Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

 

 

 

 

 


 



1.1. Vitaminlar

 

 

   Ma’lumki,  vitaminlar  biologik  yuqori  faollikka  ega  bо‘lgan  quyi  molekulali  birikmalar 



bо‘lib,  ularning  asosiy  funksiyalaridan  biri  organizmda  boradigan  moddalar  almashinuvi 

jarayonlarini tezlashtirish yoki katalizatorlik vazifasini bajarishdir [37;38].  

Vitaminlar organizmda har xil katalitik funksiyalarni о‘taydi va boshqa ozuqa moddalarga 

nisbatan juda oz kerak bо‘ladi. Ovqat bilan muayyan  vitamin kirib turishiga muhtoj bо‘ladigan 

hayvonlar organizmida vitamin yoki butunlay hosil bо‘lmaydi  yoki kam hosil bо‘lib, fiziologik 

ehtiyojlarni  qondirishga  kifoya  qilmaydi.  Asosan  о‘simliklar  vitaminlar  manbai  hisoblanadi, 

о‘simliklarda vitaminlar yoki organizmda vitaminlarga aylanuvchi moddalar, ya’ni provitaminlar 

sintezlanadi.  Hayvonlardan  olinadigan  masalliqlarda  vitaminlar  borligiga  sabab  shuki,  ovqat 

bilan iste’mol qilinadigan yoki provitaminlardan sintezlanadigan vitaminlar hayvonlarning ba’zi 

organlarida  tо‘planishi  mumkin.  Hozirgi  kungacha  30  ga  yaqin  vitamin  va  vitaminsimon 

moddalar aniqlangan bо‘lib [11; 37],  shundan odam 16-18 ta vitaminga muhtoj. Ularning kо‘p 

qismini  organizm  ovqat  bilan  olib  turishi  zarur.  Ba’zi  vitaminlar  ichak  mikroflorasida 

sintezlanadi  va  sо‘riladi,  shu  sababli  ular  hatto  ovqatda  bо‘lmaganda  ham,  bu  vitaminlarning 

kamligi organizmda sezilmaydi [24; 34; 36]. 

Turli vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va biologik ta’siri har xil. Vitaminlarning bu qismi 

organizmda fermentlarning faol guruhlarini hosil qiluvchi manba hisoblanadi. Ayni vaqtda ayrim 

vitaminlar  fosfatlanadi.  Tarkibiga  muayyan  vitamin  kiradigan  aktiv  gruppa  sо‘ngra  oqsil  bilan 

birikib, ferment funksiyasini kasb etadi. Bu omillarning aniqlanishi, birinchidan, vitaminlarning 

modda almashinuviga ta’sir etish mexanizmini, ikkinchidan, organizmga vitaminlar nima uchun 

juda  oz  miqdorda,  ya’ni  milligrammning  bir  necha  bо‘lagicha  zarurligini  tushuntirib  berdi  [11; 

18; 23; 37; 51].  

Ovqatda  aksariyat  vitaminlarning  bо‘lmasligi  bir  necha  vaqtdan  sо‘ng  о‘limga  sabab 

bо‘ladi, vitaminlar yetishmaganda esa har xil kasalliklar kelib chiqadi. 

Vitaminlarni  N.I.Lunin  kashf  etgan.  Organizm  normal  fiziologik  holatda  bо‘lishi  uchun 

hayvonlar  ovqatida  oqsil,  yog‘,  uglevodlar,  mineral  tuzlar  va  suvdan  tashqari,  u  vaqtda  hali 

ma’lum  bо‘lmagan  yana  qandaydir  oziq  moddalar  zarurligini  1888  yilda  N.I.Lunin  isbotlagan. 

Bu  xulosa  hayvonlar  ustidagi  tajribalarga  asoslangan  edi,  bu  tajribalarda  sichqonlarning  bir 

guruhi sut bilan boqilgan, ikkinchi gruppasiga esa sun’iy ovqat – qand, yog‘, sut oqsili (kazein), 

sut tarkibida bо‘ladigan tuzlar va suv berilgan. Sichqonlarning birinchi gruppasi normal о‘sgan 

bо‘lsa, ikkinchi gruppasi nobud bо‘lgan. 

N.I.Lunin  tajribalaridan  16  yil  keyin  Indoneziyada  ishlagan  vrach  Eykman  organizmga 

ovqatning  qandaydir  qо‘shimcha  omillari  kerakligini  ma’lum  qildi.  Uning  kuzatishlarida 




 

tovuqlar tozalangan (pо‘sti artilgan) guruch bilan uzoq vaqt boqilganda kasal bо‘lib, о‘lib qoldi. 



Tovuqlar kasalligi о‘sha vaqtda Yaponiya, Xitoy va boshqa ba’zi mamlakatlarda keng tarqalgan 

beri-beri  degan  kasallikka  juda  о‘xshar  edi.  Tovuqlar  ovqatiga  guruch  kepagi  qо‘shilganda  bu 

kasallik tuzalgan [51]. 

Vitaminlar  1910-1912  yillarda  keng  о‘rganila  boshlandi  va  bu  vitaminlar  terminini  1912 

yilda  K.Funk  taklif  etgan.  U  mazkur moddalar  hayot  uchun  zarur,  deb  xulosa chiqargan  (vita  - 

hayot,  amin  -  hayot  amini  demakdir).  Lekin  amin  gruppasi  bu  moddalarning  xarakterli  belgisi 

emasligi  keyinchalik  aniqlandi.  Chunki  ularning  kо‘pchiligida  azot  yо‘q.  Shunga  qaramay, 

hozirgi kunda vitamin termini о‘rnashib qolgan [37;51]. 

Ovqatda  biror  vitamin  bо‘lmasa,  avitaminoz  degan  patologik  holat  rо‘y  beradi,  ovqatda 

vitamin  yetishmaganda  esa  gipovitaminoz  sodir  bо‘ladi.  (gipovitaminoz  avitaminozdan  farq 

qilib, iste’mol taomlarida ayni vitaminning butunlay bо‘lmasligi emas, kam miqdorda  uchrashi 

tushuniladi.  Agar  gipovitaminoz  vaqtida  davolanmasa,  avitaminoz  xolatiga  о‘tib  ketadi)    Turli 

avitaminozlar  va  gipovitaminozlar  (masalan,  lavsha,  raxit,  pellagra,  polinevrit  va  b.)  klinik 

belgilari  bilan  farq  qiladi  va  butunlay  boshqa-boshqa  kasalliklar  hisoblanadi.  Organizmga 

tegishli  vitaminni  kiritib,  har  bir  avitaminoz  yoki  gipovitaminozning  oldini  olish  yoki  tuzatib 

yuborish mumkin. 

Avitaminozlarda yuzaga chiqadigan kо‘pgina hodisalar, har qalay ovqatda vitamin yо‘qligi 

sababli  organizmda  ba’zi  fermentlar  hosil  bо‘lishining  buzilishi  natijasi,  ya’ni  “afermentoz” 

natijasidir. 

Kishilarda  uchraydigan  avitaminozlarning  kо‘pchiligini  hayvonlar  ustida  tajriba  qilib 

vujudga  keltirish  mumkin.  Ammo  hayvonlarning  hammasi  avitaminozlar  bilan  og‘rimaydi. 

Masalan,  qushlarda  lavsha  (tsinga)  kasalligini  vujudga  keltirib  bо‘lmaydi,  dengiz 

chо‘chqachalarining bu kasallik bilan og‘rishi oson. Shu sababli biror avitaminoz о‘rganilganda, 

ovqatda shu vitamin yо‘qligidan tez kasallanadigan hayvon tanlab olinadi. 

Eksperimental  hayvonlarda  avitaminoz  yoki  gipovitaminozni  hosil  qilish  uchun  ularga 

sun’iy  ovqat  aralashmasi  beriladi  yoki  ma’lum  vitaminlar  bо‘lmagan,  lekin  oqsil,  yog‘, 

uglevodlar, mineral tuzlar va suv yetarli miqdorda bо‘lgan ozuqa bilan boqiladi. 

Ovqatda  vitaminlar  yetarli  bо‘lsa-da,  sо‘rilmasa  (hazm  a’zolari  kasalliklarida)  yoki 

organizmda о‘zlashtirilmasa avitaminozlar va gipovitaminozlar vujudga kelishi mumkin. Bunday 

avitaminoz va gipovitaminozlar ikkilamchi deb ataladi [51]. 

Odam  normal  ovqatlansa-da,  vitaminlarga  ehtiyoj  oshgan  bо‘lsa,  masalan,  homiladorlik 

davrida, о‘sish davrida, yuqumli kasalliklarda, antibiotiklar iste’mol qilinganda gipovitaminozlar 

vujudga kelishi mumkin. 



 

10 


Vitaminlar  latin  alifbosi  harflari  bilan  kо‘rsatiladi  va  kimyoviy  yoki  fiziologik  nomlari 

bilan  ataladi  (fiziologik  nomi  vitaminning  ta’siriga  qarab  beriladi).  Vitaminlar  gruppasidagi 

dastlabki  moddalar  endigina  kashf  etilib,  ularning  kimyoviy  tabiati  hali  aniqlanmagan  vaqtda 

ularni latin harflari bilan nomlash taklif etilgan edi. 

Hamma  vitaminlarni  ikki  katta  gruppaga  ajratish  mumkin:  1)  suvda  eriydigan  vitaminlar; 

2) yog‘da eriydigan vitaminlar [11; 23; 37; 51]. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə