О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


-rasm. Savdo natijasida istye’molning ortishi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə13/126
tarix27.04.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#107200
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
Jahon iqt

2.2.2.-rasm. Savdo natijasida istye’molning ortishi.

Agar I mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i AB, II mamlakatniki esa A*B* ni tashkil etsa, mamlakatlar о‘rtasida savdoning rivojlanishi natijasida ularning har biri birinchi va ikkinchi tovarlarni kо‘proq miqdorda istye’mol qila oladi. Natijada I mamlakat ixtiyorida S ta 2-tovar, II mamlakat ixtiyorida esa S* ta 1-tovar bо‘ladi. Rasmdan kо‘rinib turibdiki, har ikki holatda ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i surildi va OCB hamda OA*C* uchburchaklarning yuzi oldingi AOB (I mamlakat uchun) hamda OA*B* (II mamlakat uchun) uchburchaklar yuzidan syezilarli darajada kattaroqdir.
Nisbiy ustunliklar nazariyasida jahon ikki mamlakatdan iborat va ular ikki tovar bilan savdo qiladi dyeb faraz qilingan edi. Amalda esa bunday holatning bо‘lishi mumkin emas, albatta. Jahondagi mamlakatlar ichidan ikkitasining faqat ikki tovar bilan о‘zaro savdosini о‘rganmoqchi bо‘lsak ham, bu savdoni ushbu mamlakatlar va boshqa mamlakatlar umumiy savdosidan hamda juda kо‘p miqdordagi tovarlar orasidan ajratib olishning imkoni yо‘q.
Nisbiy ustunlik nazariyasining ahamiyatini baholash juda mushkul, albatta. U bir nyecha о‘n yillar davomida xalqaro savdoni tushuntirib byeruvchi va barcha iqtisodiy bilimlarga kuchli ta’sir о‘tkaza olgan asosiy nazariyalarning biri bо‘lib qoldi. Iqtisodiyotdagi klassik maktab vakillari tomonidan qilingan kо‘p sonli о‘zgartirishlar va kyengaytirishlar bilan nisbiy ustunlik nazariyasi amalda birinchi bо‘lib jami talab va jami taklif muvozanatini izohlab byerdi. Tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan myehnat miqdori bilan aniqlanishi kо‘zda tutilgan bо‘lsa-da, nisbiy ustunlik nazariyasi tovarning qiymati ushbu tovarga ham mamlakat ichidagi, ham xorijdagi jami talab va taklifning nisbati bilan aniqlanishini kо‘rsatib byerdi.
Albatta, nisbiy ustunlik nazariyasi mavhum va juda soddalashtirilgan tabiatga ega va xalqaro savdoga byevosita ta’sir kо‘rsatadigan bir qator hodisalarni e’tiborga olmaydi. Nazariyaning chyeklanganligi uni yaratilishida qilingan farazlar bilan bog‘liq. SHuning uchun u yoki bu tovar oqimlarini nisbiy ustunlik nazariyasini qо‘llagan holda tahlil qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kyerak, ya’ni bu nazariya:
• transport xarajatlarini e’tiborga olmaydi, bu xarajatlar shunday miqdorga etishi mumkinki, mamlakat bir tovarni ishlab chiqarishga sarflangan myehnat xarajatlari bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega bо‘lsa-da, ushbu tovarni xorijga eksport qilish naf kyeltirmasligi mumkin;
• mamlakat ichida daromadlarning qayta taqsimlanishiga, narx va ish haqining о‘zgarishiga, inflyaцiya, xalqaro kapital harakatiga tashqi savdoning ta’sirini inobatga olmaydi;
• faqat bitta ishlab chiqarish omili (myehnat) mavjudligidan kyelib chiqadi, mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi kabi xalqaro savdoning dastlabki shartlariga e’tibor byermaydi;
• tо‘liq bandlik shartidan kyelib chiqadi, ya’ni ishchilar bir tarmoqdan kyetar ekan boshqa yanada samaraliroq tarmoqda ish topadi, ishsiz qolmaydi dyeb faraz qilinadi;
• biri ikkinchisi oldida nisbiy ustunlikka ega bо‘lmagan taxminan bir xil mamlakatlar о‘rtasidagi savdoni tushuntirib byera olmaydi.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə