Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Kalsiy

  odam  va  hayvonlar  suyagining  asosini  tashkil  etadi.  U  mollyuskalar,  shilliqqurtlar 

va tuxum pо‘stlog‘i tarkibida kо‘p miqdorda bо‘ladi. Bu ma’danli modda ham natriy, kaliy kabi, 

asosan  ionlar,  kо‘rinishida  qabul  qilinadi.  Tanadagi  kaltsiyning  99%  i  suyaklar,  tishlar  va 

tirnoqlar tarkibida bо‘ladi, qolgan 1 % qon va boshqa biologik suyuqliklarda hamda «yumshoq» 

tо‘qimalarda uchraydi [46; 50]. Lekin, kalsiyning ahamiyati faqat suyaklar va tishlarning tо‘g‘ri 

shakllanishi  bilan  cheklanib  qolmasdan,  u  qon  hosil  bо‘lishi  va  ivishi  jarayonida,  nerv  va 

muskullardagi  qо‘zg‘aluvchanlik,  hujayra  membranasida  kuzatiladigan  о‘tkazuvchanlik 

jarayonlarida faol qatnashadi. 

Kalsiyga  bо‘lgan  sutkalik  talab  о‘rtacha  800  mg  ni  tashkil  qiladi,  yosh  bolalar  va  keksa 

odamlarda bu kо‘rsatgich 1000-1200 mg gacha bо‘ladi [43]. Yosh bolalarda suyaklarning о‘sishi 

uchun  qо‘shimcha  kalsiy  zarur  bо‘lsa,  keksa  kishilar  oshqozon-ichak  yо‘lida  kalsiy  sо‘rilishi 

sekinlashganligi  bois,  undan  kо‘proq  iste’mol  qilib  turish  kerak.  Kalsiyga  boy  mahsulotlarni 



 

22 


tanlab organizmning unga bо‘lgan ehtiyojini qondirib borish mumkin. Kalsiy sut, qatiq, pishloq 

tarkibida ham anchagina bо‘ladi [51]. 

Agar  iste’mol  taomlari  bilan  qabul  qilinadigan  kalsiy  kerakligidan  kam  bо‘lsa  yoki  uning 

oshqozon-ichak  tizimidan  qonga  sо‘rilishi  pasaysa,  suyakdagi  kalsiy  qonga  chiqaverib,  skelet 

suyaklari  g‘alvirsimon  bо‘lib  qoladi.  Bunday  suyak  mо‘rt  bо‘lib,  sal-pal  zarba  ta’sirida  tez 

sinadi. Bu holatni, ayniqsa, keksa odamlarda kо‘p kuzatish mumkin. Tarkibidagi kalsiy kamayib 

g‘alvirsimon bо‘lib, qolgan suyaklarga birinchi navbatda jag‘ suyaklari kiradi. Keksa kishilarda 

suyaklar tarkibidagi kaltsiyning kamaymasligi uchun ularga, kalsiy glyukonat singari dorilardan 

tashqari,  bu  elementga  boy  bо‘lgan  о‘simlik  mahsulotlaridan  iste’mol  qilib  turish  tavsiya 

qilinadi. Gap shundaki, kalsiyning о‘z vaqtida tanaga yaxshi singishi uchun fosfor, vitaminlardan 

D,  C,  B

9

  lar  kerak.  Shuning  uchun  organizmni  kalsiyga  boyitishda  bu  vitaminlarning  ham 



taomlarda  tegishli  darajada  bо‘lishini  ta’minlash  lozim.  Ma’lumki,  bir  yо‘la  kaltsiy  hamda 

fosforga boy mahsulotlar olma, loviya, nо‘xat, bodring, karam, sholg‘om, qatiq, pishloq, tuxum 

sarig‘i,  sariyog‘  va  boshqalar  hisoblanadi  [38;  44;  51].  Bulardan  tashqari,  kunjut urug‘i  о‘zida 

eng  kо‘p  kalsiy  saqlaydigan  mahsulotdir.  Kunjut  yog‘ini  kuydirmasdan  ishlatish  ham  mumkin, 

unda nafaqat kalsiy, boshqa ma’danli moddalar, vitaminlar ham mо‘l bо‘ladi. 

Bu elementga bо‘lgan extiyojni qondirish uchun har kuni ovqatdan oldin har xil kо‘kat va 

sabzavotlardan  tayyorlangan  salat,  meva-chevalardan  yeb  turish  va  haftada  ikki-uch  marta 

yong‘oq, bodom, о‘rik mag‘zidan iste’mol qilish tavsiya qilinadi [49]. 



Fosfor

  elementi  miya,  muskullar,  ichki  sekretsiya  bezlari  hamda  ter  bezlari  faoliyatida 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Muskullar  fosforli  birikmalarning  tо‘planadigan  asosiy  joyi 

hisoblanadi. Fosfor birikmalari ovqatli moddalarni parchalovchi fermentlar tarkibiga kiradi. Eng 

muhimi fosforli guruhlar ADF bilan birikib tanadagi barcha hujayralarning fiziologik faoliyatini 

ta’minlab  turadigan  ATF  hosil  qiladi.  Fosfor,  kalsiy  bilan  birgalikda,  suyaklar  va  tishlarning 

shakllanishida muhim ahamiyatga ega [51]. 

Katta kishilarning fosforga bо‘lgan sutkalik talabi 1600 - 1800 mg[43]. U gо‘sht va gо‘sht 

mahsulotlarida,  sut  va  sut  mahsulotlarida,  tuxum  hamda  yuqoridagi  jadvalda  qayd  qilingan 

о‘simlik  mahsulotlarida  kо‘p  bо‘ladi.  Unga  eng  boy  mahsulot,  jadvalda  kо‘rinib  turganidek, 

loviya va nо‘xat hisoblanadi. 

Fosfor  almashinuvi  kalsiy  almashinuvi  bilan  chambarchas  bog‘liq,  oldin  aytib 

о‘tganimizdek,  kaltsiyning  tanaga  sо‘rilishi  fosforsiz  о‘tmaydi  yoki  fosfor  о‘zlashtirilishida, 

albatta, kalsiy kerak. Shuning uchun fosforga taqchillik ham fosforli, ham kalsiyli mahsulotlarni 

tanlab iste’mol qilish bilan bartaraf qilinadi. Odatda, kalsiy va fosfor о‘rtasidagi nisbat 1:1,0-1,5 

bо‘lganida  ular  yaxshi  о‘zlashtiriladi  va  bu  ikkala  element  ishtirokida  yuz  berib  turadigan 

fiziologik jarayonlar meyorida bо‘ladi [51]. 



 

23 


Fosfor  tirik  organizm  hujayralari  hayotida  muhim  rol  о‘ynaydi.  Fosfor  mono-,  di-  va 

trifosfatlar  guruhi  tarzida  fermentlarning  faol  guruhlari  tarkibiga  kiradi.  Biologik  sistemalarda 

(hujayralar  mitoxondriyalarida)  adenozintrifosfat  kislota  (ATF)  va  fosfatlar  hosil  bо‘lib,  bu 

jarayon  energiya  ajralib  chiqishi  bilan  sodir  bо‘ladi.  Organizm  hujayralarida  elektronlar  ozuqa 

moddalardan  havo  kislorodiga  kо‘chadi.  Bu  jarayon  vaqtida  ADF  va  fosfatlardan  ATF  hosil 

bо‘ladi [11; 37]. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə