Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə2/3
tarix20.05.2022
ölçüsü23,32 Kb.
#87417
1   2   3
maola

birinchidan, hozirgi kunda e'tibor berilmayotgani yoshlarning ongida oʻzlarining dini, e'tiqodiga boʻlgan ma'lumotlarni toʻgʻri, sof va rejali asosda joylashtirish kerak. Buning uchun esa diniy mutaxassislar tomonidan yoshlarni sof Islom aqida va tushunchalari bilan oziqlantirish kerak. Bu ma’naviy oziqlantirishni esa barcha majburiy ta'lim muassasalarida qoʻllash eng samarali uslubdir. Ikkinchidan, jamiyat, yoshlar ongida enternet etiketkasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, undan samarali foydalanish yoʻllarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, yoshlarning boʻsh vaqtlarini toʻgʻri taqsimlash, ularni foydali mashgʻulotlar bilan toʻldirishdir. Toʻrtinchidan, yuqoridagi qoidalarni targʻib qiluvchi ma’naviyatli insonlarni mas’ul qilib tayinlash va nazorat qilib turish. Bular kimlar boʻlishi mumkin, albatta, ota-onamiz, ustozlarimiz va boshqa ziyoli insonlardir. Chunki har qanday vaziyatda ham shu insonlar yoshlarga, farzandlarga faqat yaxshilikni ravo koʻruvchi insonlardir. Yana qoʻshimcha ravishda shuni takidlashimiz kerakki, yoshlar ongini foydali narsalar bilan toʻldirishda kitobning oʻrni beqiyosdir va bu yuqoridagi qoidalarimizning davomi boʻla oladi. Shu oʻrinda toʻgʻri, foydali, yot gʻoyalardan foriq boʻlgan kitoblarni tanlay bilishimiz kerak. Bular qatorida Alisher Navoiyning “Hamsa”si, umrining soʻnggi damlarida yozilgan “Hibbat ul-haqoyiq” kabi asarlar, qolaversa,hayotga toʻgʻri nazar bilan qarashga, yoshlarni toʻgʻri yoʻlga solishga qodir boʻlgan zamonaviy yozuvchilardan, Robin Sharmaning “Oʻlsang kim yigʻlaydi” asari, klassik davr yozuvchlaridan Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” kabi asarlarini yaqqol misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Fikrimizning davomi sifatida, bunday gʻoyalarni ilgari suruvchi tadbirlar sonini kengaytirish, yoshlarda kitobga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish va boshqa amallarni bajarishimiz mumkin. Shunday ishlarni amalga oshirish uchun muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan beshta tashabbus olgʻa surilgan boʻlib, bunda
Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə