Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Ochiq ma’ruzalar o‘tkazish va o‘zaro darslarni tahlil qilish



Yüklə 468 Kb.
səhifə8/11
tarix04.07.2023
ölçüsü468 Kb.
#119232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Олий мат Илмий Ҳисобот 2022 йил (2) (3)

Ochiq ma’ruzalar o‘tkazish va o‘zaro darslarni tahlil qilish
Kafedrada ochiq ma’ruzalarini asosan ma’ruzachi o’qituvchilar va tanlovda ishtirok etuvchi professor-o’qituvchilar grafik asosida, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, belgilangan tartib va talablar bo’yicha o’tkazadilar va bu ma’ruzalarda o’sha mavzuning mazmuni undagi muammolar, uning jamiyat va hayotidagi, ishlab chiqarishdagi tadbiqlari xaqidagi ma’lumotlar to’la berilgan. Bu ma’ruza albatta, uslubiy ko’rsatma sifatida chop etiladi. Ochiq leksiyalar va o’zaro darslarni tahlil qilish kafedrada to’liq grafik asosida belgilangan vaqtda o’tkazildi va kafedraning yig’ilishida muhokama qilingan va barcha darslar qoniqarli deb topilgan.


III. Ilmiy – tadqiqot ishlari
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan oliy matematika kafedrasi bosh ilmiy mavzusi qilib “Differensial tenglama yechimlari hamda matematika o’qitishning nazariy va amaliy asoslalari” mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminar 2022-2023 o’quv yili ish rejasi asosida faoliyat olib bordi. Shu mavzu asosida qilingan ilmiy ishlar natijasi sifatida ilmiy maqolalar tayyorlab chop ettirilmoqda.
Shu bilan birga institutda 2022 yilida Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarning modulli metodikasi va amaliyoti o’qitish zamonaviy pedagogik ta’lim, fan va innovasiya, Fizika matematika va informatika va axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari, “Fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalarning o’rni” Ҳududiy ilmiy-amaliy anjuman, Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii «Sovremennыye problemы fiziko-matematicheskogo obrazovaniya i nauki», “XXI asrda fan va ta’lim” ilmiy maqolalar to’plamiga Intellektual salohiyat-taraqqiyot mezoni Respublika ilmiy maqolalar to’plami, Sbornik statey po materialam XXXVI-XXXVII Xalqaro sirtqi ilmiy amaliy konfrensiyada, Nukus shahridagi Nukus Davlat pedagogika institutida bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy amaliy konfrensiyada, Belorusiyada bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalarda kafedra a’zolari faol ishtirok etdilar va bu anjuman materiallarida bir qancha maqolalar chop ettirdilar. Молодой учёный xalqaro ilmiy jurnal, Fizika, matematika va informatika ilmiy uslubiy jurnal, Научное знание современности, Qozon xalqaro matematik ilmiy jurnalida va boshqa halqaro va Respublika, OTM miqiyosdagi jurnallarda maqolalar chop ettirildi.
Oliy matematika fanidan esa kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib borishadi: 13.00.02– ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika), 01.01.02–differensial tenglamalar, 13.00.01–pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. Kafedrada ilmiy-uslubiy seminari tashkil etilgan bo’lib, reja asosida ish olib bormoqda. Kafedra katta o’qituvchilar J.Eshonqulov Gresiyaning Krit ta’lim va texnologiya instituti o’rtasida 2017 yil 20 dekabrda tuzilgan Erasmus+ dasturi “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” “ITEM” loyixasida ishtirok etmoqda va joriy yilning 10-20 mart kunlari Ispaniyaning LA Lagua universitetida ITEM loyihasi bo’yicha o’tkazilgan Simfozumda ishrirok etib keldi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan yangi 2022-2023 o‘quv yilida hammualliflikda (har bir muallifga hisoblagan holda) jami 14 ta Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun guvohnomalar (DGU) tayyorlandi.
Kafedra professor-o’qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi sifatida ular tomonidan Respublika va chet el markaziy jurnallarida hamda halqaro miqyosida tan olingan ilmiy konferensiya materiallarida, Respublika va hududiy ilmiy-amaliy anjumanlari materiallarida maqolalar va tezislar chop etildi. Shundan
15 ta Scopus, 17 ta OAK, 9 ta yuqori impakfaktorli jurnallarda, 8 ta xalqaro anjuman, 4 ta Respublika anjumani, 24 ta Xorijiy jurnallarda maqola va tezislar chop etildi.



Yüklə 468 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə