Topshiriq(Задание)
"Topshiriq" o„quv elementi o„qituvchilarga kommunikativ vazifalarni qo„shish, talabalar
ishini to„plash, ularni baholash va taqriz taqdim etish imkonini beradi.
Talabalar Word hujjatlari, elektron jadvallar, tasvirlar, audio yoki video fayllar kabi har
qanday raqamli kontentni (fayllarni) yuborishlari mumkin. Muqobil yoki qo„shimcha
ravishda o„qituvchi talabadan o„z javoblarini to„g„ridan-to„g„ri matn muharriridan
kiritishni talab qilishi mumkin. "Topshiriq" o„quv elementi saytdan tashqari avtonom
tartibda bajariladigan javoblar uchun ham raqamli ko„rinishda taqdim etishni talab
etmasdan ishlatilishi mumkin (masalan, san‟at asarlarini yaratishda).
Topshiriqni baholashda o„qituvchi sharhlar ko„rinishida taqrizlar qoldirishi, talabaning
to„g„rilangan javobini saqlagan faylni yoki audio taqrizni yuklashi mumkin. Javoblar
ballar, foydalanuvchi baholash shkalasi yoki rubrikalar kabi "ilg„or" usullar bilan
baholanishi mumkin. Yakuniy baho baholash jurnaliga kiritiladi.
5
1.3. “Topshiriq” elementlari bilan ishlash
Test
"Test" kursining elementi o„qituvchiga turli xil tipdagi savollardan tashkil topgan
testlarni yaratishga imkon beradi: bir nechta tanlov, to„g„ri/noto„g„ri, muvofiqlik, qisqa
javob, raqam.
Savollar bankidan tanlangan aralash savollar yoki tasodifiy savollardan bir nechta
urinishlar yordamida test yaratish mumkin. Vaqt cheklanishi berilishi mumkin.
Har bir urinish avtomatik ravishda baholanadi, Esse savollaridan tashqari va baho
baholash jurnaliga yoziladi.
To„g„ri javobga ishoralar, sharx, to„g„ri javoblarni talabalarga qachon ko„rsatilishini
tanlash mumkin.
Testlardan:
6
* Kurs imtihonlarida;
* Bajarilgan vazifalar uchun yoki mavzu oxiridagi mini-testlar sifatida;
* Yakuniy imtihonda, oraliq imtihonlar savollaridan foydalangan holda;
* Ish haqida tezkor taqrizni ta‟minlash uchun;
* O„z-o„zini baholash uchun foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |