Передняя сторона обложки


Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 16,61 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü16,61 Kb.
#183479
1   2   3   4   5   6
Jahon iqtisod 2 (4)

Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri


Katta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qisqartirsa, bu mamlakat ana shu tovarning asosiy xaridori bo’lganligi sababli eksportyor mamlakat ushbu tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Eksport tovarlari narxi o’zgarmagan holda import tovarlar narxining pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib keladi. lekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini joriy qilishdan sof foyda ko’rmasligi mumkin.
Eksport tarifi-Eksport bojlari eksport tovarlari mamlakat chegarasidan chiqib ketayotganda olinadigan majburiy to’lovdir.
Tarif kvotasi — o’zgaruvchan bojxona boji ko’rinishi bo’lib, boj stavkasi miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bog’liq bo’ladi: ma’lum chegaradagi importga pastroq miqdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda yuqoriroq boj o’rnatiladi.

Tarifli boshqaruvning afzallik va kamchiliklari


TIF sohasidan cheklashlar siyosatini keng ko’lamda va faol amalga oshirish davlatga qisqa muddatda muvaffaqiyat olib kelishi mumkin. Bu yutuqlarni quyidagi jihatlar bilan bog’lash mumkin: milliy korxonalarda ishlab chiqarish hajmining ortishi, boj, soliq, yig’imlar hisobiga byudjet daromadining ko’payishi, iqtisodiy xavfsizlik va mudofaa qobiliyatining ta’minlanishi.
Tarif tizimining afzalliklari:
. Yangi tashkil etilgan korxonalarning
xorijiy raqobatdan ximoyalanishi;
. Raqobatbardosh bo'lmagan «eski»
sohalarni qo'llab-quvvatlash;
. Raqobatning boshqa nohalol usullari
bilan kurashish;
. Jahon bozor kon'yunkturasidagi
tebranishlarning milliy iqtisodiyotga
ta'sirini kamaytirish;
. Byudjetning daromad qismini
ko'paytirish.
Protektsionizmning salbiy oqibatlari:
sAholi turmush darajasida sof
yo'qotishlarning ortib ketishi;
sXalqaro ko'paytiruvchi effektning
paydo bo'lishi;
sNosamaraviy sohalar va
korxonalarning saqlanib qolishi;
sKorruptsiya va o'z amalidan
foydalanish avj olishi;

Yüklə 16,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə