Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Kobaltning

  biologik  ahamiyati  aniqlanganiga  nisbatan  kо‘p  vaqt  о‘tgan  bо‘lmasa-da,  u 

shunday  elementlar  qatoriga  kiradiki,  uning  meyoridan  kami  ham  kо‘pi  ham  organizmga  zarar 

keltiradi. Kobalt B

12

 vitaminning tarkibiy qismiga kirib, uning molekulasida 1 atom kobalt bor, 



unga bо‘lgan taqchillik, kamqonlik kasalligini chaqiradi.

 

Bu  vitamin  odam,  hayvon,  hatto  mikroorganizmlar  uchun  ham  almashinmaydigan 

komponent  bо‘lganidan  kobalt  odamlar  va  barcha  hayvonlar  ovqat  tarkibida  bо‘lishi  kerak. 

Ammo  bu  mikroyelementga  ehtiyoj  shu  qadar  kamki,  eksperimental  sharoitda  quyon  yoki 

kalamushlarda kobalt yetishmasligi belgilarini hosil qilib bо‘lmaydi. Ammo ma’lum tumanlarda 

tuproqda  kobalt  kamligidan,  u  yem-xashakda  ham  yetishmay,  qо‘y  va  qoramollarda  kobalt 

yetishmasligi  kasalligi  paydo  bо‘ladi  [11].  Kamqonlik  va  oriqlab  ketish  belgilari  kuzatiladigan 

bu kasallik mollar yemiga kobalt tuzlari qо‘shib berilgandagina tuzaladi. Agar kobalt inyeksiya 

qilib  kiritilsa,  uning  foydasi  sezilmaydi.  Buning  sababi  V

12

  vitamin  ichakda  mikroorganizmlar 




 

32 


ishtirokida sintezlanishiga bog‘liq bо‘lsa kerak. Kobalt organizmdan bо‘yrak orqali chiqariladi. 

Kobalt  hayot  uchun  muhim  elementlar  qatoriga  kiradi.  Vitamin  V

12 

massasining  4,5%  i  kobalt 



hisobiga  tо‘g‘ri  keladi.  Bundan  tashqari,  u  ichakda  temir  sо‘rilishini  yaxshilaydi  va  uni 

gemogobin tarkibiga kiritadi, muskul oqsillari va nuklein kislotalar sinteziga imkon beradi [37]. 

Kobalt  zardob  oqsillari,  gemoglobin  tarkibiga  kiradi.  Bolaning  kobaltga  bо‘lgan  sutkalik 

ehtiyoji 8 mg dan 10 mg  gacha [43]. Organizmda kobalt yetishmay qolishi xavfli kamqonlikka 

olib keladi.Kobalt qon hosil bо‘lishida qatnashadigan biomikroelementlarga kiradi . U bir qator 

fermentlar  faolligini  oshiradi,  vitamin  V

12

  ning  endogen  sintezida  qatnashadi.  Sog‘lom  odam 



sutkasida  о‘rtacha  14-18  mkg  kobalt  olib  turishi  kerak.  Kobalt  yetishmasligi  natijasida  yuzaga 

keladigan kamqonlilikni davolashda vitamin B

12 

yaxshi natija beradi, chunki uning molekulasida 



bir  atom  kobalt  buladi.  Kobaltga  bо‘lgan  sutkalik  ehtiyoj  о‘rtacha  14-78  mkg,  kamqonlilik 

alomatlari  sezilganida,  bu  kо‘rsatgich  50-150  mkg  gacha

 

kо‘tariladi  [43].  Kobaltning  asosiy 



manbalari bо‘lib, jigar, buyraklar, sut va sut mahsulotlari, tuxum, bug‘doy  va grechka yormasi, 

makkajо‘xori, loviya, nо‘hat, sarimsoqlar hisoblanadi [51]. 

  Aniqlanishicha,  qayerda  tuproqda  kobalt kam  bо‘lsa,  о‘sha  yerda  yashaydigan  odam  va 

hayvonlarda  anemiya  kо‘p  uchraydi.  Kobalt  yetishmasligi  soch  oqarishiga  sababchi  bо‘ladi.  U 

tanada  nuklein  kislotalarning  sintezlanishi  uchun  kerak,  kasalliklardan  keyin  tana  kuchga 

enishida  bu  element  muhim  ahamiyatga  ega.  Kobaltning  oshqozon-ichak  tizimidan  qonga 

sо‘rilishi anchagina oson kechadi. Doim о‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanish kobaltga nisbatan 

taqchillik  keltirib  chiqarishi  mumkin,  shuning  uchun  sut,  mol  jigari,  buyraklardan  tegishli 

ravishda  kundalik  ovqatda  ishlatib  turish  tanani  tegishli  miqdordagi  kobalt  bilan  ta’minlashda 

muhim ahamiyat kasb etadi [23]. 



Ftorga

 bо‘lgan sutkalik talab 2-3 mg [43].  Ftor eng kо‘p uchraydigan oziq moddalar mol 

buyraklari, jigari, gо‘shti, bug‘doy uni, karam, sabzavotlar, mevalar va boshqalar. 

Ftor  skelet  suyaklari  va  tishning  tarkibiy  qismiga  kirib  hozirgi  sharoitda  kо‘pincha  nafas 

olinadigan  havo  bilan  qabul  qilinadi.  Buning  sababi  shundaki,  sanoati  rivojlangan  shaharlarda 

ftor har xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod chiqindisi bilan kо‘plab havoga kо‘tariladi. 

Tanada  ftorning  kо‘payib  ketishidan  ostexondroz,  suyak  shakli  va  rangining  о‘zgarishi, 

bо‘g‘inlar  harakatchanligining  keskin  kamayib  ketishi  kabi  xastaliklar  paydo  bо‘ladi.  Tishlar 

kariyes  kasalligining  oldini  olish  uchun  ichiladigan  suv  ftor  bilan  boyitiladi  biroq  uning  kо‘pi 

ham, ozi ham salomatlikka zarar keltiradi. 

Ftor barcha ozik moddalarda juda kam va tarqoq holda bо‘lganligidan uning organizmdagi 

funksiyasini  aniqlash  qiyin.  Hozirgi  vaqtda  ftorning  faqat  suyak  va  tish  tarkibiga  kirishi  ustida 

tо‘htash mumkin. Bu tо‘qimada ftor fosfat kislotaning erimaydigan kalsiyli tuzi shaklida bо‘ladi. 

Choy  tarkibidagi  ftorning  yaxshi  о‘zlashtirilishi  uchun  uni  damlashdan  oldin  uzoq  vaqt 




 

33 


qaynatmaslik  va  damlangan  choyni  kо‘p  saqlamasdan  ichish  kerak,  aks  holda  undagi  ftor 

chо‘kma  holiga  tushib  qoladi  va  tanada  ftor  tanqisligi  yuzaga  keladi.  Achchiq  choyda  ftor 

miqdori  meyordan  kо‘p  bо‘ladi,  shuning  uchun  bunday  choyga  odatlanmagan  yaxshi.  Oziq-

ovqatlar  tarkibidagi  ftorni  kamaytirish  uchun  iste’mol  qilinadigan  mahsulotlarni  suvda  obdon 

yuvish kerak, chunki ftor tuzlari suvda tez eruvchan xususiyatga ega [51; 56]. 

Tekshirishlar  tishlarning  keng  tarqalgan kasalligi  -  kariyes  suvda  va  ovqat  mahsulotlarida 

ftor  yetishmasligiga  bog‘liq  ekanligini  kо‘rsatdi.  Buning  aksicha,  fluoroz  deb  ataladigan  holat 

tashqi muhitda ftorning ortiqcha bо‘lishiga bog‘liq. Suv tarkibida ftor miqdori bir litrga 1,5-2,0 

mg  ga  yetsa,  tish  emalining  nuqta-nuqta  dog‘li  kasalligi  kelib  chikadi.  Ftor  tishlar  emalining 

mustahkam bо‘lishi uchun organizmga  zarur. U organizmga asosan о‘simlik mahsulotlari bilan 

birga kiradi [23]. 

Ftor  organizmda  bо‘ladigan  suyaklanish  jarayonida  ishtirok  qiladi,  u  ayniqsa  tishlarning 

rivojlanishida  muhim  ahamiyatga  ega,  yana  kalsiy,  fosfor  almashinuvini  ham  yaxshilab  turadi. 

Ftorga  nisbatan  bо‘ladigan  sutkalik  talab  3  mgdan  oshmaydi.  Ftorning  boshqa 

Mikroelementlardan  farqi  shundaki,  u  choy  va  dengiz  baliqlaridan  tashqari  boshqa  ozik-  ovqat 

mahsulotlarida nihoyatda kam bо‘ladi [43; 51]. 



Yod

 elementi odam uchun zarur ma’danli moddalardan biridir. Yod yetishmasligi natijasida 

moddalar  almashinuvi  buzilib,  qalqonsimon  bez  kattalashadi,  sochlar  tusha  boshlaydi,  tana 

harorati  pasayadi,  odam  jismonan  va  aqliy  jihatdan  kuchsizlanib  qoladi.  Yod  qalqonsimon  bez 

gormoni  tiroksinning  sintezlanishi  uchun  kerak  [5;  29;  49;  57].  Yod  yetishmasligi  tufayli 

qalqonsimon bezning kasallanishi dengizdan uzoq tog‘ va tog‘ oldida yashaydigan aholi orasida 

kо‘p uchraydi. Buning sababi shundaki, qayd qilingan hududlardagi yod birikmalarini tuproqdan 

yomg‘ir  suvlari  yuvib  ketadi  va  iste’mol  qilinadigan  mahsulotlarda  uning  miqdori  kamayib 

qoladi.  Dengiz  mahsulotlarida  yod  miqdori  kо‘p  bо‘ladi.  Dengizga  yaqin  joylarda  yod  tanaga 

ovqatdan  tashqari  havo  va  suv  bilan  ham  singadi.  Shunig  uchun  dengizlar  bilan  о‘rab  olingan 

Yaponiyada aholi qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq kasalliklar bilan kam xastalanadi [49]. 

Katta  yoshli  odamga  bir  sutkada  100-200  mkg  yod  talab  qilinadi  [43]  va  uning  90  % 

о‘simlik  mahsulotlari  bilan  qabul  qilinadi.  Yodga  boy  mahsulotlarga  dengiz  baliqlari,  tuxum, 

gо‘sht, dengiz о‘simliklari, sholg‘om, sarimsoq, qovun, sabzi, karam, kartoshka, piyoz, pomidor, 

loviya, uzum, shovul va boshqa kо‘katlar kiradi. Quyidagi jadvalda oziq-ovqat mahsulotlaridagi 

yod miqdori tо‘g‘risida ma’lumot keltiramiz. 

 

 

 



 


 

34 


2-jadval 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə