshlagan. Bunga sabab Yevropada sionizmga (Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan; Bibliya rivoyatlariga ko‘ra, bu yerda Dovud podshoning qarorgohi va Yaxvaning uyi bo‘lgan) bo‘lgan ishtiyoq tufayli. O‘sha kezlarda vujudga kelgan siyosiy sionistik harakatlar Falastin zaminida milliy yahudiy davlatini tuzishga undagan.
Birinchi jahon urushiga qadar Falastinda 85 mingga yaqin yahudiy yashagan. Ular asosan so‘nggi o‘n yillikda ko‘chib kelganlardan iborat bo‘lgan. Yahudiylar migratsiyasining birinchi katta to‘lqini 1881-yildan boshlangan. Keyinchalik bu jarayon Rossiya imperatori Aleksandr II ning o‘ldirilishidan keyin yana ham tezlashdi. Ikkinchi to‘lqin 1903-yilda Kishinyovdagi pogrom tufayli yuzaga kelganligi aytiladi. O‘shanda 49 ta odam o‘ldirilgan, yahudiylarga tegishli bo‘lgan mingdan ortiq uy va do‘konlar talon-toroj qilinib, yoqib yuborilgan. 1909-yilga kelib Falastinda birinchi yahudiy shahri vujudga keldi. Ilk davrlarida shaharda 800 ta odam yashagan. Birinchi jahon urushi vaqtida Falastinni o‘z ichiga olgan Usmonli imperiyasi Germaniyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida minglab yahudiy millatiga mansub aholini mintaqadan quvib chiqaradi. Bir necha yil davom etgan janglar natijasida Britaniya Falastinning katta qismini egallaydi. Yahudiy ko‘chmanchilarining yordami bilan nazoratni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ladi. Germaniyadan farqli o‘laroq, London yahudiylarga nisbatan iliq munosabatda bo‘ladi va 1917-yilda milliy uyni tiklashga yordam berishni vaʼda qiladi. Falastinda yahudiylarning tobora ko‘payib borishi arablarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada jadallashgan fashistlar mafkurasi tufayli yahudiylar migratsiyasi kuchaydi. Falastinga yahudiy qochqinlar oqimini kamaytirish uchun Britaniya 1939-yilda ularning immigratsiyasiga cheklovlar ham joriy qildi. Bu esa yangi tartibsizliklarga olib keldi. Yahudiylar arablarga ham, Britaniya maʼmuriyati vakillariga ham hujumlar qildi. Ular inglizlarning bu qarorini xiyonat deb qabul qilishdi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin ham Buyuk Britaniya o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilishni istamadi. Shu sababli Falastindagi nizolar avj olishda davom etaverdi. Ijtimoiy tartibsizliklar shunchalik ko‘paydiki, Britaniya vaziyatni nazorat qilish uchun mamlakatga muntazam qo‘shin yuborishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, London mojaroga yechim topishga harakat qildi va 1946-yilda arab va yahudiy rahbarlari konferensiyasini tashkil qildi. Bu ham hech narsaga olib kelmadi. Kelasi yili Britaniya hukumati Falastin uchun mandatdan voz kechishga qaror qildi. Vaziyatni hal qilishda yordam so‘rab, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
1947-yil 29-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Falastinni ikki davlat – yahudiy va arab davlatlariga bo‘lish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Shu bilan birga Quddus borasida nizolar bo‘lmasligi uchun uni xalqaro shaharga aylantirdi.
1948-yil 14-may sanasida Isroil Mustaqillik deklaratsiyasi imzolandi va Yahudiy davlati tashkil topgani bilan esda qoldi. Lekin ertasi kuni yangi tashkil topgan mamlakat hududida urushlar boshlandi.

2. Falastin yetakchisi Yosir Arofatning biz bilgan va bilmagan hayoti


O‘tgan hafta payshanba kuni tongida Parijdagi “Persi” harbiy shifoxonasida Falastin muxtoriyati yetakchisi Yosir Arofat vafot etdi. Juma kuni Misr poytaxti Qohirada Falastin rahbari bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘p yillardan buyon qarshilik urushini olib borayotgan va tinchlik, osoyishtalik kalimalarini allaqachon unutib yuborayozgan Falastin xalqi o‘z milliy yetakchisini so‘nggi yo‘lga kuzatdi. Muxtoriyat yetakchisini Quddusi sharif tuprog‘iga qo‘yish to‘g‘risidagi taklif Isroil hukumati tomonidan rad etildi. Ozodlik kurashi tashkilotchisi va yalovbardori bo‘lgan siyosiy arbob Ramalloh shahriga dafn etildi. Oq-qora arabiy ro‘moli, harbiy mundiri hamda ko‘zoynak ortidan boqib turuvchi sinchkov nigohi bilan falastinliklar qalbini zabt etgan va butun dunyoga tanilgan Yosir Arofat qirq yil davomida Falastin Ozodlik tashkilotiga rahbarlik qildi. Siyosiy arbob va harbiy qo‘mondon sifatida ozodlik kurashlarida ishtirok etdi. O‘tgan vaqt mobaynida Yosir Arofat nomi jahon ommaviy axborot vositalarida son-sanoqsiz marotaba tilga olindi, Falastin yetakchisining suratlari minglab matbuot nashrlarida chop etildi. Xullas, Falastin yetakchisi kamdan kam davlat arbobiga nasib etadigan shavkat va shon-shuhratga burkandi, butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Biroq ko‘zlangan maqsadga erishish, asrlar bo‘yi yonib turgan urush olovini o‘chirish va mintaqada tinchlik o‘rnatish sharafi, afsuski, unga nasib etmadi...
Yosir Arofat — Muhammal Abdul Rahmon Abdul Rauf Arofat Qadva Husayniy 1929 yilning 24 avgustida Misr poytaxti Qohira shahrida tug‘ildi. Uning otasi tadbirkor-sarmoyador kishi edi, onasi esa farzandi to‘rt yoshga yetganida vafot etgandi. Arofatning avji bolalik yillari Quddusda yashaydigan amakisi uyida o‘tdi. Hali dunyo sir-sinoatlarini to‘la anglab yetmagan bolakay arablar va yahudiylar o‘rtasida kechayotgan shafqatsiz kurashlar, qirg‘inlarga ilk bor shu yerda guvoh bo‘ldi. Uning go‘dak tafakkuri va ongi aynan ana shu kurashlar girdobida shakllandi. Oiladagi farovonlik va to‘kinlik sabab, Arofat Qohira universitetida o‘qish, o‘z bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ega bo‘ldi. Eng qizig‘i, Arofat universitetda siyosat yoki iqtisod kabi nufuzli fakultetlarda emas, muhandislik yo‘nalishida o‘qidi (Aytishlaricha, u Yosir ism-laqabini ayni shu Qohiradagi tahsil yillarida olgan).
1948 yilgi voqealar Arofatning hayotiy maslak va maqsadlarini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Ko‘pchilikka ma’lumki, zikr etilgan yilda Falastinga qarashli hududlar qo‘shni millat tomonidan egallandi va yangi davlat tarkibiga qo‘shib olindi.
Shu tariqa hozirgacha davom etib kelayotgan Falastin-Isroil ixtilofi yuzaga keldi. Arablar 1948 yil voqeasini “Nakba” (Fojia) deb atashdi. Shu yillarda Arofat va uning tarafdorlari tomonidan Falastinni ozod qilish bayrog‘i ostida FATX harakatiga asos solindi. Arofat esa bosib olingan hududlarni qaytarish yo‘lida kurashgan birlashmaga rahbarlik qildi. Ayni shu davrda harbiy sarkardalik va siyosiy yetakchilik qobiliyatini namoyish etgan Yosir Arofat xalqaro miqyosda obro‘-e’tibor qozona boshladi. Xalqaro maydondagi e’tirof ifodasi o‘laroq, u Arab davlatlari Ligasi tomonidan 1965 yili tashkil qilingan Falastin Ozodlik tashkiloti rahbari etib saylandi. Arofat qo‘mondonligidagi FATX harakati o‘tgan yillar davomida goh Livan, goh Iordaniya hududlarida harbiy operatsiyalar olib bordi. Xususan, 1968 yili Iordaniya hududiga Isroil qo‘shinining kiritilishi va bu hujum Arofat boshqaruvidagi kuchlar tomonidan qaytarilishi FATX hamda uning yetakchisiga bo‘lgan ishonchni oshirib yubordi. Iordaniyada FATX faoliyatining taqiqlanishi, Livanga qo‘shni davlat qo‘shini kiritilishi bilan mintaqadagi ahvol yanada og‘irlashdi. Arofat ham murakkab vaziyatdan kelib chiqib, Tunisdan panoh topishga majbur bo‘ldi. 1988 yili Falastin tarixida katta siyosiy voqea ro‘y berdi va, aytish kerakki, bu hodisa sababchisi ham aynan Arofat bo‘ldi. Ozodlik tashkiloti va harakati rahbari Iordan daryosining g‘arbiy hududi hamda G‘azo sektorida Falastin davlati tashkil topganini e’lon qildi. Yil oxiriga borib, yangi davlat dunyoning 70 mamlakati hukumatlari tomonidan tan olindi. 1993 yili Norvegiya poytaxti Oslo shahrida esa Isroil bosh vaziri Ishoq Rabin va Yosir Arofat ishtirokida tarixiy tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu, aytish kerakki, Arab-Isroil ixtilofini bartaraf etish yo‘lida tashlangan dadil qadamlardan biri edi.
Oslo shartnomasi garchi Quddusi sharifga egalik borasida mavjud bo‘lgan azaliy va abadiy masalaga oydinlik kiritmagan bo‘lsa-da, harqalay, ushbu bitimdan keyin hammasi sekin-asta izga tushayotganday edi. Biroq 1995 yili Isroil bosh vaziri Ishoq Rabinga qilingan suiqasd tinch muzokaralar eshigini taqa-taq yopib qo‘ydi.
Qaysar va qat’iy fikrli siyosatdon sifatida tanilgan Arofat hayotida davomida bir necha bor kutilmagan qarorlari bilan dunyo ahlini hayratga soldi. Ba’zilar hayratlanarli voqealarni Arofatning xatosi sifatida baholashdi, yana ba’zilar muxtoriyat yetakchisi harakatlarini mardlik yoki boshqa so‘zlar bilan sifatlashdi. Bularning birinchisi 1990 yili Saddam Husayn Kuvayt davlatiga qarshi urush boshlagan paytda kuzatildi. O‘sha tahlikali davrda Arofat ochiq-oshkora Iroq rahbari tarafini oldi. Ko‘pchilik muxtoriyat rahbarining tavakkal harakati tushunolmadi. Chunki Falastinga har yili millionlab dollar birodarlik yordami ko‘rsatayotgan davlatlarning barchasi Iroq xatti-harakatini qoralayotgan edi o‘sha paytda...
Ikkinchi kutilmagan voqea oradan bir yil o‘tib — 1991 yili ro‘y berdi. O‘zining islom aqidalariga sodiqligini ko‘p bora takrorlaydigan Arofat hammani hayron qoldirib Suxa Tavil ismli xristian ayoliga uylandi...
2000 yili yana bir muhim hodisa yuz berdi. AQSh Prezidenti Bill Klinton Isroil bosh vaziri Yoxud Barak va Yosir Arofatni o‘sha mashhur Kemp-Devidda bir stol atrofiga to‘pladi. Biroq o‘zaro muzokaralar jarayonida Yoxud Barak tomonidan taklif qilingan tinchlik bitimi... Arofat tomonidan rad etildi. Ko‘pchilik kuzatuvchilar muxtoriyat yetakchisining bu harakatini katta xato, deb baholashdi (Bu qarash hozir ham saqlanib qolmoqda). Boshqa bir guruh siyosatdonlar Arofatni “tushunganday” bo‘lishdi va uni oqlashdi... Xullas, Yosir Arofat rahbarligi davrida Falastin xalqi ham quvonchli, ham qayg‘uli kunlarni boshdan kechirdi. Lekin Arofatning turfa siyosiy qarorlaridan qat’i nazar, u falastinliklar tomonidan har doim ham qo‘llab-quvvatlandi. Falastin xalqi Arofat siymosida o‘z mustaqalligi va ozodligini ko‘rib keldi. Ko‘pchilik falastinliklar Arofatsiz o‘z hayotlarini hatto tasavvur qilolmasliklarini ham bayon etishardi.
Bugun esa falastinliklar haqiqat ko‘ziga tik boqib, Arofatning o‘limini e’tirof etishlari va uning o‘rnini bosadigan siyosiy yetakchi nomini aniqlashlari talab etilmoqda.
Ayni paytda Arofatning o‘rnini kim egallaydi, degan savol ko‘pchilikning diqqat markazida turibdi. Falastin qonunchiligiga ko‘ra, muxtoriyat rahbari vazifasini 60 kungacha parlament spikeri Ravi Fatux bajaradi. Ushbu muddat davomida esa davlat rahbari lavozimiga saylov o‘tkaziladi. Ko‘pchilik kuzatuvchilar hozirda Falastin Ozodlik tashkiloti rahbari bo‘lib turgan, ungacha bosh vazir lavozimida xizmat qilgan Mahmud Abbos Arofatning o‘rnini egallashga asosiy da’vogar ekanini aytishmoqda. Parlament spikerining esa imkoniyati u qadar yuqori emas. Chunki FATX harakati a’zolari orasida uning tarafdorlari ko‘pga bormaydi.
Shuningdek, ayni paytda bosh vazir sifatida ijroiya hokimiyatini idora qilayotgan Ahmad Qurey ham Falastinda ancha yaxshi obro‘-e’tiborga ega. Lekin kuzatuvchilarning bu taxminlari to‘la darajada tasdiqlanadi, deb bo‘lmaydi. Buni Falastinda Yosir Arofat o‘limi arafasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari ham tasdiqlab turibdi.
3. Ozod Falastin Harakati (arabcha حركة فلسطين حرة) — Falastinning Suriya qurolli harakati va jamoat tashkiloti boʻlib, tadbirkor Yosir Qashlaq hmada Suriyaning „Arab Sotsialistik Baas partiyasi“ qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot Isroilga qarshi va asosan 2012-yilgacha Suriya va Gʻazo sektorida siyosiy faollik va ijtimoiy xizmatlari bilan tanilgan edi. Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan soʻng, Ozod Falastin harakati oʻz qoʻshinlarini tuzdi va shundan beri Suriya hukumati uchun turli isyonchi guruhlarga qarshi ochiq kurash olib bormoqda. Ozod Falastin harakatiga Suriyada tugʻilgan, katta boylikka ega boʻlgan falastinlik tadbirkor tomonidan asos solingan, u Livan xalqaro tadqiqotlar instituti, Suriya-Falastin sarmoya uyi, Falastin ishbilarmonlar klubi hamda kichik Livan gazetasi kabi bir qancha tashkilotlarga rahbarlik qiladi[2]. Bundan tashqari, Yasser oʻzining antisemit qarashlari bilan mashhur boʻlib, yahudiylarni bir necha bor „Yevropa axlatlari qoldiqlari“, „jinoyatchi qotillar toʻdasi“ va Yevropaga surgun qilinishi kerak boʻlgan „inson iflosliklari“[3] deb atagan[3].
Misrning yangi prezidenti Anvar Sadat Misrning Iordaniya va Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarnini yaxshilash,shuningdek,Falastin muammosini hal etishda ijobiy siljishga erishish uchun harakat qildi.Ammo uning G.Yaring vositachiligida muzokaralar olib borishga urinishi hech qanday natijaga olib kelmadi.1983-yil dekabrda Livandan quvilganidan so’ng Arofat juda qiyinchilik bilan FATHda obrusini tiklab oldi.1983-yil 23-noyabrda bo’lgan Falastin Milliy Kengashining 17-sessiyasida Arofat yana FATH raisi etib saylandi.Fors qultig’idagi arab davlatlari hamkorligi kengashidan har yil 1 mlrd dollar moliyaviy yordam olgan va o’zining ham ancha katta moliyaviy resurslarga ega bo’lgan FATH,okkupatsiya qilingan hududlarda keng infratuzilmani yaratdi va u arab aholisining hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi.
1987-yil dekabrda FATH da’vatiga binoan bu yerda fuqaroviy buysunmaslik kampaniyasi-intifata boshlandi.Iordaniya qiroli Xusayn 1988-yil noyabrda Falastin davlati tuzilganligini e’lon qildi. Ayni paytda BMT Falastin bo’yicha rezolyusiyasida FATHni falastinliklarning yagona qonuniy vakili sifatida tan oldi.Bularni hisobga olgan AQSH prezidenti R.Reygan 1988-yil 14-dekabrda FATH bilan uchta shart asosida muzokara boshlashga ko’rsatma berdi.Bu shartlar a)FATHning terrorchilikdan voz kechishi:,b)Isroil davlatining mavjud bo’lishiga haqliligini tan olish:,c)BMTning vakolatlarini tan olish.Shundan so’ng Tunisda Amerka-Falastin muzokaralari boshlandi.Bu FATHning o’ziga ajralishga,shuningdek,radikal arab rejimlari-Iroq,Suriya,Liviyada keskin salbiy munosabatga olib keldi.Ular Isroilga qarshi yagona front tuzishga va Y.Arofatni FATH raisi lavozimidan chetlatishga o’rindi.AQSH va FATH o’rtasidagi muzokaralar,unga 1989-yil iyundan vositachi sifatida Misr prezidenti H.Muborak qo’shilgandan keyin ham o’g’ir kechdi.Bu paytga kelib sovuq urush ham oxirlab qolgan,buyuk davlatlar ham muammoning tezroq yechim topishidan manfaatdor edi.SSSR 1991-yili Isroil bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi,1980-yillar oxiridan SSSRdagi yahudiy millatiga mansub kishilarga Isroilga imigratsiya uchun ruxsat berildi.Ammo 1990-yil avgustda Iroq Quvaytga bostirib kirganda,Y.Arofat S.Husayn tarafdori bo’lib chiqdi.U hatto Fors qultig’i mamlakatlari xalqiga murojat qilib,sotqin reaksino rejimlarni ag’darib tashlash uchun qo’zg’olon boshlashga chaqirdi.Rasmiy doiralarning munosabatiga qaramasdan Misr,Suriya,Iordaniya va boshqa ko’plab mamlakatlarning arab aholisi Iroqni qo’llab-quvvatladi.Bu mojaroda Iroqni qo’llagan FATH Saudiya Arabistoni berilayotgan katta moliyaviy yordamdan mahrum bo’ldi.1991-yil fevralda Quvayt muammosining hal etilishi yana Falastin muammosiga qaytish imkonini berdi.1991-yil 30-oktabrda Madridda Yaqin Sharq buyicha xalqaro konferensiyab ish boshladi va unda Falastin delegatsiyasi ham ishtirok etdi.Hudud evaziga-tinchlik prinsipi ma’qullandi.Shundan so’ng Norvegiya hukumati taklifiga ko’ra Oslo shahrida Isroil bilan FATH o’rtasida muzokaralar boshlandi.Muzokaralar dastlab yashirin olib borilib,1993-yil avgustda oshkor qilindi.Shu yil avgustda Isroil va FATH bir-birini tan olganligini e’lon qildi.


XULOSA:
Olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda, quyidagi asosiy xulosalarni ifodalash mumkin:
1. Xavfsizlik muammosi yuzasidan bildirilgan fikr va qarashlar o’rtasida o’ziga xos umumiylik hamda farqlar mavjudligi aniqlandi. Ularning ba’zilari xavfsizlikni ta’minlashda shaxs omiliga katta e’tibor qaratgan bo’lsa, ba’zilari davlatni oliy qadriyat sifatida, boshqalari esa davlatlarning rolini pasaytirishga, xalqaro hamjamiyat va xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini ko’tarishga harakat qilmoqda. Ular orasidagi umumiylik esa xavfsizlikning dolzarbligini e’tirof etilishida hamda uni ta’minlashda harbiy kuch omiliga bo’lgan yondashuvning o’zgarishida aks etmoqda;
-zamonaviy xalqaro munosabatlarda shakllanayotgan yangi xavfsizlik tizimi nafaqat harbiy, balki insonning erkinlik, tenglik, haqiqat va adolatga bo’lgan qonuniy intilishlarini ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarni ham o’z ichiga qamrab olishi zarurligi ma’lum bo’ldi;
-bugungi kunda milliy xavfsizlikni ta’minlashda davlat va jamiyatning asosiy oliy qadriyati bo’lmish shaxsga bo’lgan e’tiborning ortib borishi kuzatilmoqda;
-xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda integratsion jarayonlarni rivojlantirish, milliy manfaatlar uyg’unligiga erishish hamda xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini oshirish barcha davlatlarning milliy manfaatlariga mos kelishi e’tirof etilmoqda;
-bunda davlatlar yangi shart-sharoitdan kelib chiqqan holda hamda milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning o’zaro bog’liqligini to’la xis etgan holda, o’z milliy manfaatlarini belgilashda dunyo hamjamiyati manfaatlarini hisobga olishlari zarur;
2. Yaqin Sharq mintaqasi jahon hamjamiyatida o’zining geografik joylashuvi, tabiy resurslarga boyligi, qulay geoiqtisodiy sharoitlarga egaligi va uch yirik dinning kelib markazi ekanligi bilan muhim o’rin egallab kelmoqda. Mazkur omillar bir tomondan mintaqa davlatlarining xalqaro maydonda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rolining oshishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan mintaqaning dunyoda yirik davlatlar manfaatlari to’qnashuv markaziga aylanib qolishiga sabab bo’lmoqda;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Муҳамедов Ҳ. Ислом ва давлат назарияси муаммолари. – Т.: Адолат, 1999. – 38 б.

  2. Раҳматов О. Огоҳлик – муқаддас бурч. – Т.: Мовароуннаҳр, 2000. – 79 б.

  3. Пахрутдинов Ш. Таҳдид – ҳалокатли куч. Мақола ва маърузалар тўплами . –Т.: Академия нашриёти, 2001. – 301 б.

  4. Прозоров С. Исломда олий ҳокимият масаласи // Ислом ва дунёвий-маърифий давлат (Халқаро илмий-назарий анжуман материалллари). – Тошкент, 2003. – Б. 31-34.

  5. Ғафуров С.М. Форс кўрфази минтақаси: халқаро алоқалар, стратегия, хавфсизлик ва мудофаа муаммолари // Шарқшунослик. – Т.: ТошДШИ, 2001. – Б. 80-86.

  6. Ҳасанов А. Илк ислом жамияти: динийликдан дунёвийликка ўтиш // Ислом ва дунёвий-маърифий давлат (халқаро анжуман тезислари). – Т.: Имом Бухорий халқаро жамғармаси, 2003. – Б. 26-30.

  7. Каминский С.А. Институт монархии в странах Арабского Востока. – М.: Вос­точная литература, 1981. – 152 б.

  8. Комар В. Идеология современного исламизма и Запад // Россия и мусульманский мир. – М.: ИНИОН РАН, 2004. – Б. 122-126.

  9. Машин В.В., Яковлев А.И. Персидский залив в планах и политике Запада. – М.: Наука, 1985. – 240 б.

  10. Мелихов И.А. Монархии Персидского залива: этап модернизации. – М.: Дело и сервис, 2000. – 544 б.

  11. M.Lafasov va boshqalar. YANGI DAVR. Т., "Meros", 2002.
  12. Sh.Ergashev. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. I-qism. T.," O’zbekiston ", 2014.










1 Каримов И.А. Хавфсизлки ва барқарор тараққиёт йўлида. - Т., Ўзбекистон, 1998, 6-том. – Б. 37.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə