Vitamin Н
yoki boshqacha aytganda biotinni achitqilarning о‘sishi uchun zarur bо‘lgan
”bios” (hayot) deb ataluvchi omilning komponentlarini о‘rganish jarayonida Kyogl tuxum
sarig‘idan toza holda ajratib oldi. U 250 kg quritilgan tuxum sarig‘idan 1,1 mg biotinni ajratgan.
Bir necha yil о‘tgach, bu modda kalamushlarni ham tuxum oqining zaharli ta’siridan saqlaydigan
noma’lum faktor Н vitamin bilan bir xil ekanligi aniqlandi [11; 23]. Hayvonlarda xom tuxum
oqsilining zaharli ta’siri shundan iboratki, ular boshqa tomondan mukammal diyetada boqilgan
taqdirda ham ortiqcha tuxum oqi og‘iz orqali berilsa, yallig‘lanuvchi qizarish, butun tananing
qipiqlanishi, sochning tо‘kilishi va tirnoqlarning shikastlanishi bilan xarakterlanuvchi maxsus
dermatit paydo bо‘ladi. Biotin odam va hayvonlar ovqatining doimiy tarkibiy qismidir, ammo
tuxum oqidagi avidin nomli glikoproteid biotin bilan vitamin faoliyatiga ega bо‘lmagan
mustahkam biotin - avidin kompleksini hosil qiladi. Natijada biotin oshqozon-ichak yо‘lida
sо‘rilmay avitaminoz paydo bо‘ladi. Biotinning kimyoviy tuzilishi asosida tiofen halqasi bо‘lib,
unga siydikchil va yonshoxcha sifatida valerianat kislota qо‘shilgan [37].
Tabiatda biotin hayvon va о‘simlik tо‘qimalarida, asosan, bog‘langan shaklda topilgan.
Achitqilarda u lizin bilan birikib, biotsitin hosil qilgan. Bakteriyalarda uchraydigan destibiotin
ham biotin kabi biologik samaraga ega, chunki mikroorganizmlar bu moddadan biotinni sintez
qila oladi. Biotin yog‘lar metabolizmida faol ishtirok etadi. Biotin hayvon mahsulotlaridan jigar
va tuxum sarig‘ida anchagina bо‘ladi. Odamlarning biotinga bо‘lgan kundalik ehtiyoji 0,025 mg
hisoblanadi [43], ammo u ovqat bilan maxsus kiritilishi shart emas, chunki ichakdagi
mikroorganizmlar faoliyati natijasida hosil bо‘ladigan vitamin organizm talabini tо‘la ta’min etib
turadi [51].
|