Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi


«Maktab, litsey, kollej – ulug’ ilm dargohlari» mavzusida suhbat o‘tkazish, o‘quv



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#110080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi

2. «Maktab, litsey, kollej – ulug’ ilm dargohlari» mavzusida suhbat o‘tkazish, o‘quv 
yurt iva uning tarixi bilan tanishish

Direktor, direktor muovini, kafedra mudiri, tajribali o‘qituvchilar bilan suhbat. 
Har bir guruh metodist-rahbarlar bilan pedamaliyot o‘tish lozim bo‘lgan o‘quv yurtiga 
keladi. Bu yerda o‘quv yurti, pedagogik jamoa faolligi, ta’lim muassasasini boshqarishning 
zamonaviy talablariga oid direktor suhbati tashkil etiladi. 
Shuningdek, tajribali o‘qituvchilar, direktor muovinlari bilan uchrashib, ular bilan ham 
savol-javob, suhbat o‘tkaziladi. 
O‘quv yurti bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari talabalarni o‘quv yurtining o‘quv-tarbiyaviy 
ishlari holati bilan, shuningdek joriy yilda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ma’naviy va ma’rifiy ishlar 
rejasi bilan tanishtiradi. 


3. Talabalarni o‘qituvchilarga biriktirish, ularning rejalari bilan tanishish. Metodist 
o‘qituvchilarning darslarini kuzatish

Talabalar o‘quv yurtidagi tajribali fan o‘qituvchilariga biriktirilib, ularning yillik, oylik 
o‘quv-taqvim rejalari, ish yuritish hujjatlari, sinf jurnalini yuritish ishlari bilan tanishtiriladi. Ona 
tili va adabiyot metod kengashi ishlarini ham ko‘rib chiqadilar. 
Shundan so‘ng amaliyotchilar bilan fan o‘qituvchilarining darslarini kuzatish va tahlil 
qilish boshlanadi. Shu kuniyoq
«Amaliyotchi burchagi»
tashkil etiladi. 
4. O‘quv yurti o‘qituvchilarning tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ish rejalari bilan 
tanishish. 
Amaliyotchilar o‘quv yurti o‘qituvchilarining tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ish rejalari 
bilan tanishib, amaliyot davrida o‘tkazilishi shart bo‘lgan tarixiy sanalar bilan tanishadilar. 
Shuningdek, tarbiyaviy saoatlarda o‘tkaziladigan mavzular, ularning mazmun-mohiyati 
bilan tanishadilar. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə