Pedagogika va psixologiya kafedrasi «bolalar psixologiyasi» fanidan «maktabgacha ta


Kurs ishimizda foydalanilgan metodlar



Yüklə 149 Kb.
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü149 Kb.
#132200
1   2   3   4   5   6   7   8
2Kurs ishi tayyori Tursunova Umida

Kurs ishimizda foydalanilgan metodlar; Kuzatish, Eksperiment, Test, Bog`chadagi bolalarning hujjatlarini tahlil qilish.
Kurs ishi ob’yekti: Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning o`quv mashg`ulotlarida aqliy faoliyat jarayoni
.
Kurs ishi ahamiyati: Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo'yildi va mazkur kurs ishida aynan ushbu masalani hal qilish.
Kurs ishi hajmi va tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob va rejalar,xulosa va foydalangan adabiyot....................................................................................................
I.BOB.Maktabgacga ta’lim yoshidagi bolalarning mashg’ulotlar jarayonida aqliy tarbiyalashning nazariy asoslari.
1.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning mashg‘ulotlar jarayonida aqliy tarbiyalash mazmuni.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bulish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa ukuv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini uzlashtirib olish, ularni jamg`arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil kilish uchun zarur bulgan bilish faoliyati usullarini egallab olish. Aqliy rivojlanishning asosiy kursatkichlari deb hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga karab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etish
1) bolaning imkoniyatlaridan tug`ri foydalanish,
2) bola organizmining umumiy charchashiga savob bulishi mumkin bulgan ortikcha nagruzka bulmasligi yullarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning Aqliy rivojlanishi konunlari va imkoniyatlarini urganish bilan shug`allanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadkikotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning Aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini kursatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikmalarini yanada chukarlashtirish, xajmini kengaytirish maksadga muvofik.
Maktabgacha ta‘lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof tugrisida kattagina xajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bulib koladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi vokealardagi muhim va muhim bulmagan tomonlarini ajrata oladigan ba‘zi bir sabab natijali bog`lanishlarni bilib oladigan bulib koladilar. Ular o’quv faoliyatining dastlabki kursatkichlari shakllandi. Shuning uchun bog`cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki boskichlarida bolalarda tasavvur ta‘limi buladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun kurgazmali-xarakatli, kurgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida suz, mantikiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, vokealarni, chukur anglab olish, ularni muhim bulgan va muhim bulmagan tomonlarini ajratishga urgatish lozim. Qizikuvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi vokeaxodisalarga, narsa va buyumlarga kizikish bilan karashga, hamma narsani ushlab his qilib, dikkat bilan tomosha kilishni kuzatishda namoyon buladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bulgan savollarga uz vaktida javob berishga harakat kiladi, ularni fikrini mustakil javob kidirishga yullab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kizikuvchanlikning susayishiga yul kuymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar kizikuvchanligini ular aklining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga kizikish hosil kilishdan iborat. Maktabgacha ta‘lim muassasasi oldida bolalarning aqliy kobiliyatini rivojlantirsh vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyn buladi va rivojlanadi. Insonning Aqliy kobiliyati aklining ziyraklik – fahm farosatlilik, tankidiy kuz bilan karash, sermulohazalik kabs sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy kunikma va malakalarni rivojlantirish, ya‘ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bulmagan belgilarni ajratib kursatish boshka predmetlar bilan takkoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga Aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu kunikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy kismlari bulib, bolani bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: usimliklar va hayvonlar bilan tanishtirish buyicha sistemali mashg`ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret usimliklar yoki hayvonlar tug`risida ma‘lum bir tasavvurga ega buladilar. Sungra bolalardagi aqliy-kunikma va malakalarni rivojlantirish maksadida tarbiyachi bolalar bilankuyidagi mashg`ulotlarni utkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o’simligini, momaqaymok o’simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi ikki xil kushni bir-biriga solishtirish» didaktik uyini va shunga uxshash tadbirlar utkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina kolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni xal etishda foydalanishga urgatish zarur. Ilk va bog`cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bulgan kizikish juda tez usadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishi xarakatga keltiruvchi kudratli kuchdir. Kattalar bolaning kizikuvchanligini, bilishga bo’lgan har kanday hoxishini sezishlari va rag`batlantirib borishlari kerak. Bolani maktab ta‘limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini egallabolishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko`nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvofaqqiyatli o`kishlshari uchun bo`lajak mexnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo`lib hizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to`g`risidagi bilimlar sistemasini ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak atrofdagi narsalar ularning vazifasi ba‘zi sifatlari ba‘zi hossalari haqida qaysi materialdan tayyorlanganligi to`g`risida aniq tassavvurga ega bo`lishi kerak. U tabiat xodisalari ularning o`zaro bog`liqligi va qonuniyatlarini bilib oladi. Jonsiz tabiat o`simliklar hayvonlarni kuzatish jarayonida bolalarda borliq to`g`risidagi tasavvurlar shakllanib boradi.
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok hotira, xayol tafakkur nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Maktabgacha ta‘lim muassasasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi.
4. Aqliy malaka va ko`nimalarni rivojlantirish.
Aqliy ko`nikma va malakalarni rivojlantirish, ya‘ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirishni ulardagi muxim va muxim bo`lmagan belgilarni ajratib ko`rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko`nikma – malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qisamlari bo`lib, bolaning bioimlarini chuqur egallab olishga yordam beradi. Boladagi kizikuvchanlik va Aqliy faollikning kay darajada rivojlanganligini bolaning Aqliy kursatkichining yukoriligidir. Ta‘lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish kobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog`chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan kurollantirish, malaka va kunikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta‘lim yetakchi rol uynaydi. Chunki u ta‘lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta‘lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniklash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta‘lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta‘lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog`chada bolalarga madaniy – gigienik kunikmalar, asosiy xarakatlar o’rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o’zlashtirib oladilar.
Ta‘lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli uqish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta‘limni ikki yo’l bilan amalga oshirish muvofiqdir: Birinchi yo’l - bolalarni bilim, malaka, kunikmalarni kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ikkinchi yo’li – maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus uquv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, kunikmalardan rejali ravishda xabardor bulib borishidir. Bunday yo’l bilan ta‘lim berishdan maksad yosh avlodni zamonaviy ishlab chikarishda, jamiyatning ijtimoiysiyosiy, madaniy hayotida faol katnashtirish uchun zarur bulgan Fan yutuklari bilan tanishtirishdir. Bolalarga ta‘lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:
Kuzatish metodi: Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar kurish, eshitish, sezish idroklari orkali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega buladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda kullaniladi. Kuzatish – bolalarning narsa, vokealarning ma‘lum maksadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma‘lum ob‘ektlarni kuzatishda yetakchi urinni egallaydi. Namoyish etish metodi: Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani uzini yoki tasvirini kursatadi. Bu bevosita kurib bulmaydigan narsalar (boshka tabiy zonadagi hayvonlar, usimliklar, kishilar hayoti bilan) kullaniladi.
Xikoya qilib berish - materialni anik, obrazli, ta‘sirchan bayon kilish. O`rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali ukib berish. Suhbat metodi: 3-4 yoshli bolalar bilan utkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qiska suhbat o‘tkaziladi.
Bolalardagi aqliy ko`nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan mashg`ulotlarni o`tkazishni rejalashtirish mumkin. Bular kuyidagilar: «Sen ta’rifla, men topaman». Didaktik vazifa - Kattalarning savollariga narsaning xarakterli belgisini ajratib va nomini aytib javob berish. Uyin xarakati – Kattalarga topishmokni aytish. Uyin koidasi – Ta‘riflanayotgan narsani nomini aytish mumkin emas. Tarbiyachi ning savollariga anik va to`g`ri javob berish. Jixozlash – Sabzavot va mevalarni stol ustiga kuyiladi. Tarbiyachi stulini usimliklar kurinmaydigan qilib kuyiladi. Uyinning borishi – Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning kandayligini surayman. Siz javob berasiz. Fakat uning nomini aytmang. Sizlarning javoblaringizdan men uni topishga xarakat kilaman. Keyin tartib bilan tarbiyachi savol beradi:
«Shakli kanday?,
Xamma tomoni shardek dumalokmi?,
Chukurchasi bormi?,
Rangi kanday?» va boshka.
Bolalar savollarga tula javob berishadi. Bolalar narsaning xarakterli belgilari xakida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmokni topadi. Mashg`ulotda, uyinda, tabiat burchagida va maydonchadagi mexnatda, ekskursiya va sayr vaktida tarbiyachi bolalarga atrofdagi olamning turli-tumanligini, chiroyini kursatadi, usimlikning turli xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, usimlik va xayvonot olami xakida elementar tushunchani shakllantiradi. Tarbiyachining xikoyasidan faolrok o`zlashtirib olishga bolalarning jozibali munosabati imkon beradi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə