Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə43/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Qarshi davlat

Hayotiy ma’nolar – bu inson uchun uning borliq bilan befarq bо‘lmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni о‘rab olgan voqeilikdan obyektiv bog‘liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va intilishlari kо‘rinishida ham о‘z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida hattoki, kо‘p hollarda о‘zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda kо‘p foydalanamiz. Bu о‘rinda «turmush» sо‘zidan tashqari «kundalik psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi.
Xotira – insonning о‘tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yо‘naltirilgan kо‘plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.
Hatti-harakat – insonning axloqiy о‘z-о‘zini kо‘rsatish momenti bо‘lib, bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, о‘z-о‘ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida о‘zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; sо‘zlarda bildirilgan pozitsiya; imo-ishora kо‘rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning ma’nosi shaklidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy tо‘siqlarni yengib о‘tish va haqiqatni izlash tomon yо‘naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat – sotsial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha guvohlari bо‘ladi: о‘zining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali hatti-harakat bо‘la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas xarakterga ega, uni «qayta о‘ynab» bо‘lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bо‘lib qolmasdan, balki ushbu sifatda shakllanadi ham.
Qayta hosil qilish – kuzatish mumkin bо‘lgan u yoki bu belgilar shaklidagi faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bо‘lgan aqliy hodisadir.
О‘ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
Shaxsiy kontakt – о‘zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki kо‘proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə