Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
4-
 sahifa
 
KIRISH 
Ijtimoiy pedagogik psixologiya sohasida pedagog professional kompetentligini 
shakllantirish va rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlar jahonning quyidagi etakchi 
ilmiy markazlari va oliy ta‟lim muassasalari tomonidan: National Advice on 
pedagogical technology (Angliya), Australian Institute of Teaching and School 
Leadership (Avstraliya), The SIMEER National Research Centre at the University of 
England (Angliya), University of Warwick (Buyuk Britaniya), University of 
Bridgeport (AQSH), Edith Cowan Universite(Avstraliya), Belfield pedagogical 
university (Germaniya), University of Social Psychology (Polsha), Princeton 
university (AQSH), Moskva davlat pedagogika va psixologiya universiteti (Rossiya), 
YAroslavl davlat universiteti (Rossiya), Moskva gumanitar fanlar universiteti 
(Rossiya), Rossiya Fundamental tadqiqotlar Fondi (Rossiya, Moskva) va Rossiya 
Fanlar akademiyasi Psixologiya institutida (Rossiya) olib borilmoqda. 
Jismoniy 
tarbiya 
va 
sport 
sohosidagi 
mutaxassislarda 
professional 
kompetentlikni shakllantirish mexanizmlari bilan bog„liq tadqiqotlarda quyidagi 
natijalar olingan: pedagog professional kompetensiyasining pedagogik-psixologik 
mezonlari aniqlangan (Moskva davlat pedagogika institutida), o„qituvchi bilan 
o„quvchi munosabatlari o„rtasidagi o„ziga xos ijtimoiy-psixologik uyg„unlikning 
ta‟minlanish usullari takomillashtirilgan (The SIMEER National Research Centre at 
the University of England), ta‟lim muhitiga nisbatan kasbiy mas‟uliyatni 
shakllantirishda psixologik bilimlarning ta‟siri aniqlangan (F.Katanova nomidagi 
Xakasiya davlat universiteti), pedagog professional kompetensiyasini rivojlantirishda 
pedagogik texnologiyalar joriy etilgan hamda pedagog kompetensiyasini 
aniqlashning psixodiagnostika metodikalari yaratilgan (Moskva gumanitar fanlar 
universiteti), zamonaviy ta‟lim jarayonida o„qituvchi faoliyati samaradorligini 
ta‟minlashda pedagog professional kompetensiyasining kasbiy, maxsus, shaxslilik 
komponentlarining ahamiyati aniqlangan (Rossiya Fundamental tadqiqotlar Fondi), 
o„quvchi shaxsining shakllanishida o„qituvchi timsolining ta‟siri tadqiq etilgan 
(Rossiya Fanlar Akademiyasining Psixologiya instituti). 
Dunyoda pedagogning professional kompetentligi va uning ilmiy-metodik 
ta‟minotini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning pedagogik-
psixologik mexanizmlarini takomillashtirishga oid qator, jumladan, pedagogda 
professional kompetentlikni shakllantirish asosida mutaxassislarning individual 
imkoniyatlarini takomillashtirish; pedagoglarda kasbiy, kommunikativ, intellektual 
kompetentlikni rivojlantirish bo„yicha psixologik ilmiy izlanishlar; kasbiy kamolotni 
tatbiq etishda tadqiqotga yo„naltirilgan ta‟lim; kompetentlikni rivojlantirish asosida 
ta‟lim jarayonini loyihalash ko„nikmalarini rivojlantirish yo„nalishlarida tadqiqotlar 
olib borilmoqda. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə