Parmalash va frezalash dastgoxlari moslamalari


Frezerlash dastgoxlari moslamalari



Yüklə 476,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü476,41 Kb.
#138921
1   2   3   4
12-Amaliy mashg\'ulot

Frezerlash dastgoxlari moslamalari
turli xil bo’lib universal, universal yig’ma, 
universal sozlanadigan, guruxli va maxsus bo’lishi mumkin.
Mashina tiskilari universal moslama hisoblanadi. Ular turli ko’rinishdagi va 
o’lchamdagi zagotovkalarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Tiskilarni tana, salazka va 
maxkamlash mexanizmi kabi doimiy detallari va xar hil o’lchamdagi detallarga ishlov berish 
uchun ishlatiladigan (almashinadigan lablar (gubki)) almashinadigan detallarga bo’linadi.


Tiskilar 1 ta yoki 2 ta xarakatlanuvchi lablarga ega bo’lishi mumkin. Tiskilarda vintli
ekstsentrikli qo’lda maxkamlash va mexanizatsiyalashgan pnematik, gidravlik, pnevmogidravlik 
maxkamlash mexanizmlari ishlatiladi. Xarakatlanuvchi labga ta’sir etuvchi maxkamlash 
kuchini yo’nalishiga ko’ra tortuvchi va suruvchi bo’lishi mumkin.
11.1-rasm. Ikkita doimiy xarakatlanadigan labga ega bo’lgan universal o’zi 
markazlaydigan tiski. 
11.2-rasmda universal o’zi markazlaydigan ikkita doimiy xarakatlanadigan lab 1ga va 
almashinadigan lablar (2 va 3) ga ega tiski ko’rsatilgan.
Bir tomonda o’ng rezbali va ikkinchi tomonda chap rezbali vint 4ni aylantirilganda tiski 
lablari yaqinlashadi (zagotovka maxkamlanganda) va uzoqlashadi (zagotovka bo’shatilganda).
. Mashina tiski (iskanja)lari, 
Quyida (11.2 rasm) qo’zg’almas (statsionar) universal moslama-pnevmatik tiski keltirilgan. 
Ushbu tiski vertikal parmalash dastgoxlarida tsilinrik detallarni zagotovkalarini markazlash va 
maxkamlash xamda teshiklarni parmalash va zenkerlash uchun qo’llaniladi. 


11.2 rasm Universal qo’zg’almas (statsionar) moslama-pnevmatik tiski 
Tiski tanasiga vintlar yordamida qopqog’i 6 bilan pnevmotsilindr maxkamlangan. 
Pnevmotsilindr ichida porshen 7 va chap uchida ikkita pazli shtok 8 xarakatlanadi. Pazlarga uzun 
yelkali G-simonrichaglar 3 paletslar 5 yordamida o’rnatilgan. Qisilgan havo pnevmotsilindrni A 
bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9 o’ngga xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 
4 atrofida buriladi va kalta yelkasi bilan almashinadigan lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazga 
qarab suradi va zagotovka maxkamlanadi. 
Qisilgan havo pnevmotsilindrni B bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9 chapga 
xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 4 atrofida buriladi va kalta yelkasi bilan almashinadigan 
lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazdan orqaga qarab suradi va zagotovka bo’shatiladi. 

Yüklə 476,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə