Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


O‘qitishning texnik vositalari



Yüklə 468 Kb.
səhifə10/11
tarix04.07.2023
ölçüsü468 Kb.
#119232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Олий мат Илмий Ҳисобот 2022 йил (2) (3)

O‘qitishning texnik vositalari
Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarini olib borish uchun tegishli xonalar ajratilgan. Kafedrada mavjud barcha o’quv xonalari kafedra a’zolariga mas’ul shaxs sifatida taqsimlab berilgan. Ular tomonidan xonalardagi barcha jihozlar namunali saqlanmoqda.
Kafedraning moddiy-texnika bazasi
Kafedraga kafedra mudirining xonasi, professor-o’qituvchilar xonasi va 1-412, 413-o’quv xonalari ajratilgan bo’lib, ular talab darajasida jihozlangan. Kafedrada kompyuter - 4 ta, noutbuk 1 ta, 3ta printer, skaner va 2 ta proyektor mavjud . Undan tashqari kafedra hujjatlarini joylashtirish uchun registr papkalari va kafedra hayotini yorituvchi stendlar tashkil etildi. 2021 yil kafedra xo’jalik shartnomasi hisobiga tushirilgan mablag’ hisobidan kafedraga 1 ta kondisioner va kerakli jihozlar olindi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash
Kafedrada iqtidorli talabalarni aniqlash va maqsadli tayyorlash nizomi asosida iqtidorli talabalarni aniqlab, o’quv yili boshidanoq kafedra professor-o’qituvchilariga taqsimlab berilgan xamda ilmiy ish mavzulari kafedra yig’ilishida muxokama qilinib, tasdiqlangan. Shu bilan bir qatorda har bir iqtidorli talabaning individual yillik ish rejasi tuzilib, iqtidorli talabalar reja asosida ilmiy ish olib bordilar.
Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini borishini nazorat qilish maqsadida ilmiy seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda eng faol qatnashgan iqtidorli talabalar an’anaviy ilmiy konferensiyaga jalb etildi.
Kafedrada talabalar ilmiy jamiyatning to’garagi ham faoliyat olib bormoqda To’garak rahbari etib assistent B.Raxmonov tayinlangan. To’garakka asosan iqtidorli talabalar jalb etilgan bo’lib, ular ilmiy seminarlarda fan olimpiadalarida hamda professor-o’qituvchilarning konferensiyalarida faol qatnashdilar.


Akademik lisey va umumta’lim maktablariga ko’rsatilgan o’quv-uslubiy yordamlar haqida ma’lumot
Hozirgi vaqtda kafedraning filiallari QarMII akademik liseyi va Kasbi va G’uzor tumanlaridagi texnikumlarida faoliyat yuritmoqda. Ular dars o’tishdan tashqari reja asosida o’quv-uslubiy ishlardan ham amaliy yordam berib kelmokdalar.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik liseyida kafedra yo’nalishiga tegishli matematika, geometriya va qiziqarli matematika va olimpiada masalalari kabi fanlarni o’qitish bo’yicha faoliyat olib boriladi. Akademik lisey va texnikumda o’quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’lga qo’yilgan. O’qituvchilar dars mashg’ulotlarini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o’tmoqdalar. E.Sharipovning algebra va analiz asoslari fanidan “Matematik analiz asoslari bo’limi darslarini loyihalab o’qitish texnologiyasi” nomli uslubiy qo’llanmasi dars jarayonida foydalanib kelinmoqda.



Yüklə 468 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə