Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Vitamin  Н

  yoki  boshqacha  aytganda  biotinni  achitqilarning  о‘sishi  uchun  zarur  bо‘lgan 

”bios”  (hayot)  deb  ataluvchi  omilning  komponentlarini  о‘rganish  jarayonida  Kyogl    tuxum 

sarig‘idan toza holda ajratib oldi. U 250 kg quritilgan tuxum sarig‘idan 1,1 mg biotinni ajratgan. 

Bir necha yil о‘tgach, bu modda kalamushlarni ham tuxum oqining zaharli ta’siridan saqlaydigan 

noma’lum  faktor  Н  vitamin  bilan  bir  xil  ekanligi  aniqlandi  [11;  23].  Hayvonlarda  xom  tuxum 

oqsilining  zaharli ta’siri  shundan  iboratki,  ular  boshqa  tomondan  mukammal  diyetada  boqilgan 

taqdirda  ham  ortiqcha  tuxum  oqi  og‘iz  orqali  berilsa,  yallig‘lanuvchi  qizarish,  butun  tananing 

qipiqlanishi,  sochning  tо‘kilishi  va  tirnoqlarning  shikastlanishi  bilan  xarakterlanuvchi  maxsus 

dermatit  paydo  bо‘ladi.  Biotin  odam  va  hayvonlar  ovqatining  doimiy  tarkibiy  qismidir,  ammo 

tuxum  oqidagi  avidin  nomli  glikoproteid  biotin  bilan  vitamin  faoliyatiga  ega  bо‘lmagan 

mustahkam  biotin  -  avidin  kompleksini  hosil  qiladi.  Natijada  biotin  oshqozon-ichak  yо‘lida 

sо‘rilmay avitaminoz paydo bо‘ladi. Biotinning kimyoviy tuzilishi asosida tiofen halqasi bо‘lib, 

unga siydikchil va yonshoxcha sifatida valerianat kislota qо‘shilgan [37]. 

Tabiatda  biotin  hayvon  va  о‘simlik  tо‘qimalarida,  asosan,  bog‘langan  shaklda  topilgan. 

Achitqilarda  u  lizin  bilan  birikib,  biotsitin  hosil  qilgan.  Bakteriyalarda  uchraydigan  destibiotin 

ham  biotin  kabi  biologik  samaraga  ega,  chunki  mikroorganizmlar  bu  moddadan  biotinni  sintez 

qila oladi. Biotin yog‘lar metabolizmida faol ishtirok etadi. Biotin hayvon mahsulotlaridan jigar 

va tuxum sarig‘ida anchagina bо‘ladi. Odamlarning biotinga bо‘lgan kundalik ehtiyoji 0,025 mg 

hisoblanadi  [43],  ammo  u  ovqat  bilan  maxsus  kiritilishi  shart  emas,  chunki  ichakdagi 

mikroorganizmlar faoliyati natijasida hosil bо‘ladigan vitamin organizm talabini tо‘la ta’min etib 

turadi [51]. 




 

19 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə