Pedagogika va psixologiya kafedrasi «bolalar psixologiyasi» fanidan «maktabgacha ta


Maktabgacha tayyorlov guruhi o’quv mashg’ulotlarida foydalanilgan psixologik treninglarning samaralik darajasi



Yüklə 149 Kb.
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü149 Kb.
#132200
1   2   3   4   5   6   7   8
2Kurs ishi tayyori Tursunova Umida

2.2.Maktabgacha tayyorlov guruhi o’quv mashg’ulotlarida foydalanilgan psixologik treninglarning samaralik darajasi
Psixologik treninglardan kutiladigan natijalarning asosi shaxs “Men”ni bilan bog’liq muammolarni bartaraf etishni taqozo qiladi. O’z – o’zini shaxs sifatida anglash, o’z xususiyatlarini bilish umuman olganda shaxsni o’z –o’zini anglashga erishish shaxsni barkamollashtiruvchi treningning asosiy maqsadi hisoblanadi. Inson tomonidan uning motivlari, qiziqishlari hamda qadriyatlarining anglanishi o’z-o’zini anglash mohiyatini tshkil etadi. O’z – o’zini anglash negizida “Men obrazi” ning “Men” konseptsiasini shakllanishi yotadi, yani individ o’zini qanday ko’radi va qanday ko’rishni istaydi kabi. “Men obrazi” tarkibida shaxsning o’zi haqidagi hamda o’zining jismoniy va psixologik xususiyatlari: ko’rinishi, qobiliyatlari, qiziqishlari, intilishlari, o’ziga hurmat va o’ziga ishonch xususiyatlari to’g’risidagi tasavvurlari mavjud bo’ladi. “Men obrazi” vositasida inson o’zini boshqa odamlardan, tashqi dunyodan farqlaydi. Bundan tashqari, “Men obrazi”ning asosini o’z imkoniyatlariga baho berish va o’z – o’ziga baho berish tashkil etadi.
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarni asosini shaxs o’z- oziga adekvat baho berish va “Men obrazi”ni shakllantirish tashkil etai. Inson o’zining “Men obrazi”ga muvofiq tashqi dunyoga munosabat bildiradi va o’zining xulq – atvorini shakllantiradi. “Men obrazi”ni shakllantirish treninglari shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar yonalishiga mos tushadi. Bu xildagi treninglarning maqsadi-shaxsni psixologik jihatdan barkamollikka erishtirish. Boshqacha aytganda, har qanday muammoli vaziyatda shaxsni faqat o’zidan yordam olishga o’rgatish demakdir. Misol qilib abiturentni birinchi yili o’qishga kira olmaganligi, lekin o’zidagi qiziqish, ishtiyoq, intilish motivlarini sondirmagan holda, muvaffaqiyatga erishish motivlarini ustunligi natijasida qaytadan harakatga kelishi tushuniladi. Treninglarda shaxsiy o'sishni rag'batlantirish mumkin, ammo tezlik har doim murabbiyning sa'y-harakatlari bilan emas, balki shaxsning ichki imkoniyatlari bilan belgilanadi. “Men” konsepsiyasini shakllantirishda nafaqat shaxsni barkamollashtiruvchi treninglardan foydalanish , balki emotsional soha treninglarini ham qollash davomida shaxsning ichki va tashqi kechinmalaridagi qarama – qarshiliklarni ham pozitiv tomonlama engib o’tish imkonini beradi. Yoki shaxs o’zini qiynayotgan, boshqalarga aytishni uyat hisoblagan kechinmalarini aynan trening orqali tashqariga chiqarish imkoniyatini beradi. Natijada nevroz bilan bog’liq bo’lgan holatlarning oldi olinadi. Psixologik treninglarning asosiy maqsad va vazifasi ham shaxsda yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo’yadi. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarni samaradorligi trener va ishtirokchilarning qobiliyatlari, operativ fikrlashlari, hamjihatligi, samimiy bir – biriga munosabati, har bir shaxsning trening jarayonida o’zini nazoratga olishi kabilar bilan belgilanadi.
Treningni qanchalik samaradorligi trenerning tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o’z ishini mukammal bilishi va faoliyat samarasini ta’minlovchi usullarni qo’llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, trening mashg’ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo e’tibor berilishi zarur bo’lgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan trening o’tkazuvchi mutaxassislarni shakllantirishdir. Shuningdek, trenerlarni tez – tez attestatsiyadan o’tkazib turish, ya’ni ularning nazariy va amaliy tayyorgarligini tekshirib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir shaxsning individualligi, ularga o’ziga xos ta’sir o’tkazish usullarini bilish, trening jarayonida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda udan samarali chish yo’llarini takomillashtirib borish treningni yanada natijaviyligini oshiradi. Trening o’tish jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullar, trening mashg’ulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va o’yinlarning tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalanilishi, shuningdek, trening davomida yuzaga kelgan vaziyatlarni konstruktiv usullar orqali, operativ ravishda echimini to’ish qobiliyatini rivojlantirish zarur. Trener avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan inglizlar aytganidek: « O’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda pedagogik alg’truizm ya’ni, o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati, o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur.
Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olishi, empatiya, ya’ni o’zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi, o’zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik, o’z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish, o’zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini to’g’ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o’ziga ishonch, e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi ko’zda tutiladi.
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya’ni u:
a) avvalo ta’lim dasturiga ega bo’lishi kerak;
b) dasturga mos ssenariylar tanlay bilish, kerak bo’lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e’tibor qaratish shart;
v) qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va ssenariylarga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Trening ishtirokchilarini mashg’ulot boshlanishidan avval mavzu bo’yicha matnlar bilan ta’minlash va ma’ruzalarni iloji boricha trenerning o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul, chunki bu yerda “nimaga o’rgatish” va “qanday o’rgatish” degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uyg’unlik bo’lishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb qilib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning komunikativ mahorati, o’z-o’zini nazorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarining muqobilligi, ularga ma’lum ma’noda turg’unlik xos bo’lishi shart. Tanlov umuman, xolis ekspertlar, trenerlarni tayyorlash kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga erishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq:
a) maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak, bu o’rinda guruhiy va individual maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudligiga e’tibor qaratilishi shart;
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e’tibor berish;
v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar o’rtasidan teng taqsimlanishiga erishish, ya’ni guruhda yaqqol ko’zga tashlangan lider yoki doimo o’z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’tkazishga harakat qilayotgan shaxsning bo’lmasligi;
g) ta’sir ko’rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik;
d) qaror qabul qilish va munozaralarini yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusini o’z qo’liga olish huquqidan foydalanishi;
e) tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ulardan shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi;
j) guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zo lari tomonidan baholanishi o’yin munozarani yana davom ettirish yoki to’xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu mas’uliyatni o’z bo’yniga olsa unda guruh o’z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin;
z) birinchi guruh a’zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, hattoki, o’zidagi yashirin emotsiyalarni va yangiliklarni namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin.
Shunday qilib, ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarni faol qatnashishlarini va o’zlarini erkin his qilishlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa boshlovchi, trener shaxsining psixologik xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham trenerda ijtimoiypsixologik trening o’tkazish tajribasi yetishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, kattalar guruhi yoki noma’lum kishilar bilan ishlash uchun yetarlicha tayyorgarlik ko’rishi lozim. Chunki agar u o’z amaliy faoliyatini boshidayoq mag’lubiyatga uchratsa, hech qachon u trening mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu holat unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatini amalga oshirishda yuqorida ta’kidlanganidek, ijtimoiy-psixologik treningning turli shakllaridan ma’qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan: o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruhida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy muammoli masalalarni muhokama qilishga o’rgatish mumkin. Psixodramatik o’yinlar, ayniqsa, sotsiadramalar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi.
XULOSA.
Mehnat bolalarni hayotga tayyorlaydi. O’sayotgan avlodni mehnatga tayyorlash ularda ko’nikma , malaka , bilimlarni egallashda yordam beradi. Bolalarni o’sishida jismoniy tomondan, aqliy, qobilyatlarini ishga soladi hayotga tayyorlaydi. Biz bolalarni guruxlarga ajratgan xolda ularga ishlarni taqsimlaymiz, bu bilan bolada oldinga maqsad qo’yib ko’nikmaga tayangan xolda ishlarni bajaradi. Katta va tayyorlov gruppa bolalari uchun ko’p marta takrorlanadigan bir xil xarakatlarni mustaqil bajarishga, murakkabligi jixatidan asta sekin ortib boruvchi turli masalalarni xal qilishda qo’yiladigan talablarni birga qo’shib olib borish bolalarni maktabga tayyorlashning zaruriy usullaridan birini tashkil etadi.
Shuningdek, birinchi Prezidentimiz 1I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holdaqabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo‘llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo‘llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo‘ygan talablar asosida qaror toptirishga ko‘maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Mehnat bolalar uchun hamisha maroqli bo‟lishi lozim. Bolalar uchun qiziqarli, ayni paytda majburiy bo’lgan topshiriqlarni bajargan vaqtda bolalarda o’zini boshqara bilish maqsadga erishish qilinishi kerak bo’lgan ishga o’z diqqatini qaratish zarur bo’lganda xarakatlarini tiyib qola bilish singari fazilatlar rivojlanadi.
Bola mehnatning nim2a ekanligini bilib olmasdan, umuman xamma kishilar uchun mehnatning foydasi nimadan iborat ekanligini bilib olmasidan, bolani mehnatkash insonga xurmat ruxida tarbiyalab bo’lmaydi. Bolalarni kishilar mehnati bilan tanishtirish ularni xotirasini boyitadi, ularning kuzatuvchanligini boyitadi, ko’pgina masalalar to’g’risida o’ylashga majbur qiladi va ularda rang barang murakkab his tuyg’ular uyg’otadi. Mana shu fazilatlar ichida har qanday foydali mehnatga hurmat bilan qarash xissi aloxida axamiyatga egadir. Bolalar ozgina bo’lsada o’zlari to’plagan shaxsiy tajribalar davomida deyarli har qanday ishni bajarish xam qanchalik qiyinligi bilan tanishadilar.
Bolalarni onalari va tarbiyachilari bolani rivojlanishi uchun foydali bo’lgan faoliyat turi mehnatga jalb qiladilar. A.Porembskaya olib borgan kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, mehnat bunday buyon xam bolari rivojlantirishning muhim sharti bo’lib qolishi uchun boladagi mustaqillikni rivojlantirish unda xarakat qilish istagini uyg’otish, foydali va jiddiy ishlarni bajargan vaqtda kollektiv muvaffaqiyatidan quvona olish xis tuyg‟ularini tarbiyalash muhim axamiyatga egadir . Xulosa qilib aytadigan bo’lsak mehnat insonni ulug’laydi, mehnat bu insonlarning hayot mazmuni, moddiy va manaviy ehtiyojlarning asosidir. Bu haqda buyuk shoirlar, yozuvchilar; Alisher Havoiy, Furqat, Muqimiy, Hamza mehnatning insonni manaviy guzallashtiruvchi roliga mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat axlini qadrlashga katta o’rin beradilar. Orzu –tilak yo’li mehnat tagida,
Xazinaning mo’li mehnat tagida. Birinchi Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.



Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə