Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə8/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. VII asrdan XIV asrning
birinchi yarmigacha O’rta Osiyodabir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa,
qorixona, daloilxona) mavjud edi.
Maktablar boshlang’ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish
o’rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod
o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha,
ba’zida undan ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalarini
egallaganlaridan so’ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning ettidan bir qismi”) o’qishni boshlaganlar
Maktabni tamomlagan o’quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar. Madrasa odatda ikki bo’limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola)
bo’limlardan iborat bo’lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganini
qayd etish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo’lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai. «Qur’on» - dunyo madaniyatining
ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini
anglatadi. Qur’on 114 suradan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy
qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonning ma’naviy kamolga etishida qay darajada
muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek, «Quron»da uylanish, er-xotin, ota-ona va farzandalar munosabatlari, farzand tarbiyasi masalalariga katta ahamiyat berilgan. Jumladan, har bir muslim
va muslimaning oila qurishi Ollohning farzi ekanligi ta’kidlanib, «Qur’oni Karim»ning «Baqara» surasi 223-oyatida shunday bayon etiladi: «Hotinlaringiz sizlarning ekinzor yerlaringiz bo’ladi. Ziroat yerlari urug’ sepganda Samara beradi. Xotin ham ekinzordir va hosili farzand. Bas o’z
xotinlaringiz farzand niyatida aloqa qiling va kelajakda o’zlaringiz uchun farzand tarbiyalang.
Xudodan qo’rqing, uning nazariga ilinmangiz. Bas, tug’ilish va visol uchun berilgan quvvatni
bekor qoldirmang va zoe qilmang. Ey, Muhammad saodat mujdasini iymonlilarga bergin».

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə