Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari


To’yingan uglevodorodlarning asosan hosilalari ko’plab ishlatiladi. Ular organic sintezda ko’p qo’llaniladi va boshqa mahsulotlarni olish uchun asos bo’ladi



Yüklə 7,08 Kb.
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü7,08 Kb.
#107909
1   2   3
Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari-fayllar.org

To’yingan uglevodorodlarning asosan hosilalari ko’plab ishlatiladi. Ular organic sintezda ko’p qo’llaniladi va boshqa mahsulotlarni olish uchun asos bo’ladi.
Metanning xlorli hosilalari katta amaliy ahamiyatga ega.Masalan, xlormetan CH3CI – gaz, oson suyuqlanadi va bug’latilganda juda ko’p miqdor issiqlik yutadi. Shunga ko’ra, u sovitgich inshootlarida ishlatiladi. Dixlormetan CH2CI2, trixlormetan (xloroform) CHCI3 va tetraxlormetan (uglerod tetraxlorid) CCI4 suyuqliklar bo’lib, erituvchilar sifatida ishlatiladi.
Etil bromid jarrohlikda milkni vaqtincha og’riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi.Gomologik qatorning o’rta a’zolari (C7 – C17) erituvchilar va motor yonilg’ilari sifatida ishlatiladi. Yuqori molekulali alkanlar – yog’ kislotalar, sintetik yog’lar, surkov moylari va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Yuqori to’yingan uglevodorodlarni – uglerod atomlarining soni 20–25 ta bo’lgan parafinlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyatga ega. Shu yo’l bilan zanjirning uzunligi turlicha bo’lgan sintetik yog’ kislotalari olinadi, ulardan sovun, turli xil yuvish vositalari, surkov materiallari, lok va emallar ishlab chiqarishda foydalaniladi.Suyuq uglevodorodlardan yonilg’i sifatida foydalaniladi (ular benzin va kerosin tarkibiga kiradi). Alkanlardan organik sintezda ko’p foydalaniladi.
To`yingan uglevodorodlar xalq xo`jaligida turli maqsadlarda ishlatiladi. Tabiiy gazning asosini tashkil qiluvchi metan yonilg`i va yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari metandan metil spirt, sirka kislota, sintetik kauchuk, mochevina olinadi va metallarni qirqishda hamda payvandlashda ishlatiladi. Dixloretan, xloroform va tetraxlormetan kabi galogenli hosilalar erituvchi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda xloroform narkoz sifatida ham ishlatiladi. To`yingan uglevodorodlarning yuqori molekulali vakillaridan vazelin moyi (Oleum vaselini yoki Paraffinum liquidum) (C10H22–C15H32), vazelin (Vaselinum) (C12H26–C25H52) va parafin (Paraffinum solidum) (C19H40–C36H74) lar tibbiyotda surtma dori shakllari tayyorlashda ishlatiladi.
Tarkibi CnH2n umumiy formulaga to’g’ri keladigan (sikloparafinlardagi kabi) to’yinmagan uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlariga kiradi, ularning eng oddiy namoyandasi etilen C2H4 dir. Tarkibi CnH2n-2 umumiy formula bilan ifodalanadigan uglevodorodlar asetilen qatori uglevodorodlariga mansubdir, chunki ularning eng oddiy vakili asetilen C2H2 dir. Diyen uglevodorodlarning umumiy formulasi ham xuddi shunday. Bu birikmalarning hammasi uchun qo’sh va uchbog’lar mavjud
Etilen xlor bilan birikib, suyuq yog’simon modda – etilen xlorid C2H4Cl2 (lotincha gaz olefiant – yog’simon gaz demakdir) hosil qiladi. Shuning uchun etilen qatori uglevodorodlarni olefinlar deb ham atashadi.
Shunday qilib, etilen qatoridagi uglevodorodlarning kimyoviy o'zgarishi
qo'sh bog'ning mustahkam emasligi, ya’ni uning oson uzilishi va ikkita qo'shni
uglerod atomining ozod bo'lgan valentliklariga reagent «bo'laklarining»
birikishi bilan belgilanadi.
Uglerod-uglerod qo'sh bog'iga vodorod, galogenlar, galogenid kislotalar,
suv, sulfat kislota, kislorod, gidroksil guruhlari (oksidlanish reaksiyalari)
birikishi mumkin. Bu reaksiyalarning ko'pchiligi elektrofil birikish reaksiyalari
bo'lib, ikki bosqichli ionli jarayon kabi boradi. Birinchi bosqichda musbat
zaryadli elektrofil reagent qo'sh bog'ning 7t-elektronlari bilan o'zaro
ta’sirlanadi va keyinchalik karbokationga o'tadigan hamda 7t-kompleks deb
ataldigan birikma hosil qiladi.
Ishlatiladigan polietilenning o‘rtacha molekular massasi 6000— 12000 ga teng bo‘lib, 215—420 tasi–CH2–CH2–zvenodir. Polietilen asosan plyonkalar, ro‘zg‘or idishlar, vodoprovod trubalar va hokazo materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Polietilen materiallar qishloq xo‘jaligida keng ishlatiladi.





Yüklə 7,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə