Matematik topishmoqlar



Yüklə 16,28 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü16,28 Kb.
#143550
MATEMATIK topishmoq


MATEMATIK TOPISHMOQLAR

  1. Bir daraxtda o'n ikki butoq,

Uch yuz oltmish besh yaproq.
Yaproqlarning bir yog'i qora,
Bir yog'i oq. (yil, oy, kun, kecha, kunduz )

  1. O'ynar uchta qiz bola ,

Go'yo ochilgan lola.
Do'stlari kelishdi beshta,
Ayt ular bo'ldi nechta? ( 8ta )

  1. Oppoq tovuq don cho'qir,

Suv ichadi qorasi .
Necha tovuq bo'ladi,
Qo'shilganda olasi . ( 3ta )

  1. Kelishardi izlab buloq,

Bir echki-yu ikkiuloq.
Ularda bor necha quloq,
Qancha oyoq hamda tuyoq. ( 3x2 3x4 3x8 )

  1. Ko'm-ko'k archa ostiga qurdik belanchak,

Belanchakda uchmoqqa turar navbatda .
Sakkiz malla tulki-yu, beshta bo'richa,
Yetti ayiq bolasi , bir juft quyoncha
Aytinglar-chi bolalar, hammasi nechta? ( 8+5+7+2 =22 )

  1. O'ktam titdi o'n uch cho'rtan,

Alisher ham to'rtta sazan.
Ulug'bek tutdi ikki laqqa,
Nechta baliq chiqdi qirg'oqqa ? ( 13+4+2 = 19 )

MANTIQIY TOPSHIRIQLAR



  1. Maktabga 1-smenada o’qiydigan o’quvchi yo’lda 1-smenadagi 2ta o’rtog’i bilan uchrashib qoldi. Hammasi bo’lib maktabga nechta o’quvchi ketyapti? ( 1 ta)




  1. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o’chib qoldi. Nechta sham qoldi? (2 ta)



  1. Yo’lkada 6 ta chumchuq bor edi. Ularning yoniga yana 8 tasi uchib keldi. Shu payt paydo bo’lgan mushuk ulardan 1tasini ushlab oldi. Nechta chunchuq qoldi? (Hammasi uchdi)



4. Yerdamas yurish ishim
Daraxtdir mening jismim
Shoxiga qo’shib bir dum
Shunda jismim bilarsiz
O’ynab xursand bo’larsiz. (shaxmat)


5. Egri-bugri qop-qora
Qator qilib tuzilgan
Zanjir bo’lib uzilgan
Tug’ilganda tili yo’q
Lekin so’zlashga chechan. (alifbo)


6. Juda ham mittidir o’zi
Sog’liqni ko’zlar lo’zi
Siz-bizga xizmat etar
Ishlasa ozib ketar. (sovun)


7. Ko’p yillar yashar o’zi
Sira yumilmas ko’zi
Tong otar, bo’lar kech
O’z joyidan jilmas hech. (tandir)
8. Nimani o’ng qo’l bilan ushlash mumkin, lekin chap qo’l bilan ushlash mumkin emas? 
(chap qo’l tirsagi)


QIZIQARLI SAVOLLAR
1. Nima uchun inson orqasiga qaraydi? (Chunki uning boshining orqasida ko'zlari yo'q)
2. Nima yengilroq : 100kg temir yoki 100kg paxta ? (ikkovi teng )
3. Yilda eng kalta oy qaysi ? ( May - chunki 3ta harfdan iborat)
4. Qanday taroq bilqn sochingni tarolmaysan? (Xo'rozning tojisi bilan)
5. 3ta tayoqchadan, sindirmasdan, 4ta qilish mumkinmi? (tayoqchalardan 4 sonini yasang)
6. Ovqat qilishdan oldin qozonga nima tashlanadi? (nazar)
7. Mushuk nimaga yuguradi ? ( chunki ucholmaydi)
8. Xo'roz o'zini qush deb aytoladimi ? ( yo'q: chunki gapirolmaydi)
9. Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (bitta,chunki birichi tuxumdan keyin och qoringa bo'lmaydi )
10. Qayerda suv tik turadi ? (Butilkada, stakanda)
11. Qaysi yil atigi bir kun bo'ladi? ( Yangi yil)
12. Qanday idishdan ovqatlanishmaydi? (Bo'sh)
13. Nima uchun sigir yotadi ? ( chunki o'tirolmaydi )
14. Mashina ketayotganda qaysi g'ildiragi aylanmaydi? (zapas g'ildiragi)
15. Yumgan ko'zlar bilan nima ko'rish mumkin? (tush)
Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə