Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə48/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

8.3. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global
tendentsiyalar
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon
omillaridir. Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar,
yillarda taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan
pedagogik nazariyalar o’rganiladi.
Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlarning pedagogik
tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida makon omiliga ko’ra turli davlatlar
ta’lim modelini taqqoslab ko’ramiz. Masalan:
Amerika modeli: kichik o’rta maktab → o’rta maktab → katta o’rta maktab
→ 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura →
doktorantura.
Fransiya modeli: onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → texnologik,
kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Germaniya modeli: umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy
maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → doktorantura.
Angliya modeli: birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab →
kollej → universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli: umumta’lim maktabi → to’liq o’rta maktab, gimnaziya va
litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → magistratura → doktorantura.
Qozog’iston modeli: to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet,
akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.
Demak, zamon va makon omillariga ko’ra pedagogik tizimlar modelini
taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi. Uning mazmunida
quyidagilar aks etadi:
- ta’limning zamonaviy holatini qayd etish;
- ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini taklif qilish;
- ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlarni bashorat qilish;
- qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini boyitish.
XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendentsiyalar ajratib
ko’rsatildi:
1) ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma
uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga
mustaqillikning taqdim etilishi;
2) shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir insonga
millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida
ta’lim olishi);
3) ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pullishartnoma asosida tahcil olish);
4) xilma-xil qiziqish va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining ortib borishi;
5) ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi;
6) oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining
o’zgarishi;
7) ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash;
8) rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy
ob’ektga aylanishi;
9) ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash;
10) “o’rtacha o’zlashtirish”ga yo’nalganlikdan, har bir o’quvchining o’ziga
xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor
qaratilishi;
11) rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun qo’shimcha
resurslarni izlab topish.
Jahon ta’limi muammolarini hal etishda turli ta’lim tizimlari ishtiroki
zaruriyatini talab etadigan yirik xalqaro dastur va loyihalash muhim ahamiyat kasb
etadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilar kiradi:
• ERAZMUS – maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarinin
mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa
mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda o’qishga borishlari kerak).
• LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o’rganish
samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
• EVRIKA – ushbu loyihaning maqsadi SHarqiy Yevropa davlatlari bilan
amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarni uyg’g’unlashtirish.
• ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa
universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab
etuvchi loyiha.
• EIPDAS — arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni
takomillashtirish sohasiga doir dastur. • TEMPUS – Yevropa Ittifoqining hamkordavlatlarda oliy ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturi.
• IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytirishgga yo’naltirilgan loyihalar tizimi.
Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə