O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda saqlanayotgan fondlar tasnifi



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə52/57
tarix04.06.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#115423
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda saqlanayotgan fondlar tasnifi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi tarixida 1991-yildan boshlab yangi sahifa ochildi.Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida fondlarni saqlash, qayta ishlash ishlari jadal suratlarda rivojlanmoqda va zamonaviy texnika vositalari joriy qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish yaxshilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi bo‘lib qayta tuzildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2010-yil 12-yanvardagi 9-b son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi balansiga sobiq partiya arxivining binosi o‘tkazib beriladi. Ushbu bino 200 ming saqlash birligi hujjatlarini saqlash uchun maxsus bo‘lib qurilgan va hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 26.08.08 yil 194-son qarori talablarini bajarish yuzasidan QR MDA va tuman davlat arxivlari zamonaviy konditsionerlar, yong‘in xavfsizligi uskunalari, qo‘riqlash signalizatsiyalari, video kuzatish tizimi, kompyuter vositalari va litsenziyali dasturiy ta’minat, korporativ tarmoqqa ulash uchun tegishli qurilmalar, metall stellajlar, arxiv hujjatlaridan nusxa olish bo‘yicha yuqori texnologik asbob uskunalar bilan ta’minlandi. “Hujjatlarning elektron sug‘urta fondini yaratish qurilmasi” yordamida hujjatlarning elektron nusxasini yaratish ishlari 4-5 barobariga tezlashtirishga va bu ko‘rsatkish bo‘yicha bir kunda 300-400 kadr yaratish o‘rniga 2000 gacha kadr yaratish imkaniga erishildi. 2013-yilda o‘ta qimmatli hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish bo‘yicha QR MDAda 1000 saqlov birligidan 25346 kadr yaratildi. Ushbu yaratilgan elektron nusxalardan tadqiqotchilar va arxiv xodimlari tomonidan foydalanish imkoni yaratildi.
Vazirliklar, idoralar, shahar va tuman hokimliklari idoraviy arxivlari faoliyatini rivojlantirish, idoraviy saqlashdagi MAF hujjatlarining saqlanishini va ilmiy-texnik jihatdan ishlanishini ta’minlash, arxiv ishi va ish yuritish xodimlari
malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat arxivlari 40ta kompyuter, 10ta notebook, 32ta printer, 8ta skaner, 12ta faks apparatlari, 10ta ksersks, 3ta raqamli fotoapparatlar bilan ta’minlangan.
Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari), shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari tomonidan e’tibor qaratilmoqda.
Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi va hajmi ularning o‘zgarishi shuningdek, ularni saqlash joylari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi tizimli shakllantirildi. Davlat arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har kalendar yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 5-yanvardan kechikmay taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston MDAga 1992-2016-yillarda Shamshetov Murat
Perdebaevich direktor lavozimida ishlagan. Ushbu arxivga 2016-yildan hozirgacha Bekmuratov Aymurza Mirzamuratovich direktor lavozimida ishlamoqda. Hozirda Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDA da 24 kishidan iborat xodim faoliyat yuriitadi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi fondlarida respublika hokimiyatining yuqori organlari, respublika va shahar ahamiyatiga molik hujjatlar, sud va prokuratura organlari, jamoat, kooperativ muassasalar, o‘quv, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kasaba uyushmalari va boshq tashkilotlarning ish jarayonida hosil bo‘lgan arxiv materiallari saqlanadi. Arxiv fondlarida o‘zbek, qoraqalpoq, turkman, rus, arab va lotin alifbosida yozilgan asl nusxa va ko‘chirilgan nusxalardan iborat hujjatlarni uchratish mumkin.
2017-yil 15-dekabrdagi holat bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida 575 fond va 156707 yig‘majild saqlanmoqda. Shulardan 36 ta shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan 575 fondning dastlabki 9 tasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga yuborilgan. Bu fondlarda “Petro -Aleksandrovskiy shahar maktablari”, “Amudaryo boshqaruv kanselariyasi” hujjatlari bo‘lib, ular O‘rta Osiyo tarixi uchun muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham hozirda, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivining 275 fondida saqlanmoqda.
Qoraqolpog‘iston ASSR arxividagi davlat boshqaruvi va tuzilishi jamg‘armasida, Qoraqolpog‘iston ASSR va Nukus shahri tarixi shuningdek, Turkiston ASSR Amudaryo bo‘limi tarixi va Qoraqolpog‘iston ASSR ning 1924-yilda O‘z SSR tarkibidagi tarixiga doir ma’lumotlar, Qoraqolpog‘iston viloyati va qishloqlari to‘g‘risidagi ma’lumtlar, ocharchilik, vayrongarchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi hujjatlar jamlangan. Shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlarining ko‘payishi va aholining soni, Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasining birinchi Konsititutsiyasini qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Markaziy va mahalliy sovet tashkilotlari jamg‘armasida avtonom respublika xo‘jaligi va madaniy qurilishiga oid hujjatlar jamlangan. O‘lkadagi ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, paxta tozalash zavodlari jamg‘armasida jamlangan bo‘lib, unda shuningdek, Xo‘jayli, To‘rtko‘l, Chimboy, Beruniy va boshqa shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bu jamg‘armada Mo‘ynoq baliqchilik konserva zavodiga, shuningdek, Nukusdagi turli zavodlarga oid arxiv hujjatlari jamlangan. Yer boshqaruvi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi tarixiga doir, ishchi dehqon deputatlar faoliyatiga oid, sovet hukumati davrida Qoraqolpog‘iston tarixiga doirma’lumotlar saqlanadi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi R-193 fondida 3500ga yaqin yig‘ma jild saqlanmoqda. Ushbu yig‘majilddagi hujjatlarning eng qadimiysi 1932-yildan to 2017-yilgacha bo‘lgan materiallar hisoblanadi. Bu fond hujjatlari qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari tarixi haqida ma’lumot beruvchi qimmatli manba sanaladi. Shuningdek, arxivda saqlanayotgan o‘ta qimmatli fondlardan 12-fondda saqlanayotgan “Amudaryo bo‘limi ishchi, dehqon, soldatlar soveti deputatlari” ham juda muhim ahamiyatga ega. Bu fond 4 ta opisdan iborat bo‘lib, ular har biri turli yillarni o‘z ichiga oladi. Mazkur fonddagi mavjud hujjatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 1-opisda 40 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, unda 1915-yildan 1921-yilgacha bo‘lgan, ishchi, dehqon, soldatlar soveti deputatlarining yig‘ilishlar, qarorlar va turli masalalar haqida qimmatli ma’lumot beriladi. SHu bilan birgalikda bolsheviklarning ushbu hududga kirib kelishiga oid ma’lumotlar keltiriladi.Ushbu hujjatlarda markazi hozirgi To‘rtko‘l shahri bo‘lgan Amudaryo bo‘limida bolsheviklarning bosqinchilik harakatlari, shu erdan turib Xiva xonligiga qarshi tashviqot olib borishi va harbiylarni to‘plab xonlik hududiga bostirib kirish harakatlari alohida o‘rin olgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi MDA 12-fond 2-opisida esa, 470 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, bu hujjatlarda 1921-1926-yilgacha bo‘lgan Amudaryo bo‘limi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlarda dastlab bolshevikla tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “YOsh xivaliklar” faoliyati, xon hokimiyati tugatilganidan so‘ng XXSR ning tuzilishi,milliy hududiy chegaralanishga bo‘lgan harakatlar va dastlabki er-suv islohoti haqidagi qimmatlli ma’lumotlar saqlanadi. Shu fondda Xiva xonligini tugatishda qanday harakatlar olib borilganligi, bolsheviklar tomonidan mahaliy aholining qiynalishi, bu erga ham ko‘chirib keltirish siyosatini olib borilganligi haqida ma’lumotlarni olishimiz mumkin bo‘ladi. Mazkur fondning 3- opisida esa 1925-yildan to 1932-yilgacha bo‘lgan voqealar yoritilgan.
Qoraqalpog‘iston MDA 649 ta yig‘majildni birlashtirgan 203-fondda “Qoraqalpog‘iston ASSR Kompartiyasi”ga tegishli hujjatlar saqlanadi. Bu hujjatlar davlat boshqaruviga oid buyruq va qarorlardan iborat. 462-fonddan boshlab asosan mustaqillik davri hujjatlarini ko‘rishimiz mumkin. 462-fondda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi siyosiy partiyalarning yig‘ilishlari va tadbirlari, respublikada mavjud bo‘lgan banklar, sud organlari, prokratura, ichki ishlar, moliya tashkilotlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar mavjud.
506-fondda 1990-2008-yillgacha bo‘lgan davrdagi qimmatli hujjatlar saqlanadi. Bu fondda 195 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi chiqargan qaror, nizomlarni va shular asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi tomonidan yuqoridagi qarorlar ijrosini bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar keltirilgan. SHuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud bo‘lgan jamoat birlashmalari, korxona va
tashkilotlar, oliygoh va umumiy o‘rta ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni ko‘rishimiz mumkin. 555-fondda esa “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Komolot yoshlar tashkilotining fondiga” teshigli bo‘lgan 135 ta yig‘majild saqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari X.Abdurahmonovning 2005-yil 17-may oyidagi 08/96-sonli qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi binosi (Nukus shahri, A.Shamurotova ko‘chasi, 93 A uy) ga ko‘chib o‘tgan.

Yüklə 160,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə