O’zbekistonning Tashqi iqtisodiy aloqalari

Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/6
tarix29.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#114098
1   2   3   4   5   6
O`zbekistonning qo`shni davlatlar bilan aloqasi

Prezidentimizning Tojikiston Respublikasiga o’tgan haftada amalga oshirgan davlat tashrifi azaldan bir daryodan suv ichgan ikki yurt o’rtasida konstruktiv munosabatlarni o’rnatish yo’lida boshlangan o’zaro sa’y-harakatlarni yanada yuqori pog’onaga olib chiqdi. Do’stona hamda samimiy ruhda o’tgan muloqot va uchrashuvlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar hamda boshqa sohalarda keng qamrovli aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik qator masalalar atroflicha muhokama etildi.

Tojik birodarlarimizning Yurtboshimizni samimiy, do’stona kutib olgani barchamizni nihoyatda quvontirdi. Garchi yomg’ir yog’ib turgan bo’lsa-da, minglab tojikistonliklar oliy martabali mehmonni kutib olishga Dushanbe ko’chalariga chiqqani nafaqat Prezidentimizga, balki butun o’zbek xalqiga ko’rsatilgan beqiyos hurmatning amaldagi ifodasidir, desak, aslo yanglishmaymiz. Zero, mustaqil Tojikiston tarixida hali biror-bir mamlakat rahbariga bunchalik darajada izzat-ikrom ko’rsatilgan emas.

Aytish o’rinliki, ikki tomonlama muzokaralar natijasida uzoq muddatli munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Ushbu hujjatlar istiqbolda mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama taraqqiy toptirish yo’lida muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə