Mavzu: Masofaviy taʼlim rivojlanish istiqbollari Reja: >>> Masofaviy taʼlim tushunchasi >>> Masofaviy oʻqish tizimi



Yüklə 0,73 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#131760
Tursunqulova Zumrad ž

Mavzu: Masofaviy taʼlim rivojlanish istiqbollari Reja: >>> Masofaviy taʼlim tushunchasi >>> Masofaviy oʻqish tizimi

.

Masofaviy ta’lim – masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi ta’lim kompleksidir.

masofaviy o`qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o`qitishning va masofaviy ta’limning o`ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o`qitish usullariga qo`shimcha ravishda yangi o`qitish shakli - masofaviy o`qitish yaratilishiga omil bo`ldi.


Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya
yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari –
maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan
talaba va o`qituvchi o`rtasidagi munosabat.

Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:

• Audio va video darsliklar

• Onlayn darslar (Internet sahifa)

Elektron kutubxonalar

• Testlar

• Multimedia - elektron darsliklar

Masofaviy o‘qitish tizimi uzluksiz ta’lim tizimida kunduzgi, sirtqi, eksternat o‘qitish tizimlari qatorida ko‘rilishi kerak. Pedagogikaning asosiy tamoyillarini o‘zida aks ettiradigan shaxsiy yo‘naltirilgan yondoshuv dunyo pedagogik jamoalari tomonidan zamonaviy ta’lim tizimlarining barcha shakllari uchun tan olingan. O‘qitish markazida o‘qitish jarayoni emas, talabaning shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatidan kelib chiqadigan bilish faoliyati, o‘rganish turadi. O‘qituvchining faoliyati talabalarning mahsuliy faoliyatining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Binobarin, ta’lim tizimining asosiy maqsadi shaxsning intellektual va ma’naviy rivojlanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, axborotlar bilan ishlashni o‘rgatishdir.

Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shartsharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas.

Masofaviy taʼlimda oʻqish jarayoni

Masofaviy o`qitish usuli ta’lim berish sifati bo`yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o`quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o`quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.

Masofaviy ta’limda talaba va o`qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o`zaro maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo`ladilar. Internet texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o`qitish jahon axborot ta’lim tarmog`iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o`zaro aloqa tamoyiliga ega bo`lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.

Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o`qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o`qitish metodi va uslublar majmuasi.

Masofaviy taʼlimning yana bir koʻrinishi bu zoom

Zoom bulutli videokonferentsaloqa xizmati bo'lib, siz boshqalar bilan deyarli jonli suhbatlar o'tkazishda video yoki audio orqali yoki ikkalasi bilan deyarli uchrashish uchun foydalanishingiz mumkin va bu ushbu sessiyalarni keyinroq ko'rish uchun yozib olishga imkon beradi.

Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar

Masofaviy ta’lim shaklini joriy etgan oliy ta’lim tashkilotlari, zarur hollarda, talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ular istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘rsin.

Masofadan turib dars qilayotgan talaba

Masofaviy ta’lim shaklini joriy etgan oliy ta’lim tashkilotlari, zarur hollarda, talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ular istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘rsin.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə