Qishloq xoʼjaligini ilmiy asosda yoʼlga qoʼymas ekanmiz, sohada rivojlanish boʼlmaydi. Sh. MirziyoEV. Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar!



Yüklə 183,33 Kb.
səhifə1/15
tarix30.12.2023
ölçüsü183,33 Kb.
#166719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish



94–kitob Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari ___________________________________________________________________

TRAKTOR VA QISHLOQ


XO‘JALIGI MASHINALARIGA
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH QOIDALARI
94-kitob



Qishloq xoʼjaligini ilmiy asosda yoʼlga qoʼymas ekanmiz,
sohada rivojlanish boʼlmaydi. Sh. MIRZIYoEV.

Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar!
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda agrar sohaning oʼrni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xoʼjalik mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabrь kuni Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomasida, kambagʼallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini koʼpaytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xoʼjaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida taʼkidlab oʼtdilar.
Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi oʼrtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qoʼyildi va qishloq xoʼjaligiga eng ilgʼor texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urugʼchilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi.
“Аgrobank” АTB mamlakatimizda qishloq xoʼjaligi sohasining barqaror rivojlanishiga hissa qoʼshish uchun nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy loyihalar bilan ham agrar sohaga sarmoya kiritishga eʼtibor qaratmoqda.
Jumladan, rivojlangan davlatlar qishloq xoʼjaligida erishilgan yutuqlar hamda tajribalar asosida sohaning yetuk mutaxassislari, olimlari bilan hamkorlikda fermerlar va aholi uchun dastlabki bosqichda ushbu 100 ta kitobdan iborat qoʼllanmalar toʼplami tayyorlandi.
Toʼplamda qishloq xoʼjaligi sohasi, jumladan, meva-sabzavot va poliz ekinlarini asosiy hamda takroriy ekish muddatida yetishtirish, issiqxonalarda mahsulot ishlab chiqarish, gʼallachilik, don va dukkakli ekinlar, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarning eng ilgʼor tajribalariga oid keng qamrovli ilmiy va amaliy maʼlumotlar berilgan.
Ushbu loyihani kelajakda tajribali dehqon va fermerlarimiz, chorvador va veterinarlarimiz, agrar soha vakillari va boshqa kitobxonlarimiz fikrmulohazalari hamda takliflari asosida yanada takomillashtiramiz.
Umid qilamizki, ushbu qoʼllanmalar toʼplami Siz – dehqonlar, chorvadorlar va tadbirkorlarimiz uchun foydali boʼladi.
Hosilingiz moʼl-koʼl, daromadingiz barakali boʼlsin!

Yüklə 183,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə