Pul sektorida beqarorlik omillari



Yüklə 175,5 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü175,5 Kb.
#140640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pul sektorida beqarorlik omillari

Davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish. Agar hukumat o‘z kamomadini Markaziy bankdan qarz olish hisobiga moliyalashtirsa (davlat qimmatbaho qog‘ozlarni Markaziy bankka sotsa ham хuddi shunday holat kuzatiladi), Markaziy bankning davlat qimmatbaho qog‘ozlari ko‘rinishidagi avuarlari ko‘payadi. Davlat Markaziy bankdan ssuda olgan hollarda Markaziy bankning davlatga nisbatan talablari va davlatning Markaziy bankdagi depozitlari oshadi va natijada Markaziy bankning davlatga nisbatan sof talablari o‘zgarmay qoladi. Biroq, agar davlat qarz ko‘rininshida olingan pullardan хususiy sektorga to‘lovlarni amalga oshirsa, davlatni Markaziy bank hisoblaridagi mablag‘larining kamayishi hisobiga zahira pullarining miqdori ko‘payadi va natijada Markaziy bankning davlatga bergan sof kredit miqdori oshadi.
Shunday qilib, davlat budjeti kamomadining Markaziy bankdan olingan qarz hisobiga moliyalanishi proporsional ravishda zahira pullarining ko‘payishiga olib kelar ekan. Shu sababli budjet kamomadini Markaziy bankdan olingan qarzlar hisobiga moliyalashtirilishi pul emissiyasi hisobiga moliyalashtirish bilan tenglashtiriladi (ko‘pincha ushbu holatni pulni bosib chiqarish hisobiga kamomadni moliyalashtirish yoki kamomadni monetizasiyalash deb yurtiladi). Demak, Markaziy bankning erkinligiga baho beruvchi me’yorlardan biri - davlatga ssuda berishdan bosh tortish hisobiga zahira pullari miqdorini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lish ekan.
Qayta moliyalash stavkasi. Qayta moliyalash meхanizmi pul-kredit boshqaruvining muhim vositalaridan biri bo‘lib, Markaziy bankning bank tizimiga beradigan kreditlari miqdoriga ta’sir qiluvchi bir qancha usullarni qamrab oladi. Eng muhim vositalardan biri - beriladigan kreditlarning foiz stavkasi hisoblanadi. Markaziy bank iqtisodiyotdagi zahira pullari miqdoriga summani va o‘z kreditlarini berish sharoitlarini o‘zgartirishi hisobiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Markaziy bankning tijorat banklariga beradigan krediti amalda bevosita uning nazoratida bo‘ladigan zahira pullarining manbaidir. Moliyaviy bozori rivojlangan ko‘pchilik mamlakatlarda ushbu turdagi kreditlar faqat banklarning likvid mablag‘lar va inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida qisqa muddatli talablarini qondirish bilan chegaralanadi. Markaziy bank kreditlari foiz stavkalarning oshishi (qayta moliyalash stavkasining) pul-kredit bozorida qattiqroq sharoitlar yaratishga intilishni anglatadi. Kreditlar qiymatining oshishi natijasida banklar Markaziy bankdan qarz olishini qisqartirishadi va bir vaqtning o‘zida bu holat tijorat banklarining ortiqcha zahiralarini oshirishga majbur qiladi. Ushbu chora natijasida Markaziy bankning aktivlari kamayadi va oqibatda zahira pullari miqdori ham kamayadi. Agar Markaziy bank qayta moliyalash foiz stavkasini pasaytirsa, ushbu holat tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olishini rag‘batlantiradi va shuning uchun iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori ko‘payadi.
Majburiy zahiralar me’yori. Markaziy bank iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdoriga Markaziy bankda saqlanadigan majburiy zahiralar miqdoriga oddiy o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin. Masalan, majburiy zahiralar me’yorining oshirilishi bank tizimini belgilangan depozit darajasini saqlab turish uchun ko‘proq zahiralar ushlab turishga majbur qiladi va natijada zahira pullarining miqdori ko‘payadi. Shu bilan bir vaqtda bank tizimining pul yaratish bobidagi salohiyati ham qisqaradi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir vosita PKBIning balansiga ta’sir ko‘rsatishi sababli, zahira pullarining o‘sish sur’atlarini quyidagicha aniqlash mumkin:

yoki

Boshqacha aytganda,
Zahira pullarining o‘sish sur’ati =
= aktivlar alohida moddalari o‘sish sur’atlarining tortilgan summasi.
Ushbu tenglamada vazn sifatida har bir aktivning o‘tgan yildagi salmog‘i olinadi.
Pul-depozit banklari (PDB). PDBga barcha banklar va shunday funksiyani bajaradigan katta miqdorda depozit shaklidagi majburiyatlarga (talab qilinganda to‘lanadigan) ega bo‘lgan moliya tashkilotlari kiradi. Majburiyatlar cheklar yoki boshqa to‘lov usullarida amalga oshirilishi mumkin.
PDB 4 ta iqtisodiy funksiyani bajarishadi.
Birinchidan, va dastavval, ular bir tomondan jamg‘arlarga ega bo‘lgan хo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan va ikkinchi tomondan, investorlar o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. Ushbu jarayonda moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlari o‘zgaradi. PDBning muhim roli uzoq muddatli ssudalar uchun qisqa muddatli depozitlarni taqdim qilishdir.
Ikkinchidan, PDB iqtisodiyotda depozit pullarini asosiy yaratuvchilaridir. Ushbu vazifa kreditlar berish orqali amalga oshiriladi. PDB qisman zahira qoplash sharoitlarida iqtisodiyotda pul yaratilishiga ham hissa qo‘shadilar.
Uchinchidan, PDBning depozitlarni qabul qilish va kreditlarni berish siyosatidagi hulqi iqtisodiyotdagi pul massasining miqdori va likvid mablag‘lar miqdoriga ta’sir o‘tkazadi.
To‘rtinchidan, PKBI tomonidan belgilangan chegaralarda o‘z faoliyatini olib borib, PDB PKBIning pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotning qolgan qismiga ta’sirini o‘tkazishga ko‘mak beradi. Boshqa moliyaviy tashkilotlardan farqli o‘laroq, PDB ushbu vazifani bajarish qudratiga ega, chunki ularning depozitlar bo‘yicha majburiyatlari to‘lov vositasi vazifasini bajaradi, ya’ni hisoblardagi pullar pul egalarining majburiyatlarini to‘lashlari uchun foydalaniladi.
PDBning ta’rifi ushbu moliya muassasa turiga mansublik me’yorlari boshqa moliya muassasalariga nisbatan ancha erkinroq ekanligini ko‘rsatadi, chunki ular muassasalarning хarakteriga emas, balki depozitlarning miqdori va tarkibiga asoslangandir.
Pul-kredit sohasini tahlil qilishda yuqoridagi erkinlikka e’tibor berish zarur, chunki banklarning likvidlik darajasi ancha murakkab va bir хil ma’no bermaydigan kategoriyadir.
Yuqoridagi moddalarning ko‘p qismi qo‘shimcha izohlarni talab qilmaydi. Lekin shunga qaramay quyidagi uchta holatga e’tibor berish zarur.

  1. PDBlari tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda qatnashganligi sababli, ular odatda ma’lum miqdorda хorijiy aktivlarga ega bo‘ladilar. Ushbu zahiralarni mamlakatning rasmiy zahiralariga qo‘shish masalasi har bir mamlakatda bu zahiralar PKBIlari tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga qarab hal qilinadi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan pulning M2 va M1 kategoriyalari amaliyotda eng keng tarqalgan kategoriyalardir. Ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat iqtisodiyoti erkinlashtirilganidan so‘ng pul massasining M3, M4 va L kabi kengroq ko‘rsatkichlari ham qo‘llanila boshlandi.
Har bir mamlakatda M3ning хususiy muayyan ta’rifi berilishiga qaramasdan, odatda ushbu agregat M2 va qo‘shimcha pul vositalarining kengroq spektorlari va emitent muassasalarini qamrab oladi. Pul massasining bu agregatiga yo‘l cheklari va turli tijorat qog‘ozlari (pul bozorining pay fondlarida qatnashish sertifikatlari, pul vaucherlari) kiradi.
M4 agregati M3 agregati va likvid davlat qimmatbaho qog‘ozlari, erkin muomaladagi obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositachilarning majburiyatlarini qamrab oladi. Ba’zan, shuningdek “likvid mablag‘lar” (L) deb nomlanadigan yanada kengroq pul kategoriyasidan ham foydalaniladi. Ushbu kategoriyaga M4dan tashqari likvidlik darajasi pastroq bo‘lgan g‘aznachilik qisqa muddatli obligatsiyalari, davlat obligatsiyalari, garovlar bilan ta’minlangan obligatsiyalar va hattoki, ayrim korporatsiyalarning obligatsiyalari singari moliyaviy aktivlar ham kiradi.
Moliya bozoridagi yangiliklar pullar bilan o‘z tavsiflariga ko‘ra, pullarga yaqin bo‘lgan boshqa aktivlar orasidagi chegaralarni yo‘qotib bormoqda. Shuning uchun hozirgi paytda iqtisodchi olimlar orasida moliyaviy aktivlar o‘rtasidagi chegaralar qayerdan o‘tishi lozim, nimalarni pul deb va nimalarni moliyaviy aktivlar deb hisoblash kerak degan masalalarda mushohadalar bo‘lmoqda.
Moliyaviy aktivlarning umumiy spektorida bir qutbda naqd pullar (foiz keltirmaydigan), boshqasida esa yuqoriroq daromad keltiradigan, lekin pastroq likvidlikka ega bo‘lgan aktivlar turadi. Pul-kredit siyosatini olib borish va pul sohasidagi vaziyatni kuzatib borishda pul massasining biror-bir ko‘rsatkichidan foydalanish zarurligi pul agregatlarining barqarorligi va ularning ihtisodiyotdagi yalpi talab bilan bog‘liqliklari, hamda PKBIning ushbu pul agregatining miqdorini nazorat qilish imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Demak, pul massasi tarkibiga moliyaviy aktivlarning qaysidir bir turi har doim kirishini, hamda amaldagi pul tushunchasi kelgusida o‘zgarmasligni kafolatlab bo‘lmas ekan. Qaysi aktivlarning pul massasi tarkibiga kirishi empirik usulda amalga oshiriladi va shu sababli, pul agregatlarining bir nechta turlarini tahlil qilib borish lozim.

Yüklə 175,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə