|
Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari
|
səhifə | 1/3 | tarix | 02.05.2023 | ölçüsü | 7,08 Kb. | | #107909 |
| Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari-fayllar.org
Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari
Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari Reja:
Parafinlar haqida tushuncha.
Parafinlar asosida olinadigan dori preparatlari.
Olefinlar haqida tushuncha va ularning ishlatilishi.
Tayyorladi: 204 B- guruh talabasi Sirojiddinova Lazizaxon
Toʻyingan uglevodorodlar — uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi CnH2n+2. atsiklik birjmalar sinfiga mansub; eng oddiy vakili — metan CH4; bu qatordagi har qaysi keyingi aʼzo oʻzidan oldingi uglevoroddan CH2 guruh (gomolog) bilan farklanadi. Barcha Toʻyingan uglevodorodlar ning nomiga "an" qoʻshimchasi qoʻshib aytiladi. Toʻyingan uglevodorodlarning molekulalaridagi uglerod atomlari bir-biriga oddiy bogʻ bilan bogʻlangan. Butangacha boʻlgan Toʻyingan uglevodorodlar suvda erimaydi, koʻpchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Toʻyingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan inert, shuning uchun ham ularga parafinlar deb nom berilgan. Lekin nisbatan qattiq sharoitda ulardagi vodorod atomlari boshqa atom va guruxlarga almashinishi mumkin; ana shu reaksiyalar asosida koʻpgina muhim sanoat mahsulotlari olinadi; chunonchi: Toʻyingan uglevodorodlarni xlorlab, metilxlorid, metilenxlorid, xloroform; nitrolab—nitroparafinlar; kuyi Toʻyingan uglevodorodlarni oksidlab spirt, aldegid, keton va kislotalar olinadi. Toʻyingan uglevodorodlarni katalitik degidrogenlab olefinlar (propilen, butenlar), diolefinlar (butadiyen, izopren), izomerlab izobutan va izopentan hosil qilinadi. Toʻyingan uglevodorodlar toshkoʻmir, yonuvchi slanetslarni haydab ham olinadi. Toʻyingan uglevodorodlar neftda (5—60%), oʻsimliklarda, asalari mumida boʻladi. Ozokerit deyarli yuqori Toʻyingan uglevodorodlardan iborat; tabiiy gazda 99% gacha metan bor. Toʻyingan uglevodorodlar plastmassalar, sintetik kauchuk va tolalar, yuvuvchi moddalar olishda muhim xom ashyo hisoblanadi; erituvchilar sifatida qoʻllanadi
Dostları ilə paylaş: |
|
|