Pedagogs” international research



Yüklə 19,49 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü19,49 Kb.
#149316
  1   2   3   4   5
67-75



PEDAGOGS” international research journal

ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995








Sobirova Matlubaxon Xalimjonovna
Fargʻona viloyati Fargʻona tumani 14-umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf
oʻqituvchisi.
+998911584204
Annotatsiya: PIRLS tadqiqotining maqsad va vazifalari. Matnlar uchun topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi
Kalit so’zlar: ta’lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi ob’ektiv o‘lchovlar va vositalarni ishlab chiqish,mamlakat o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy baholash;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida O‘zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25-yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PISA-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.


Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo‘ylab ta’limni baholash, tushunish va yaxshilash bo‘yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro



hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog‘ida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o‘qish salohiyati bo‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi.

25-yanvardagi uchrashuvda PIRLS dasturining 2021-yil uchun mo‘ljallangan tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot tomonidan barcha kerakli yordam va tavsiyalar berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda PIRLS-2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, ya’ni ishtirok etish shartlari, tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga qaratilgan yo‘riqnomalar va boshqa ko‘plab vazifalar atroflicha muhokama qilindi.




PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta’lim tizimiga ega bo‘lgan davlatlar 4- sinf bituvchilarining o‘qish sifati va o‘qilgan matnni tushunish darajasi o‘rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu bilan e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning yuqori darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Ko‘pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta’lim 5 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, loyihada 4-sinfdan emas 5-sinfdan o‘quvchilar ishtirok etishadi. O‘qish va matnni tushunish sifati tekshiriladigan o‘quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o‘qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-10,9 yoshdagi o‘quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi.

Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə