Chat
elementi bilan ishlash
Forum
"Forum" moduli ishtirokchilarga asinxron rejimda, ya‟ni uzoq vaqt davomida muloqot
qilish imkonini beradi.
Tanlash imkoniyatini beruvchi quyidagi bir nechta forum turlari mavjud: har bir kishi
istalgan vaqtda yangi muhokamani boshlashi mumkin bo„lgan standart forum; har bir
talaba bitta muhokamani boshlashi mumkin bo„lgan forum yoki "savol-javob" forumi, bu
yerda talabalar boshqa talabalarning javoblarini ko„rishdan oldin xabarga javob berishlari
kerak. O„qituvchi forumda xabarlarga fayllarni qo„shishga ruxsat berishi mumkin.
Qo„shilgan tasvirlar forum xabarlarida aks etiriladi.
Ishtirokchilar forumning yangi ma‟lumotlari haqida xabar olish uchun forumga obuna
bo„lishlari mumkin. O„qituvchi quyidagi obuna rejimlarini o„rnatishi mumkin: ixtiyoriy,
majburiy, avtomatik yoki butunlay obunalarni ta‟qiqlash. Agar zaruriyat bo„lsa,
14
talabalarga ma‟lum bir vaqt mobaynida forumda ma‟lum miqdordan ko„p xabarlarni
joylashtirish ta‟qiqlanadi.
Forum xabarlari o„qituvchilar yoki talabalar tomonidan baholanishi mumkin (teng
xuquqli baholash). Ballar jurnaliga yozib olinadigan yakuniy baholashni shakllantirish
uchun ballar birlashtirilishi mumkin.
Forumlar:
* talabalar bir-birlari bilan tanishishlari uchun, ular muloqot qilishlari uchun muhit;
* kurs e‟lonlari (majburiy obuna bo„linadigan yangiliklar forumi);
* kurs mazmunini yoki o„qish materiallarini muhokama qilish;
* shaxsiy uchrashuvda ilgari boshlangan muhokamani davom ettirish;
* o„qituvchilar o„zaro muloqotlar uchun muhit(yashirin forum yordamida);
* o„qituvchilar va talabalar maslahat berishi mumkin bo„lgan markaz;
* talabani individual qo„llab-quvvatlash (alohida guruhlar va guruhdagi bitta talaba bilan
forum orqali);
* qo„shimcha tadbirlar uchun, masalan talabalar uchun "Bosh qotirmalar" yoki o„ylab
ko„rish va yechimlarni taklif qilish uchun "Aqliy hujum" kabi turli xil tatbiqlarga egadir.
1.12
.Forum
elementi bilan ishlash
©QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI