Reja: Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish



Yüklə 154,26 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü154,26 Kb.
#159791
Mavzu Oʻzbekiston



Mavzu: Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi
kurashish
Reja:
1.Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish
2.O‘zbekiston respublikasi korrupsiyaga qarshi
kurashish tugrisidagi qonuni
3.Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy
prinsiplari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:korrupsiya — shaxsning o‘z
mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning
manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda
foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi
uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
(3-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab
yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning,
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida


qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
ustuvorligi;javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa
dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini
ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab
chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli
“Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat
boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 27-maydagi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020-yillarda


korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok
etuvchi organlar hamda tashkilotlar
7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat
organlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-
sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli
“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 2, 4-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-
fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-3666-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti.
(7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-
yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat
organlari ham amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy
kengashi va uning hududiy kengashlari
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-
son)
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston
Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi (bundan buyon
matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y.,
03/21/729/1064-son)


Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb
yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y.,
03/21/729/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(8-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-
noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning
ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi
hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek
qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan
monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy
mexanizmlarning samaradorligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu
sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
(8-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Oldingi tahrirga qarang.
hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
(8-modda uchinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi
organidir.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuniga
asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-
y., 03/21/729/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini
shakllantiradi va amalga oshiradi;
har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruza
tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining korrupsiyaga
qarshi kurashishga daxldor bo‘lgan qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesining tegishli qo‘mitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va
shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasining milliy
manfaatlariga va xalqaro obro‘siga putur yetkazadigan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov
qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi, uning yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
korrupsiyaga oid jinoyatlar tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning o‘rni
to‘liq qoplanishiga erishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini
o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi, ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan
takliflar kiritadi;


fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu jumladan
hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi
Korrupsiyani idrok etish milliy indeksini tuzishni tashkil etadi;
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida
davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korrupsiyaga qarshi standartni qo‘llashini nazarda
tutuvchi talabni belgilaydi;
joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va
amalga oshirilishini tashkil etadi;
korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot
vositalariga taqdim etadi;
vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi
faoliyatini muvofiqlashtiradi, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik
jamiyati institutlarining va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha
samarali hamkorligini tashkil etadi;
ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari
qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor
qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-
son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli
“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi


ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar
tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
(9-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-
noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni
yig‘ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi
hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
choralarini ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan
qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek
qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,


03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 2, 4-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasidagi vakolatlari
(10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli
Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-
y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida:
(10-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-
fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar
tekshiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni
yig‘adi hamda tahlil qiladi, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshiradi,
tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi
hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
choralarini ko‘radi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek
qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;


korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar
tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni
yig‘adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi
hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
choralarini ko‘radi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini
va tahlil qilinishini ta’minlaydi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek
qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;


korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda
muvofiqlashtiradi;
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga
doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-
sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va
loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar
ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.


(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga
qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
(13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti o‘z vakolatlari doirasida:
(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-
yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar, iqtisodiy va
korrupsiya bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar
tekshiruvni va surishtiruvni amalga oshiradi;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-
yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yo‘llari va
mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda o‘tkazadi;
jinoiy ta’qib etishni tashkil qilish va huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ko‘rish
uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida o‘z
vaqtida xabardor qiladi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek
qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;


korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
14-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining
va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishi;
(14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar
kiritishi;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlik qilishi mumkin.


Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish
maqsadida Milliy kengash va hududiy kengashlar faoliyatida, shuningdek davlat organlari
huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida
qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-
729-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y.,
03/21/729/1064-son)
15-modda. Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
Ommaviy axborot vositalari:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshiradi;
(15-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi
mumkin.


(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish
16-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan
korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish,
huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy
adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
17-modda. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini
oshirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa
xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu
jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
18-modda. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim
va tarbiya
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya
belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim
muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini
oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi.
4-bob. Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
19-modda. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan


iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor
shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi
yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga
yo‘l qo‘ymaslik;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki
xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning
sifatini baholash tizimlarini joriy etish;
davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-
axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali
amalga oshirish;
davlat organlari xodimlari manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishini
ta’minlash;
davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof
tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik
prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi
qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib
chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini
tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar
ko‘rilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
(19-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi
yuzasidan ushbu organlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini
baholagan holda muntazam ravishda monitoring o‘tkazish;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini


tashkil etish;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya
qilinishini, moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-
tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining va o‘zga tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari
qonunchilikka rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona,
vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir
huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-
sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shart.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
20-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga
doir chora-tadbirlar
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlar quyidagilardan iborat:
ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga
doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;
davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik
subyektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga
xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning masofaviy
shakllarini keng joriy etish;
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga
yo‘l qo‘ymaslik;
davlat xaridlarining samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish, davlat xaridlarini
joylashtirishda oshkoralik, shaffoflikni ta’minlash hamda raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash;


ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida va ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda
teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy
etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini
olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
21-modda. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-
tadbirlar
Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida
manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy
manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o‘zining
bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida
ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z
vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Davlat organlarining maxsus bo‘linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to‘qnashuvini
hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari
buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq
javobgar bo‘ladi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683
-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
22-modda. Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlar
Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
quyidagilardan iborat:


qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, ma’muriy-boshqaruv jarayonining
beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat
uchun ochiqligini oshirish;
o‘z ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda ma’muriy tartib-taomillarni batafsil
tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
soddalashtirilgan ma’muriy tartib-taomillarni joriy etish;
davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o‘rnini
qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa
chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
23-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlar
Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
quyidagilardan iborat:
davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning shaffofligi va
ochiqligini ta’minlash;
adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini
ta’minlash;
ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini o‘tkazish natijalari
yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish;
davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir
boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)


24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi
ekspertizasi
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi:
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyaga
sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan loyihani qabul qilish
oqibatlarini umumiy baholashga;
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning
yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilishga;
korrupsiyaga sabab bo‘lgan, aniqlangan omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni
ishlab chiqishga va choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan jarayondan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi O‘RQ-860-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y.,
03/23/860/0571-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-sonli
“Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3287,
24.02.2021-y.), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PF-5263-
sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan
o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
5-bob. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning
muqarrarligi
25-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek
qo‘yishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning
muqarrarligi prinsipini ta’minlashga doir chora-tadbirlar
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi
prinsipini ta’minlashga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:


korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat
organlarining korrupsiyaning holatini va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga asoslangan
samarali ishini tashkil etish, ularning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l
qo‘ymaslik;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning zamonaviy shakllari va usullaridan
foydalanish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik ta’minoti darajasini oshirish,
ularning ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
sudlarning mustaqilligi va erkinligini, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat
organlari o‘rtasida muvofiqlashtirishni va hamkorlikni ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir
murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishini
ta’minlash;
korrupsiyaga qarshi kurashning samarali jinoyat-huquqiy va jinoyat-protsessual
mexanizmlarini yaratish.
26-modda. Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari
to‘g‘risida xabar qilish majburiyati
Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga
ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar
to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan
shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari
haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning davlat organlarining
xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
27-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab
bo‘ladi.


(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan
huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq
mahrum etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 – 214-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi
shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning
yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va
shaxsning o‘zining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning
yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo‘rlik
ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo‘q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi
yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi
organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish
bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shart.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va
ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi
tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bu qonunga
ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarni rag‘batlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.


Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on
axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik
uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
29-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni bekor
qilish yoki o‘zgartirish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar manfaatdor shaxsning
arizasiga ko‘ra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan
bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul qilingan qaror bekor
qilingan, o‘zgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi
natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda
belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Korrupsiya sohasidagi tadqiqotlar
Korrupsiyaning holatini, xususiyatini, miqyoslarini, o‘zgarishlarini va tendensiyalarini,
shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilish
samaradorligini o‘rganish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari,
shuningdek fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda
boshqa turdagi tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan doimiy asosda amalga oshiriladi.
Sotsiologik tadqiqotlar korrupsiyaga eng ko‘p duchor bo‘lgan tarmoqlar va sohalarni, uning
yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek mazkur faoliyatga jalb
etilgan ijtimoiy guruhlarni aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish va boshqa
usullardan foydalanish yo‘li bilan jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Maxsus tadqiqotlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati natijalarini, korrupsiyaga oid
jinoyatchilikning holatini, korrupsiya ko‘rsatkichlarining statistika hisobini muntazam
ravishda tizimli tahlil qilishni, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning


xususiyati va miqyoslarini, o‘zgarishlari va tendensiyalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazishni, ilmiy uslubiyotlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy
etishni, korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini
prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va
rag‘batlantiradi.
31-modda. Axborot olish
Har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida, shu shaxsning
o‘ziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida
axborot olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan, jamiyat uchun ahamiyatga molik
voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi xabarlarni qonunchilikda belgilangan
tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Axborot olish faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkin.
32-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet
davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish
va ularning so‘rovlariga javob berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari


korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini
ko‘radi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
33-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(33-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini
ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 4-yanvardagi 2 (6696)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-yanvar,
O‘RQ-419-son
Foydalanilgan adabiyotlar:


1.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 2-modda
2.; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son;
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 2019-y., 2-son, 47-modda;
3.Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son,
19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 09.08.2023-y., 03/23/860/0571-son)

Yüklə 154,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə