O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019


-Mavzu: Qoraqalpog‘iston davlat arxivlarining tashkil topishi hamda faoliyati



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə51/57
tarix04.06.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#115423
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

14-Mavzu: Qoraqalpog‘iston davlat arxivlarining tashkil topishi hamda
faoliyati

Reja:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda saqlanayotgan fondlar tasnifi.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi. Turkiston, Buxoro, Xorazm sovet respublikalari 1924-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyalarida o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorini qabul qildi. Shu yilning 31-oktyabrida O‘zbekiston SSR tuzilishini boshqarish uchun Inqilobiy qo‘mita (Revkom) ta’sis etildi.

O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi Qoraqalpoq Avtonom viloyati bilan ham chegaralar xususida quyidagi kelishuvni tasdiqladi:

  1. To‘rtko‘l shahri va uning tumanlari Qoraqalpoq Avtonom viloyati tarkibiga kiritilsin;

  2. Qoraqalpoqlarni ajratgandan so‘ng aholisini o‘zbeklar tashkil qilgan Amudaryo viloyatidagi Xorazm SHo‘raxon uezdi O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritilsin;

  3. Qo‘mitaning To‘rtko‘l tumani hududini Qoraqalpoq Avtonom viloyati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida chegaralash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlansin (O‘rta Osiyo Byurosining 2-sonli bayonnomasi).

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zbekiston SSR tarkibida), Qoraqirg‘iz (Qirg‘iz) viloyati (RSFSR tarkibida) va Qoraqalpog‘iston Avtonom oblasti (Qozog‘iston ASSR tarkibida) tashkil etildi va ularga tegishli arxiv hujjatlar berib yuborildi. 1936-yildan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Avtonom respublika sifatida O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining markazi Nukus shahri bo‘lib, uning hududi 166,600km2ni tashkil etadi. Respublika 14 ta Amudaryo, Beruniy, Chimboy, Ellikqa’la, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Qani’ko‘l, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak, Shumanay, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli tumanlaridan iborat.
Qaraqalpog‘istonda arxiv ishi 1925-yili Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati arxiv idorasi sifatida faoliyat boshladi. 1932-yildan Qoraqalpog‘iston ASSR arxiv idorasi sifatida, 1934-yildan esa Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy boshqarmasi, 1940- yili Qoraqalpog‘iston ASSR NKVD arxiv bo‘limiga aylantirildi. 1943-yildan to 1991-yilgacha Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy Davlat arxivi sifatida o‘z faoliyatini olib bordi. 1991-yili O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham O‘zbekiston tarkibida o‘zining mustaqil tuzilmalarini tuzdi. Shu bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb o‘zgartirildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bugungi kunda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jumallari), shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari tomonidan shaxsan nazarot qilib borish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi tarkibiga:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qani’ko‘l tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman davlat arxivi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman davlat arxivlari kiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi faoliyati yildan- yilga rivojlanib bormoqda.Bularni Qoraqolpog‘iston Respublikasi davlat arxivlarida arxiv ishini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlar rejasini bajarilishi bo‘yicha 2017-yilgi hisobotida ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda 800 ta arxiv hujjatini tamirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, 1182ta bilan ortig‘i bilan bajarildi.Bu 2016-yilga nisbatan 148% ni tashkil qildi. Muqovalash va tikishda 620ta arxiv hujjatirejalashtirilgan bo‘lsa, bu 1316 ta muqovalash bilan bajarildi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 212%ni tashkil qilishi bu arxiv ishi xizmatining yuqori darajada rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, bugungi kunda, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv boshqarmasi o‘ziga yuklatilgan ishlarni bajarib kelmoqda va bu borada ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Ammo shu bilan birga boshqarmani qiynayotgan ko‘plab muammolar mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi. Bunga birinchidan, boshqarma bilan Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDAni bir binoda joylashgani va binoda etarli qulayliklar yo‘qligi. SHu bilan birgalikda arxiv binosining tamir talab emasligi, binoda etarlicha xonalar mavjud emasligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bino masalasi nafaqat boshqarma va MDAgabalki, qolgan tuman davlat arxivlarida ham asosiy muammo edi. Buni har yili o‘z joyini almashtirishida ko‘rish mumkin.
Ikkinchidan, bu bino ijarasi masalasida uzoq vaqt O‘zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘limi binosi bo‘yicha tortishuv mavjud. Buni “O‘zarxiv” agentligining o‘sha davrdagi direktori A.X.Abdullaev tomonidan 2006-yil 5-iyulda N02-09/144 sonli O‘zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi raisi L.Y.G‘ulomovga yo‘llagan “Shartnoma majburiyatlarini bajarish haqidagi” xatida ko‘rish mumkin. Shuningdek, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv boshqarma boshlig‘i
I.O.Seytkamolov ijara yuzasidan agentlikka murojaat qilgan. Murojaatida boshqarma 2006-yil 2-sonli ijara shartnomasida ko‘rsatilgan 657,07 m2 maydonga 1182726 so‘m miqdorida bir yilga ijara haqini to‘lashi va shu yilning birinchi yarmi uchun to‘lov to‘langanini keltiradi.Ammo, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Xalq Demokratik partiyasi tomonidan shu vaqtgacha kelishilgan 83.2m2 bo‘shatib berilmagani, boshqarma esa bu hududdan maxfiy arxiv hujjatlari saqlovxonasi, hujjatlarni ta’mirlash ustaxonasi, foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘quv zali uchun ko‘zda tutilganini keltirgan. Shu munosabat bilan A.Asanovning shartonoma majburiyatlarini bajarishiga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Uchinchidan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv tizimida kadrlar masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxividan tortib tuman davlat arxivlarida ham hal qilinish kerak bo‘lgan muhim muammolar saqlanib qolmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2006-yilga qadar Markaziy Davlat arxivi (QR MDA) va uning Qorao‘zak, Kegayli, Beruniy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tuman filiallari faoliyat yuritgan. Keyinchalik bir qancha tumanlarda Markaziy davlat
arxivining filiallari tashkil etildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesining 2006-yil 27-fevraldagi 83-son qarori va tuman hokimlarining qaroriga muvofiq bir qator tuman arxivlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori talabiga muvofiq ushbu 10 ta tuman arxivi tuman davlat arxivlariga aylantirildi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida mavjud o‘nta tuman arxivlarida, bugungi kunda 1900 ta fond mavjud bo‘lib, bularda 320286 ta yig‘majild saqlanmoqda va o‘tgan 2017-yilning o‘zida 9006 ta yig‘majild qabul qilingan.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida 2017-yilda Milliy arxiv fondi hujjatlari va faoliayti tugatilgan tashkilotlardan qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha ma’lumot.

T/r

Arxiv

2017-yil 15-dekabr
holatida
Jami:

2017-yil davomida
qabul qilingan hujjatlar soni (saqlov birligida)

fondlar soni

saq.birl.

1

QR MDA

575

156707

2872




2

Amudaryo tuman DA

166

29624

1040

3

Beruniy tuman DA

139

26581

-

4

Kegeyli tuman DA

119

23249

460

5

Qanliko’l tuman DA

166

18661

590

6

Qorao’zak tuman DA

193

21462

507

7

Qung’irot tuman DA

309

51183

2237

8

To‘rtko‘1 tuman DA

180

32588

510

9

Xo’jayli tuman DA

349

55589

1477

10

Chimboy tuman DA

198

40760

1718

11

Ellikqal’a tuman DA

81

20589

467
















Jami:




2475

476993

11878


Boshqa tuman arxivilarida saqlanayotgan hujjatlar orqali, qoraqalpoq xalqining madaniy-ma’naviy hayotih aqida, uning xo‘jaligi haqida qimmatli ma’lumotlar olishimiz mumkin. Bu yig‘majildlar orqali biz Orol dengizi muammosi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi boshqa tuman arxivlaridagi, fondlarda mavjud yig‘majildlar orqalibiz respublika hayotini, uning turmush tarzini bilib olishimiz mumkin. Qo‘ng‘irot tumani davlat arxividagi fondler bizga mamlakat uchun eng katta ekalogik muammo bo‘lgan Orol dengizi, uning qurishi sabablari, uni atrofidagi hududlarga bo‘lgan zararini hamda bugungi kundagi holatini bilishga yordam beradi.

Yüklə 160,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə