Mavzu: konveyer transporti reja: 1



Yüklə 14,72 Kb.
səhifə1/5
tarix12.12.2023
ölçüsü14,72 Kb.
#148661
  1   2   3   4   5
Mavzu konveyer transporti-fayllar.org


Mavzu: konveyer transporti


MAVZU: KONVEYER TRANSPORTI
REJA:

1.Konveyer haqida ma’lumot.
2.Lentali konveyer.
3.Plastinkali va qirg’ichli konveyerlar.
4.Vintli konveyer.
5.Rolikli konveyer.
6.Adabiyotlar ro’yxati
Konveyer (ing . conveyer — tashuvchi) — toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasiga koʻra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni oʻzaro bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish organi boʻlgan va tortish organi boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma bilan harakatlanadigan mexanik Konveyer keng tarqalgan. Bunday Konveyerlarning tortish organlari lenta, zanjir va kanatdan iborat boʻlib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turiga koʻra, dasturli boshqariladigan lentali, koʻraqli, plastinkali, osma, shuningdek, kovshli, aravachali va boshqa turlarga; tortish organi boʻlmagan vintli (shnekli), inersion (chayqaluvchi, tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yigʻuvchi) va boshqa turlarga boʻlinadi. Lentali K. bilan, asosan, donali yuklar tashiladi. Zanjirga biriktiriladigan moslamaning tuzilishiga qarab, zanjirli K. lar plastinkali, koʻrakchali, ksvshli va aravachali boʻladi. Plastinkali K. lar, asosan, boʻlak-boʻlak materiallarga moʻljallangan boʻlib, yukni qiya yunalishda tashishga imkon beradi, mayda koʻmir va rudalarni surish uchun ishlatiladi. Kovshli va aravachali K.lar ayrim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, toʻkma yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Bugʻdoy, un, sement, shagʻal, qum, mayda koʻmir qabilarni yaqin masofaga tashish uchun vintli Konveyerlar qoʻllaniladi. Toʻp qilib yigʻilgan yoki yashiklarga joylangan yuklarni pastga tushirish uchun rolikli (gravitatsion) K. dan foydalaniladi. Bunday K.larda yuk oʻz ogʻirligi bilan pastga toʻshadi. Inersion Konveyer toʻkma kjni gorizontal va qiya yoʻnalishda qisqa masofaga tashish uchun moʻljallanadi. Bunday K. da yuk inersiya kuchi hisobiga harakatlanadi. Boʻlardan tashqari, yuklar suyuqliklar bilan birga nasoslar yordamida quvur yoki novlarda harakatlanadigan gidravlik, yuklar yoki buyumlar ventilyatorlar yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqi hisobiga quvurlarda harakatlanadigan pnevmatik K.lar bor. Maxsus ishlarga moʻljallangan K.lar elevator va eskalator deb ataladi.

Yüklə 14,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə