Perfect university



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/4
tarix23.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#123173
1   2   3   4
Dasturlash Sillabus Namuna

Jami

108

O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda dasturlash1 kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida dasturlash1 kursi muammolari (misol va masalalari) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur dasturlash operatorlari usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.



Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Ma’ruza

30

Amaliy mashg‘ulot

42

Mustaqil ta’lim

108

Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari

180

Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari


Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash seminar mashg’ulotlaridagi talabaning faolligi, joriy, oraliq nazorat hamda yakuniy nazorat baholash orqali amalga oshiriladi.
Talaba fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha testlarni topshirishi kerak.
Baholash joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Talaba nazoratlardan o‘tmagan taqdirda unga yana ikkinchi marta qayta topshirish imkoni beriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə