Print funktsiyasi dasturlashda tez-tez ishlatiladigan funktsiya bo'lib, matn va ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. U python, Java, C++ va boshqa turli XIL dasturlash tillarida mavjud



Yüklə 0,61 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#128600
amaliy ish


1. Print () funksiyasi bilan ishlash
2. Sintaksis xatoliklar
3. Arifmetik amallar
4. Izohlar

Print () funktsiyasi dasturlashda tez-tez ishlatiladigan funktsiya bo'lib, matn va ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. U Python, Java, C++ va boshqa turli xil dasturlash tillarida mavjud. Lekin bu funksiya to’gri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Agar konsolga matn chiqarmoqchi bo’lsak, matnimiz albatta qo’shtirnoq ( “ “ ) yoki bir tirnoqlar ( ‘ ) orasiga yozish kerak. Demak “ Hello World ” matnini konsolga chiqarish uchun to’g’ri kod print ( “Hello World” )



Sintaksis xatoliklar.
Har bir tilda bo’lgani kabi, dasturlash tillarining ham o’ziga yarasha qonun- qoidalari bor. Bu qoidalar to’plami sintaksis ( syntax ) deb ataladi. Sintaksis xatolik ( syntax error ) deganda esa shu qoidalarning buzilishi tushuniladi. Misol uchun, keraksiz joyda qo’yolgan nuqta, vergul, yoki bo’sh joy, shuningdek funksiyalarning nomini xato yozish ( print () ) o’rniga ( prit () ), ochilmay yoki yopilmay qolgan qavs, qolib ketgan kalit so’z sintaksis xatoliklar hisoblanadi. Sintaksis xatoliklar eng ko’p uchraydigan xatolik bo’lib, python bunday xatolik bor dasturni bajarmaydi. Odatda sintaksis xato yuz berganda python xato yuz bergan fayl, qator va kodni konsolga chiqaradi.

Yuqoridagi natijani quyidagicha o’qish mumkin: File "D:\pythonProject\ papkasidagi main.py" faylining , line 1 ( 1-qatorida ) print ("Hello World) kodida sintaksis xatolik yuz berdi. Xatolikni topdingizmi ( “ )?


Arifmetik amallar
Print () funksiyasi nafaqat matn, balki turli ifodalarni ham konsolga chiqaradi. Ifodalar qo’shtirnoq Ichida yozilmaydi, sababi Python tirnoqlar orasidagi har qanday ifodani matn deb qabo’l qiladi. Amalyotda qo’yidagi kodlarni bajaramiz: print ( 2+4*2 ) natija 10.
Python arifmetik amallarni bajarishda matematikadagi ketma-ketlik qoidalariga amal qiladi.
/ belgisi bo’lish amalini bajaradi. Print ( 20/5 ) natija 4.0
** belgisi darajaga oshirishni anglatadi. Misol : print ( 2**4 ) natija 16.
Print () yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish mumkin. Buning uchun har bir ifoda va matn vergul ( , ) bilan ajratiladi. Misol:
print( "to'qqizning kvadrati", 9**2, "ga teng" ) = to'qqizning kvadrati 81 ga teng.



Izohlar

Har qanday kodni izohlar bilan tushuntirib ketish, dasturni qanday ishlashini tushunishga yordam beradi. Python # belgisidan keyin har qanday matnni e’tiborsiz qoldiradi. # belgisidan keyin yozilgan kodlar ham bajarilmaydi.


Print ( “Assalomu alaykum ! ” ) # ushbu ator bajariladi
# keying qator esa bajarilmaydi
# print ( “Hello World” )

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə