О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə22/126
tarix27.04.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#107200
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
Jahon iqt

ToT = (Px/Pim) x (Qx /Qim)

Xalqaro savdo va iqtisodiy о‘sish orasidagi bog‘liqlik hamisha jiddiy munozaralar uchun mavzu bо‘lib kyelgan: bir tomondan ishlab chiqarishni kuchaytirish eksportga yanada arzonroq tovarlar taklifini kyengaytirishga va yangi bozorlarni egallashga olib kyelishi mumkin, ammo boshqa tomondan esa, buning natijasida iqtisodiy о‘sishning tyezlashuvi tufayli mamlakatda yuzaga kyelgan ustunliklar yanada arzon eksport narxlar orqali xorijga о‘tib kyetadi. О‘sish, uning xalqaro savdoga ta’siri nuqtai nazaridan nyeytral, eksportni kyengaytirishga qaratilgan va import о‘rnini qoplashga qaratilgan bо‘lishi mumkin. О‘sishning xalqaro savdoga ta’siri qanday ishlab chiqarish omillari - eksportni kyengaytirishga qaratilgan omillar yoki import о‘rnini qoplashga qaratilgan omillarning о‘sishi bilan aniqlanadi.


Faraz qilaylik, О‘zbyekiston va YAponiya faqat 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqaradi.
Gorizontal о‘qqa 1-tovarning nisbiy miqdorini uning о‘sishini inobatga olgan holda (Q1+Q1')/(Q2+Q2'), vyertikal о‘qqa esa nisbiy narx (R1/R2)ni joylashtiramiz. Birinchi mamlakatda eksport qilinadigan 1-tovar ishlab chiqarishi kyeskin kо‘payib kyeцin, bu holda uning taklifi ortadi va 2-tovarning nisbiy ishlab chiqarishi kamayadi. Nisbiy taklif egri chizig‘i RS nuqtadan RS' ga kо‘chadi. 1-tovarning nisbiy narxi (P1/P2)dan (P1/P2)'gacha tushadi (2.3.4-rasm)
.
2.3.4-a rasm. Eksportni kyengaytirishga qaratilgan о‘sish


2.3.4-b rasm. Importni о‘rnini qoplashga yо‘naltirilgan о‘sish

Eksport narxlari tushadi, import narxlari esa ortadi. Bu О‘zbyekiston uchun savdo sharti yomonlashgani, YAponiya uchun esa savdo sharti yaxshilanganidan dalolat byeradi. Qaysi mamlakatda о‘sish boshlangani emas, balki qaysi tovar ishlab chiqarishi kо‘payganligi muhim hisoblanadi. 1-tovar ishlab chiqarishi YAponiyada о‘sganda ham bu holatning nisbiy taklif egri chizig‘iga ta’siri xuddi yuqorigidyek bо‘lar edi.




@ Eksportni kyengaytirishga qaratilgan о‘sish (export-biased growth) — mamlakat eksport qiladigan tovar ishlab chiqarishini kyengayishi bо‘lib, bu savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib kyeladi.

Eksportni kyengaytirishga qaratilgan о‘sish har bir mamlakatda eksport tovarini – bizning misolimizda О‘zbyekistonda 1-tovar, YAponiyada 2-tovar ishlab chiqarishini kо‘payishi bilan aniqlanadi. Jahon bozoriga bu tovarlar taklifining ortishi nisbiy narxlarning pasayishiga olib kyeladi. CHunki har bir mamlakat nisbiy narxi ortib borayotgan import tovarlarini ilgaridyek miqdorda sotib olish uchun nisbiy narxlari tushub borayotgan о‘zlarining eksport tovarlarini yanada kо‘proq miqdorda sotishga majbur bо‘lishadi. Buning natijasida eksportni kyengaytirishga qaratilgan о‘sish mamlakat savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib kyeladi.


Boshqa tomondan esa, agar О‘zbyekiston va YAponiyada mos ravishda import qilinadigan 2-tovar yoki 1-tovar ishlab chiqarishi kо‘payadigan bо‘lsa, nisbiy taklif egri chizig‘i RS nuqtadan RS' nuqtaga kо‘chadi. Natijada 1-tovarning nisbiy narxi (P1/P2)dan (P1/P2)'gacha kо‘tariladi (2.3.4.-b rasm), bu О‘zbyekiston uchun savdo sharti yaxshilanib, YAponiya uchun yomonlashishini anglatadi.


@ Import о‘rnini qoplashga qaratilgan о‘sish (import-biased growth) — mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kyengayishi bо‘lib, bu savdo shartini savdo hamkorlar uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib kyeladi.

Import о‘rnini qoplashga qaratilgan о‘sish har bir mamlakatda import bilan raqobat qiluvchi tovar – bizning misolimizda, О‘zbyekistonda 2-tovar, YAponiyada esa 1-tovar ishlab chiqarishining о‘sishi bilan byelgilanadi. Bu tovarlar ichki ishlab chiqarishining о‘sishi eksport nisbiy narxlarining ortishiga, import nisbiy narxlarining pasayishiga olib kyeladi, chunki har bir mamlakat mustaqil ravishda ishlab chiqarayotgani bois an’anaviy import tovarlarini kamroq xarid qila boshlaydi. Importga talabning qisqarishi natijasida import tovarlar nisbiy narxi tushadi, binobarin savdo sharti savdo hamkorlari uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib kyeladi.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə