Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

1.2.1. Makroelementlar 

 

Makroelementlarga natriy, kaliy, kalsiy,  magniy, oltingugurt, xlor kabilar kiradi. Ularning 

har biri о‘ziga xos ahamiyati bilan ajralib turadi [11;23; 37; 51]. 

Natriy

  tanadagi  barcha  hujayra,  tо‘qimalar  hamda  biologik  suyuqliklar  tarkibida  mо‘l 

bо‘lib, u asosan osh tuzi, ya’ni natriy xlor kо‘rinishida ovqat va ichiladigan suv bilan qabul qilib 

turiladi.  Shuning  uchun  uning  organizmdagi  mohiyatini  bayon  qilishda  gapni  osh  tuzidan 

boshlaymiz. Osh tuzi kо‘pincha ikki xil kо‘rinishda ya’ni sanoat yо‘li bilan qayta ishlangan sof 

natriy xlor va dengiz suvi tarkibida bо‘ladigan va bu suvni bug‘latish yо‘li bilan yoki uzoq yillar 

mobaynida  dengiz  tubiga  chо‘kma  holida  tо‘plangan  kon  tuzi  kо‘rinishida  ishlatiladi.  Kon  tuzi 

tarkibida  natriy  xlordan  tashqari  yana  bir  qator  organizmda  meyoriy  fiziologik  jarayonlar 

kechishi uchun kerak bо‘ladigan biogen elementlar mavjud [18; 23]. 

Odatda sog‘lom odam sutkasida о‘rtacha 6-8 g osh tuzi iste’mol qilishi meyor hisoblanadi 

[4; 7; 43]. Lekin issiq iqlim sharoitda davomli jismoniy mehnat qiladiganlarda bu kо‘rsatgich 15-

20  g.gacha  yetish  mumkin  [51].  Odamdan  ajraladigan  ter  suyuqligining  6  %  osh  tuzi  bо‘lishi 

mumkin.  Odam  issiq  kunlari  og‘ir  mehnat  bilan  shug‘ullansa,  tanasidan  ajralgan  ter 

suyuqligining umumiy miqdori sutkasida 10 litrgacha yetadi. Bunda ter bilan 50 g.gacha osh tuzi 

tanadan  ajralib  chiqadi.  Bunday  paytlari  yо‘qotilgan  tuz  о‘rnini  qoplash  maqsadida  ichiladigan 

suvga  ozmuncha  kon  tuzidan  qо‘shib  qо‘yish  kerak.  Yana  turli  xil  Mikroelementlarga  boy 

ma’danli  suvlardan  ichish  foydali  hisoblanadi.  Odam  tanasidan ajralgan  ter  suyuqligi  tarkibida 

aminokislotalar, mochevina (siydikchil), vitaminlar va turli xil ma’danli moddalar kо‘p bо‘ladi. 

Jumladan, 100 g ter suyuqligida 10 g kalsiy, 45-50 mg kaliy, 49-166 mg xlor bо‘lishi mumkin. 

Shularni  e’tiborga  olgan  holda  yuqori  haroratda  mehnat  qiladigan  odamlarning  iste’mol 

taomlarini albatta ma’danli moddalar bilan boyitish kerak [4; 6; 7; 8; 9;12]. 

Shu  narsa  muhimki,  osh  tuzini  kerakligidan  kо‘p  miqdorda  qabul  qilish  natijasida  tanada 

tо‘qimalararo suyuqlik va qon plazmasi kо‘payib ketadi, bu holat esa, о‘z navbatida, arterial qon 

bosimining  kо‘tarilib  ketishiga  olib  keladi.  Hozir  kishilar  tomonidan  iste’mol  qilinadigan  osh 

tuzining miqdori  va xafaqon kasalligi о‘rtasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqligi borligi aniqlangan. 

Yoshi  50  dan  oshgan,  qon  bosimi  meyordan  sal-pal  yuqori,  terlab  jismoniy  mehnat 

qilmaydiganlar  ongli  suratda  osh  tuzini  kam  iste’mol  qilishlari  kerak,  shunda  ular  о‘zlarini 

nafaqat  xafaqon  kasalligidan,  balki  miokard  infarktidan  ham  ancha-muncha  himoya  qiladilar, 

chunki  olib  borilgan  maxsus  hisob-kitoblar  yuqori  qon  bosimiga  ega  odamlar  orasida  miokard 

infarkti 7-8 marta kо‘proq uchrashini kо‘rsatadi [8; 44; 51]. 




 

21 


Kaliy

  elementi  organizmdagi  barcha  «yumshoq»  tо‘qimalarning  meyoriy  ishlashini 

ta’minlaydi  (miya,  buyrak,  oshqozon-ichak,  jigar,  ichki  sekretsiya  bezlari,  tana  va  yurak 

muskullari). 

Kaliy  kо‘pgina  о‘simlik  mahsulotlarida  ancha  mо‘l  uchraydi.  Bulardan  loviya,  nо‘xat, 

kartoshka,  sholg‘om,  olma,  zardoli,  qaroli,  sarimsoq  va  boshqalar.  Shu  bilan  birga,  u  ayrim 

hayvon mahsulotlarida, masalan, mol gо‘shti, baliq, sutda serob [51]. 

Odatda, odam kundalik iste’mol qiladigan ovqati bilan о‘ziga yetarli bо‘lgan kaliyni yig‘ib 

oladi. Kaliyga bо‘lgan sutkalik talab 3-6 g. [43] atrofida, lekin kaliyga bо‘lgan talab natriyni (osh 

tuzini) kо‘p iste’mol qilish bilan oshib ketadi. Natriy bilan kaliyning iste’mol qilishdagi nisbati 

2:1  bо‘lishi  lozim,  ya’ni  ikki  hissa  natriyga  bir  hissa  kaliy  tо‘g‘ri  kelishi  kerak.  Bu  nisbat 

buzilganidan  keyin  kо‘pchilik  tо‘qimalarda  meyoriy  almashinuv  jarayonlari  buzilib  u  yoki  bu 

a’zolarda  shish  paydo  bо‘ladi.  Chunki,  tanada  natriy  kо‘paysa,  uning  suvni  ushlab  qolish 

xususiyati  yuqori  bо‘lganligi  tufayli  tо‘qimalar  orasida  suyuqliklar  miqdori  oshib  suvli  shish 

paydo bо‘ladi. Bunday paytlari kaliyga boy mahsulotlardan kо‘proq iste’mol qilish, kasallangan 

a’zoga kaliyga ancha boy bо‘lgan aralashma-asal qо‘shilgan olma sirkasini surtish kerak. Kaliy 

almashinuv  jarayonlari  nuqtai  nazaridan  natriyning  ontogenisti  hisoblanganligi  uchun  u 

qanchalik  tanada  kо‘paysa,  natriy  shunchalik  ajratish  a’zolari  orqali  tashqariga  kо‘p  miqdorga 

chiqarib  yuboriladi.  Tо‘qimalarda  natriyning  kamayishi  bilan  oshiqcha  suyuqlik  ham  bartaraf 

qilinadi.  Ushbu  usuldan  tanada  paydo  bо‘lgan  shishlarni,  yallig‘lanishlarni  yо‘qotishda 

yaxshigina  foydalansa  bо‘ladi.  Buning  uchun,  yuqorida  qayd  qilinganidek,  olma  sirkasiga  asal 

qо‘shib  og‘rigan  joyga  surtish  va  har  kuni  1  stakan  suvga  1  choy  qoshiq  sirka  va  shuncha  asal 

qо‘shib ichib turish kerak [49; 50; 56]. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə