Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

 

 

 

1.1.1. Yog‘da eruvchi vitaminlar 

 

Yog‘da  eriydigan  vitaminlarning  eng  muhim  biologik  xususiyatlaridan  biri  organizmda 

zahira  holda  tо‘planishidir.  Shuning  uchun  organizm  ma’lum  vaqt  zarur  miqdordagi  vitaminni 

iste’mol  qilmasa  ham,  avitaminoz  sezilmaydi.  Lekin  ulardan  ayrimlarining  organizmga  kо‘p 

miqdorda kirib qolishi tezda har bir vitaminga xos gipervitaminozni keltirib chiqaradi [51]. 

Yog‘da  eriydigan  vitaminlar  fiziologik  jarayonlarda  juda  muhim  rol  о‘ynaydi.  Ularning 

kо‘pchiligi  tarkibida  qо‘shbog‘  tutganligi  uchun  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarida  ishtirok 

etadi [11]. 

Yog‘da  eriydigan  vitaminlarga  vitamin  A

1

  bilan  vitamin  A



2

  (retinol  va  degidroretinol), 

vitamin D (kalsiferol), vitamin E (tokoferol), vitamin K (filloxinon) [23; 37; 51]. 

Vitamin 

A  odamlar  bilan  о‘simlikxо‘r  hayvonlar  ichagida  va  jigarida  hosil  bо‘ladigan, 

yog‘da  eriydigan  moddadir.  Vitamin  A  aksariyat  о‘simliklarda  sintezlanadigan  pigment  – 

karotindan hosil bо‘ladi. Bu vitamin hosil bо‘layotganda karotin molekulasi karotinaza fermenti 

ta’sirida 2 molekula vitamin A ga parchalanadi. Vitamin A kimyoviy strukturasi aniqlangan va 

retinol deb nomlangan. Degidroretinolda ham vitamin A xossalari bor [11; 18; 37]. 

 Odam 

ovqatida 



vitamin 

bо‘lmasa, 



epiteliy 

tо‘qimasi 

zararlanadi: 

kо‘z 


konyunktivasining  epiteliysi  quriydi  va  muguzlanadi;  muguz  pardasi  irib,  xira  tortadi.  Og‘ir 

hollarda  vitamin  A  bilan  davolangandan  keyin  ham  kо‘zda  oq  qoladi.  Boshqa  organlar:  teri, 

nafas yо‘llari, qovuq, siydik yо‘llari va ichak epiteliysi ham о‘zgaradi, xususan muguzlanadi. 

Organizmda  vitamin  A  yetishmasligining  dastlabki  simptomi  –  g‘ira-shirada  kо‘z 

kо‘rmasligi,  ya’ni  shapkо‘rlikdir.  Buning  sababi  shuki.  A  gipovitaminozi  va  A  avitaminozida 

kо‘z  tо‘r  pardasining  tayoqchalaridagi  kо‘ruv  purpuri  kamayadi,  kо‘ruv  purpuri  esa  vitamin  A 

hosilasi bilan opsin oqsilining birikishidan hosil bо‘ladi. 



 

11 


Kо‘z  tо‘r  pardasidagi  tayoqchalarning  normal  ishlashi  uchun  vitamin  A  ning  ahamiyati 

borligidan, g‘ira-shirada va kechasi ishlab, kо‘ziga zо‘r keladigan kishilar vitamin A ni kо‘proq 

iste’mol qilib turishlari kerak. 

Hayvon  yog‘lari:  baliq  moyi,  sariyog‘  va  eritilgan  yog‘,  sut,  tuxum  sarig‘i,  jigar,  buyrak, 

baliq ikrasida vitamin A bor. Sabzi, ismaloq, о‘rik, qizil garmdori, qichitqiо‘t va bedada karotin 

kо‘p bо‘ladi [23; 51]. 

Vitamin A jigarda tо‘planadi, jigar vitamin A deposi hisoblanadi. Katta yoshli odamga bir 

sutkada 1 mg vitamin A kerak. Homilador va emizikli ayollarda bu miqdor 2-2,5 mg ni tashkil 

etsa,  7  yoshgacha  va  о‘smirlarda  ham  bu  miqdor  yuqorida  ta’kidlaganimizdek  1  mg  ni  tashkil 

etadi [11; 23; 43; 51]. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə