Qishloq xoʼjaligini ilmiy asosda yoʼlga qoʼymas ekanmiz, sohada rivojlanish boʼlmaydi. Sh. MirziyoEV. Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar!



Yüklə 183,33 Kb.
səhifə6/15
tarix30.12.2023
ölçüsü183,33 Kb.
#166719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish

2.1. Smenaviy texnik xizmat koʼrsatishda quyidagi ishlar bajariladi:
• tirkamaning barcha qismlarini chang va iflosliklardan tozalang, tirkama toza boʼlishi kerak;
• tirkamani koʼzdan kechiring.
Аniqlangan nuqsonlarni bar-
taraf eting, platforma va ramada yorilgan, bukilgan joylar boʼlmasin. Birikmalardan moy sizishiga yoʼl qoʼyilmaydi;
• elektr jihozlar va tormozlarning holatini tekshiring. Nuqsonlarni tuzating – elektr jihozlari soz boʼlsin. Yorugʼlik qaytargichlarning sirtlari butun, shishalari toza boʼlishi kerak. Tormozlar gʼildiraklarni ishonchli toʼxtatishi zarur;
• havo ballonidagi klapanni oching, kondensatni toʼkib tashlang, klapanni qaytadan yoping – ballonda kondensat qolmasin;
2.2. Birinchi texnik xizmat koʼrsatish (1-TXK)da bajariladigan ishlar:

• tirkamaga smenaviy texnik xizmat koʼrsatishdagi barcha tadbirlarni ado eting;


tirkamani yuvib tozalang;
• gʼildiraklar toʼgʼini, burilish chamba-
ragi gʼildiraklar disklari, ressorlar barmogʼidagi rezbali birikmalarning holatini tekshiring – gaykalar qotirilgan boʼlsin;
• shinalardagi havo bosimini manometr yordamida oʼlchang. Shina protektorlariga kirib qolgan metall narsalarni sugʼurib tashlang – havo bosimi meʼyo- rida, shina sirti toza boʼlsin;
• platformani agʼdarish sistemasining ishlash sifati tekshiriladi, nuqsonlar bartaraf etiladi – koʼtarish mexanizmi qadalmasdan ishlasin, zichlamalar va rezbali birikmalardan moy sizib chiqmasin.

2.3. Ikkinchi texnik xizmat koʼrsatish (2-TXK)da bajariladigan ishlar:

• smenaviy va 1-TXK paytidagi hamma ishlarni takroran ado eting;


• pnevmatik sistemaning jipsligini tekshiring, traktordan ajratilgan tirkamaning havo ballonidagi bosim meʼyordan pastga tushmasin;
• tormozlardagi friktsion qatlamlarning yeyilish darajasini baholang, nosozlarini yangilariga almashtiring – qatlamlarning qalinligi eng kamida 3 mm boʼlsin.
Diqqat! Parchin mixlar kallaklarining ochilib qolishiga yoʼl qoʼyilmaydi!
• kolodkalar bilan tormozlash barabanlari orasidagi tirqish kengligini oʼlchang, tirqishni meʼyoriga keltiring, aks holda tormoz “ushlamaydi”;
• boʼyogʼi koʼchgan joylarni tozalang va yangidan boʼyab qoʼying – zanglamay turadi;
• qismlarni moylash jadvaliga muvofiq yogʼlang, qismlar yedirilmasdan uzoq ishlaydi.
GʼАLLА KOMBАYNLАRIGА TEXNIK XIZMАT KOʼRSАTISh QOIDАLАRI
Yaxshi maʼlumki, gʼalla hosili kombaynlar yordamida faqat bir oʼtishda oʼrib-yanchib olinadi. Chunki daladagi hosil birin-ketin emas, balki bir paytda pishib yetiladi. Gʼalla kombaynlarining ish jarayonida toʼkilgan donni qaytadan yigʼishtirib olishning iloji yoʼqligi bois, yerda qolib ketadi.
G ʼalla kombayni eng murakkab va gʼaroyib mashina: engashgan bugʼdoy poyalarini tepaga koʼtaradi,oʼradi, poya- larni tutam-tutam qilib yanchishga uzatadi, yanchish apparatida don boshoqlardan ajraladi, donli aralashma elanadi, toza don bunkerga yigʼiladi, somon yerga tushadi, bunkerdagi don transport vositasiga yuklanadi.
Bunday vazifalarni birdaniga sifatli bajarish uchun kombayn soz holatda boʼlishi lozim. Sozlik darajasi esa TXK tadbirlarini talablar darajasida oʼtkazilishiga bogʼliqdir.
Kombaynlarga uch muddatda texnik xizmat koʼrsatiladi:
1) oʼrim oldidan TXK; 2) oʼrim paytida TXK; 3) oʼrimdan keyin TXK.

3.1. Kombaynlar gʼalla oʼrimi oldidan 2-TXKda bajariladigan ishlar:

• Kombaynlar amaldagi tartiblarga binoan qishqi saqlovdan chiqariladi.


• Tepaga koʼtarilgan gʼildiraklar yerga tushiriladi.
• Аkkumulyator batareyalari toʼliq zaryadkalanadi, kombayndagi joyiga qoʼyiladi, klemmalari puxta ulanadi.
• Radiator antifriz yoki suv bilan toʼldiriladi, hech qaerdan suyuqlik tomchilamayotganiga ishonch hosil qilinadi.
• Yonilgʼi baki toʼldiriladi, havo chiqarib yuboriladi.
• Shinalarning havo bosimi meʼyoriga keltiriladi. Gʼildiraklar disklari gupchaklarga mahkam qotiriladi.
• Barcha tasmalar va zanjirlar joylariga taqiladi, tarangligi rostlanadi.
• Moy va havo filьtrlari quyqalardan va changdan tozalanadi va joyiga oʼrnatiladi.
• Motor oʼt oldiriladi va qizdiriladi.
• Qizigan motor oʼchiriladi va eski yogʼi toʼkiladi, karterga oʼzining yangi yogʼi solinadi.
• Tezliklar qutisining ishlashi va moy sathi tekshiriladi.
• Gidravlik jihozlarning sozligi va bachokdagi moy sathi tekshiriladi.
• Motor taxminan 5 daqiqa ishlatiladi, gidravlik moyi- ning isishiga erishiladi. Shunda gidravlik uskunalarga zarar yetmaydi.
• Tormoz sistemasining sozligi va tormoz suyuqligining holati tekshiriladi.
• Barcha bolt va gaykalar, ayniqsa yurish va rulь mexanizmlarining birikmalari nazoratlanadi, boʼshaganlari qotiriladi.
• Xavfsizlik jihozlarining oʼzaro ishqalanuvchi sirtlariga yopishgan moylar artib tashlansin.
• Jatka yechib olingan boʼlsa, joyiga oʼrnatilsin, ishlatib koʼrilsin.


Yüklə 183,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə