Pirls tadqiqotida matnlar uchun belgilangan mezonlar va matn xaritasi


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar



Yüklə 39,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü39,27 Kb.
#162293
1   2   3   4
pirls-tadqiqotida-matnlar-uchun-belgilangan-mezonlar-va-matn-xaritasi

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1507 International Conference 
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study 
– 
Xalqaro 
o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) 
– 
bu turli mamlakatlarda 
boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va 
tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. [
2

Ushbu maqolada PIRLSda qanday matnlar tanlab olinadi va matnlar uchun 
qanday mezonlar belgilangan shu masalaga kengroq to„xtalamiz. 
PIRLS tadqiqotlarida o„quvchilar bilimini aniqlash va baholash uchun 2 ta 
matn ya‟ni, badiiy matn va axborotli matn beriladi. Ushbu matnlar asosida eng 
ko„p qo„llaniladigan o„qishning quyidagi ikki turi o„rganiladi:
 
1.
Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o„qish.
2.
Axborotni o„zlashtirish va undan foydalanish maqsadidagi o„qish. 
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar 
belgilangan:
1.
Matn. Hajmi 1000 ta so„zgacha, o„qish savodxonligi darajasi past bo„lgan 
mamlakatlar uchun 400-500 ta so„z bo„lishi lozim.
2.
Mavzu. Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo„lib, u berilgan matndan 
tashqari o„quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborotdan iborat bo„lgan matnlar 
o„quv materiallaridan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak.
3.
Til. Qismlar 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun 
tarjima qulay bo„lishi muhimdir. Metafora (taqqoslash) yoki epitet (sifatlash) kabi 
aniq ifodali tasvirlash so„zlari tanlanadi. Hech qanday so„zlashuvga oid leksika 
yoki sleng (jargon) ishlatilmaydi. Haddan ziyod ortiqcha texnik ifodalar olib 
tashlanadi.
4.
Mazmuni
.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o„quvchilarning yosh 
xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ayrim madaniyatlarga juda xos bo„lgan 
mavzulardan chetlanmoq kerak. Matn shu yoshdagi maktab o„quvchilari uchun 
qiziqarli va zavqli bo„lishi kerak. Yaxshi yozilgan va unchalik tanish bo„lmagan 
bo„lishi lozim.
5. Bog„liqlik va ketma-ketlik. Syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish 
muhimdir. Agar dialog ustunlik qilsa ma‟lumotni birlashtirib, murakkab gaplarni 
qo„shish kerak. Axborotli matnda matnning strukturasi va ma‟lumotning mantiqiy 
ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan 
bog„liqligini kuzatish shartdir.

Yüklə 39,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə