Mavzu: jadvalosti. Jadvalosti bilan ishlash. Asosiy operatorlar va ularning ishlatish sohalari



Yüklə 2,61 Mb.
tarix27.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#162945
4-amaliy ish


AMALIY ISH № 4
MAVZU: JADVALOSTI. JADVALOSTI BILAN ISHLASH.
ASOSIY OPERATORLAR VA ULARNING ISHLATISH SOHALARI.
Ishdan ko`zlangan maqsad. Talabalarga Count funksiyasi, SUM funksiyasi, AVG funksiyasi, MIN va MAX funksiyalarining bazada ishlatilish jarayonlarini o`rgatishdan iborat.
Topshiriqlar:
Topshiriqdagi funksiyalarning ishlatilishi bo`yicha baza yarating, tuzilgan bazalarda funksiyalarning kamida ikkitasi qatnashishi shart.
COUNT – ko’rsatilgan ustundagi qiymatlar sonini hisoblaydi. Undan tashqari biz COUNT orqali ma’lum bir qiymatdan katta yoki kichik va ma’lum bir qiymatga teng bo’lgan ma’lumotlar sonini bilish uchun ishlatishimiz mumkin.
U quyidagicha tahrirlanadi:
SELECT COUNT(*) FROM `jadval nomi`
SELECT COUNT(*) FROM `jadval nomi WHERE `maydon nomi>unga mos qiymat
Masalan: RESTORAN MB tarkibidagi restoran jadvalida kunlik restoran mijozlari sonini bilish uchun foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi.

Ushbu jadvalda 6 mijoz ro’yxatga olingan aynan shuning uchun quyidagi kodni SQL kod maydoniga kiritamiz.


SELECT COUNT(*) FROM `restaran`
va quyidagi natijaga ega bo’lamiz.

Taomnoma jadvalidan 20000 so’mdan qimmat taomlarni chiqarish uchun quyidagi kodni kiritamiz.


SELECT COUNT(*) FROM `taomnoma` WHERE `Taom_narxi`>20000



Natija quyidagicha:

Taomnoma jadvaliga qarasak, haqiqatdan ham 20000 so’mdan qimmat taomlar soni 3 taga teng COUNT funksiyasi shu tartibda juda katta MB tarkibida Abiturent MB dagi Abiturentlar sonini bilish kabi bir qancha MB tarkibida qo’llashimiz o’rinli.


SUM – ko’rsatilgan ustundagi qiymatlar yig’indisini hisoblaydi. SUM orqali ma’lum bir maydondagi sonlar yig’indisini topishda foydalaniladi. Funksiya quyidagicha tahrirlanadi.
SELECT SUM (`hisoblanuvchi maydon`) FROM `jadval`
Masalan: RESTORAN MB tarkibida kunlik mijozlardan tushgan daromadni umumiy hisobini chiqarish uchun foydalanish maqsadga muofiq. U quyidagicha amalga oshiriladi. Kunlik mijozlar tarkibi:


va SQL maydonida quyidagi kodni qo’llaymiz
Select SUM(`Taom_buyurtma_soni`*`Taom_narxi`+`Salat_buyurtma_soni`*`Salat_narxi`+`Ichimlik_buyurtma_soni`*`Ichimlik_narxi`+`O'rindiq_soni`*1500) from `restaran`
va quyidagi natijani olamiz

Natijaga ko’ra ustundagi qiymatlar yig’indisi 1 441 000 so’m bo’ldi. Umumiy hisobni hisoblash uchun maydonlar *(ko’paytma), +(yig’indi), -(ayirma), /(bo’linma) va bir qancha amallardan foydalaniladi.


Masalan umumiy hisobning SQL kodi.
Select `Buyurtmachi`, (`Taom_buyurtma_soni`*`Taom_narxi`+ `Salat_buyurtma_soni`*`Salat_narxi`+`Ichimlik_buyurtma_soni`*`Ichimlik_narxi`+`O'rindiq_soni`*1500) from `restaran`
Natija


SUM funksiyasi shu asnosda ishlatiladi.
AVG – ustundagi qiymatlarning o’rtacha qiymatini hisoblash uchun xizmat qiladi. Ushbu funksiya orqali maydondagi o’rtacha qiymat hisoblanadi. Funksiya quyidagicha tahrirlanadi.
SELECT AVG (maydon nomi) FROM `jadval nomi`
Masalan: RESTORAN MB tarkibidagi buyurtmachilar buyurtmasiga binoan hisobning o’rtacha qiymatini ko’rsatish uchun quyidagicha ish yuritish kerak bo’ladi.
Jadval ko’rinishi:

SQL maydonga kiritilishi lozim bo’lgan kod quyidagicha:
Select `Buyurtmachi`,AVG(`Taom_buyurtma_soni`*`Taom_narxi`+`Salat_buyurtma_soni`*`Salat_narxi`+`Ichimlik_buyurtma_soni`*`Ichimlik_narxi`+`O'rindiq_soni`*1500) from `restaran`
Natija quyidagicha bo’ladi:

Ushbu holatda maydondagi umumiy summasining o’rtacha qiymati hisoblandi.


MIN – ustundagi eng kichik qiymatni topadi. Funksiya quydagicha tahrirlanadi:
SELECT MIN(`maydon nomi` ) AS MIN FROM `jadval nomi`
Masalan: RESTORAN MB tarkibidagi taomnomadan eng arzon taomni izlaymiz. Jadvalning ko’rinishi:

SQL maydonga kiritilishi kerak bo’lgan kod:


SELECT MIN(`Taom_narxi` ) AS MIN FROM `taomnoma`
Bundan olinadigan natija quyidagicha:

Ko’rib turganinggizdek eng arzon taom 1500 so’m. Minimum ya’ni eng kichik qiymatni aniqlash shu tartibda amalga oshiriladi.


MAX – ustundagi maksimal ya’ni eng katta qiymatni topadi. Funksiyaning tahrirlanishi quyidagicha:
SELECT MAX(`mayddon nomi`) AS KATTA FROM `jadval nomi`
Masalan: RESTORAN MB tarkibida mijozlarning eng katta summa to’laganini topish uchun.
Jadvalning holati:

Eng baland summani topish uchun quydagi kodni SQL maydonga kiritamiz va natija olamiz:
SELECT MAX(`Taom_buyurtma_soni`*`Taom_narxi`+`Salat_buyurtma_soni`*`Salat_narxi`+`Ichimlik_buyurtma_soni`*`Ichimlik_narxi`+`O'rindiq_soni`*1500) AS KATTA FROM `restaran`
Bundan olingan natija quyidagicha:

Yuqoridagi jadvalda ko’rinib turganidek eng katta summa 617 000 so’mni tashkil etmoqda.


Agregat funksiyalardan shu maqsad va shu tartibda foydalaniladi.
Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə