Pedagogik amaliyotda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda masofaviy



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix07.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#126278
  1   2   3   4   5   6   7
pedagogik-amaliyotda-talabalarning-kasbiy-kompetentligini-rivojlantirishda-masofaviy-ta-lim-texnologiyalari



 
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 2 FEBRUARY 2023 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
193
PEDAGOGIK AMALIYOTDA TALABALARNING KASBIY 
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY 
TA’LIM TEXNOLOGIYALARI 
A.Yu. Umarov 
Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8002028
 
Annotatsiya

Maqolada 
ta’lim-tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalardan 
foydalanishning zarurati, afzalliklari va masofaviy ta’lim sohasidan foydalanish bo‘yicha 
statistikalar berilgan. Raqamli texnologiyalardan foydalanish va masofaviy ta’limning yangi 
avlod tizimlarini joriy etish lozimligi, masofaviy ta’lim tizimi orqali yangi ko‘nikmalarni yoki 
mavzuga oid materiallarni o‘rganish tezroq, osonroq va arzonroq ekanligi atroflicha yoritib 
berilgan. 
Kalit so‘zlar
: raqamli texnologiyalar, raqamli o‘qitish ta’lim tizimi, Internet tarmog‘i, 
masofaviy ta’lim, masofaviy platformalar, mobil qurilmalar. 
 
Zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalarining ta’lim jarayoniga 
kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli – masofaviy 
o‘qitish yaratilishiga sabab bo‘ldi. Zamonaviy texnologiyalar masofaviy oliy pedagogik ta’limni 
yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchidan masofaviy 
o‘qitish tizimiga tayyor bo‘lmog‘ini, ya’ni ilg‘or o‘qitish texnologiyalarni (Internet, Keys, TV – 
texnologiyalar va h.k.) o‘zlashtirgan bo‘lishini taqozo etmoqda. Oliy ta’lim tashkilotini 
boshqarishni avtomatlashtirish, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy 
etish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “2017 - 2021 yillarda oliy 
ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”ning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyada ta’lim jarayonlarini raqamli 
texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, 
onlayn, «blended learning», «flipped classroom» texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, 
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida 
xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni 
rivojlantirish, oliy ta’lim tashkilotlaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin 
kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv 
jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta’minlovchi “Elektron 
universitet” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati 
samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish asosiy vazifa sifatida 
belgilangan. 
Masofaviy ta’limda turli ta’lim modellari qo‘llaniladi, ammo ularning barchasiga xos bir 
xususiyat mavjud, bu ham bo‘lsa, unda barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar masofa jihatidan 
ajratilishidir. Barcha ta’lim turlari kabi masofaviy ta’limning ham har xil modellari ishlab 
chiqilgan. Bu ta’lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari: 
- fan mazmunining bayoni; 
- amaliy topshiriqlarning bajarilishi; 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə