Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogika tarixi va nazariyasi



Yüklə 44,68 Kb.
səhifə1/8
tarix21.10.2023
ölçüsü44,68 Kb.
#129723
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-маъруза-


1-Ma’ruza
PEDAGOGIKA FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA ILMIY TADQIQOT METODLARI. PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI.


Reja:

  1. Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari.

  2. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.

  3. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari va vazifalari.

  4. Jahon ma’rifiy mutaffakirlarining tarixiy pedagogik fikrlarining tahlili. Pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi.



Tayanch iboralar Pedagogika, pedagogikaning maqsad va vazifalari, pedagogikaning asosiy kategoriyalari, pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va bog’liqligi, pedagogik fanlar tizimi, pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari, suhbat, kuzatish, test, so’rovnomalar, eksperiment - tajriba-sinov, statistika ma’lumotlarini tahlil qilish


Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash xamda unga ta’lim berishning moxiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod xamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muxim jixati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muxim tarkibiy qismlari xisoblanadi.
Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «O‘rgatuvchi», didasko «O‘rganuvchi») ta’limning nazariy jixatlari, ta’lim jarayonining moxiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va xokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z moxiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim xar bir shaxsning kamol topishi xamda u tomonidan xayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bO‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida O‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bO‘ladi. 
Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko’ra maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo‘linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muxim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muxim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy xarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyixasining muxim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qO‘yildi.


  1. Yüklə 44,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə