Ishning ilmiy yangiligi.
Mikronutrientlarning aqliy mehnat qiluvchilar hayotidagi
ahamiyati hamda ularning ovqatlanish ratsionidagi oziq-ovqat maxsulotlari tarkibida qay
darajada ekanligi Qashqadaryo vohasida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat guruhi vakillarida ilk
bora о‘rganildi.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Dissertatsiya ishi bо‘yida olingan material va
xulosalarda
aqliy
mehnat
kishilarining
me`yoriy
faoliyat
olib
borishlari
uchun
mikronutrientlarning qay darajada ahamiyat kasb etishi о‘z aksini topadi. Shu boisdan aholi
ma’lum guruhi (aqliy mehnat kishilari) ning kunlik ovqatidagi mikronutriyentlarning о‘rni
haqida ma’lumotga ega bо‘lish, bu borada mavjud bо‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun
nazariy va amaliy takliflar berish, vitaminlar va ma’danli moddalar yetishmasligi tufayli rо‘y
beridagan ba’zi bir xastaliklarning oldini olishda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |