Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari



Yüklə 145 Kb.
səhifə1/10
tarix21.10.2023
ölçüsü145 Kb.
#129828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-29 tay 1 listdan


Turkiy tillar tasnifidagi fonetik tamoyillar

Yozma yodgorliklarni o’rganish har qaysi turkiy tilning tarixiy fonetikasini yoritish uchun ham zarur. Turkiy tillar fonetikasiga oid yozma yodgorliklar tilning fonetikasini yoritishda muhim rol o’ynaydi. Turkiy tillarning tarixiy fonetikasini o’rganishda avvalo birlamchi cho’ziq unlilarning grafik va fonologik xususiyatlarini o’rganish kerak.


U n l i l a r.
Qadimgi turkiy tilda sakkista unli fonema bo`lib, ular bir-biridan qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko`ra farq qiladi. Bulardan - a, ы, o, у orqa qator va ә, и, о, u old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ә, o, ө; tor unlilar - ы, и, у, u, qadimgi turkiy tilning unli fonemalari munosabatidagi bunday miqdoriy tenglik ularning sistemasini kub shaklida ifodalashga imkon beradi.
Kubning yuqori qismida tor unlilar, quyi qismida keng unlilar, old qismida old qator unlilari, orqasida orqa qator unlilari, o’ng tomonida lablangan va chap tomonida lablanmagan unlilar berildi.
Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; - ә lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq va qirg`iz hamda ko`pgina turkiy tillarda, o`zbek tilining singarmonizmli lahja va simvollarida saqlangan.
Tatar va boshqird tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida כ ga aylangan. Hozirgi o`zbek adabiy tilida ba’zi o’rinlarda oldingi tomon ө ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib ә ga aylangan. Qadimgi gurkiy tillardagi ә unlisi esa hozir torayib, ko`pgina turkiy tillarda, jumladan o’zbek tilida birikchi bo’g’inda ә ga aylangan.


Turkiy tillar tasnifidagi morfologik tamoyillar


Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So’z formalari so’zning negiziga maxsus qo’shimchalarni muayyan tartibda qo’shish yo’li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o’zbek adabiy tili va singarmonizmni yuqotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi.Lekin bu sof morfologik farq bo’lmay,fonetik farqdir.
Hozirgi o’zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til morfologiyasining umumiy farqi quyidagilardan iborat:
1.Hozirgi zamon morfemalari qadimgi turkiy tildagiga nisbatan miqdoran ko’p va mazmunan boy.
2..Hozirgi o’zbek tilida yo’q bo’lgan yoki alohida element sifatida o’qilmaydigan morfemalar ham bor.

  1. So’z va forma yasovchi chet til morfemalari yuq.

  2. Murakkab morfemalar juda kam.

Ot.
Ko’plik. Bu davrda ko’plikning asosiy va ko’p ko’llanadigan ko’rsatkichi -lar ko’shimchasi bo’lib, u qalin va ingichka variantlarga ega.
qalin negizga -lar, ingichka negizga -ler varianti qo’llaniladi: kunchuy (xonim) - kunchuylar (xonimlar) beg (bek) - bekler (beklar)
Bu davrda n bilan tugagan ba’zi so’zlarning ko’pligi shu n ni t ga aylantirib yasalganini ko’rish mumkin. eren (jangchi) - eret (jangchilar)


Eslatma: Birlik maxsus affiks bilan ifodalanmaydi.


Kelishik qadimgi turkiy tilda 7 ta kelishik bo’lgan ular quyidagilar:

  1. Bosh kelishigi.

  2. Qaratqich kelishigi. ko’shimchasi -nыq -niq; -kuq; -nUq; -naq; -neq -ыq; -iq; -uq; -Uq. Masalan: bayыrkunuq, burxanlarnaq




Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə