O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
§2.11. CHORVACHILIK UCHUN YEM-XASHAK TAYYORLASHDA ISHLATILADIGAN MOSLAMA VA MASHINALAR.


Yem-xashak taеrlash mashinalari mollarga berish uchun еm-xashakni qayta ishlaydigan mexanizmlar. Sershira ozuqa (il­dizmevalar), xashak (somon, poxol, pichan), еm tayyorlovchi xillari bor. Xashak va ko’k poyalarni maydalashda RSB-3,5, RSS-6,0, IGK-30 markali, ildizmevalarni to’g’rashda IKS-5M, IRK-5, KPN-4 markali mashinalardan foydalaniladi. «Volgar-5» markalisi - universal (32-rasm). Bu mashinada bir yo’la turli ozuqani bir xil kattalikda (10 mm gacha) maydalash va aralashtirish mumkin. Mashinaning ish unumi ko’k poyani maydalashda soatiga 5 t, ildizmevalarni to’g’rashda 10 t, pichan, poxol va somon maydalashda 0,8 t. Mashina 22 kvt quvvatli elektr dvigateli yordamida ishlaydi. Og’irligi 1100 kg. Cho’chqachilik fermalarida KPZ markali kartoshka maydalagichdan ham foydalaniladi. Yem-xashak tayyorlash mashinalari chorvachilik fermalarida, asosan stasionar holda (turgan joyida) ishlatiladi. Yem-xashak to’g’ri va sifatli tayyorlanganda har xil ozuqalarni aralashtirish va korishtirish еngillashadi, sanitariya qoidalariga amal qilish imkoniyati tug’iladi.



Furajir (frans. foutrage - еm-xashak)- xashak va poxolni g’aramdan olib maydalaydigan qishloq xo’jalik mashinasi. Furajir maydalash pichog’i bo’lgan baraban, koifuzor (maydalanadigan massa keladigan truba) va truboprovodli eksgausterlar bilan jihozlangan. Poyalar baraban pichoqlari bilan maydalanadi, eksgauster hosil qilgan havo oqimida konfuzor va truboprovodlar bo’ylab telejkaga ortiladi. (33-rasm)



Xaskash, (grabli), traktorga tirkaladigani - bir chalg’i-o’roq enida yangi o’rilgan yoki qurigan o’tlarni uyumga to’playdigan, titadigan va yog’indan namlangan uyumlarni ag’daradigan qishloq xo’jalik mashinasi. Xaskash, bug’doy o’rilgandan so’ng somon va boshoqlarni to’dalash uchun ham ishlatiladi. Pichan uyumlarini harakat yo’nalishiga ko’ndalang yotqizib ketadigan ko’ndalang va bir cholg’i-o’roq enida o’rilgan qurigai o’tlarni uyumga to’dalaydigan hamda pichan uyumlarini ag’daradigan g’ildirak-barmoqli yonlama (34-rasm.) Xaskashlar bor. Xaskash istalgan traktorga tirkab ishlatilishi mumkin. Ish unumdorligi qamrash eniga (14 m gacha) bog’liq.

Volokusha - baxorda ekin ekish oldidan tuproqni ishlaydigan, o’rilgan pichan va bug’doy poxolini to’playdigan qishloq xo’jalik quroli. Volokushlar tirkalma va o’rnatma bo’ladi. Bulardan VNX-ZA markali o’rnatma xili ko’p tarqalgan. Uning asosiy qismlari xiskash apparati, oldingi o’ng va chap kronshteynlar, suruvchi bruslar va ko’tarish mexanizmi. Xaskash apparati rama, 11 metall barmoq 12 yon barmoq va panjara to’siqdan iborat. Volokushaning oldingi kronshteyni 4 bolt yoradamida DT-14 va DT-20 traktori shassisiga ulanadi Ko’tarish mexanizmi traktor shassisiga o’rnatilgan ikkita gidrosilindr yordamida ishlaydi.(35-rasm) Ish vaqtida xaskashi pastga tushirib qo’yiladi Bunda bruslar o’rilgan pichanni tagidan surib o’ziga ag’daradi, uni belgilangan joyga olib boradi. Volokushaning vazni 360 kg, ko’tarish ogirligi 400 kg, qamrash kengligi 3 m. Volokushaning shudgor qilingan еr betini yuza tekislaydigan xili ham bor. U parallel joylashgan va 50 sm oraliqda arqon yoki zanjir yordamida bir-biriga ulangan yog’och bruslardan iborat. Bruslarning ko’ndalang kesimi kvadrat shaklda, ba’zan birinchi brusga bir qator six qoqilgan bo’ladi. Volokushani traktorchining o’zi boshqaradi.

Yem hashak yig’ish kombayni senaj bostirishda, o’t uni, silos va ko’k oziqa tayyorlashda foydalaniladigan, boshoqli va dukkakli o’simliklarni, makkajuxorilarni o’radigan yoki uyumlardan yig’ib olib , bir yo’la maydalaydigan o’ziyurar kishloq xo’jalik mashinasi. Jatka (o’rish qismi) yoki podborshchik, ta’minlagich, maydalash apparata bilan jixozlangan. Maydalangan еm-xashak massasi prisepga yoki avtomobilga yuklanadi. Qo’llaniladigan Yem xashak yig’ish kombayining ish unumdorligi: o’t o’rishda 36 t/soat, o’tlarni yig’ib olishda 25 t/soat, makkajuxori o’rishda 90 t/soat gacha

Silos kombayini - silos tayyorlanadigan ekinni o’rib, maydalab, transport vositalariga yuklaydigan mashinavtomobil Senaj, ko’k ozuqa, o’t uni tayyorlashda ham ishlatish mumkin. (36-rasm) Silos kombayini, asosan, o’rish va maydalash apparatlari, maydalangan massani yuklovchi surilma, rama va yurish qismi hamda harakat uzatuvchi mexanizmlardan iborat. Kombayn harakatlanganda motovilo plankalari poyani egib, o’rish apparatiga yaqinlashtiradi. Poya o’rilib, zanjir-plankali transpor-terga yotqiziladi va uch tomoni bilan ta’minlash kurilmasiga uzatiladi. Undagi ustki va ostki vallari poyani qisib, tirqishi orasidan may­dalash apparatiga uzatadi. Qirqilgan mayda massa gorizontal va qiya transportyorlar yordamida transport vositalariga yuklanadi. Qishloq xo’jaligida tirkama va o’zi yurar Silos kombayini (sernam еrlarda ishlatiladigan) xillari (KS-2,6, KSG-2,6, KS-1,8) ishlab chiqarilmoqda KS-2,6, KSG-2,6 markali S. k. ning ishlash kengligi 2,6 m, ish unumi soatiga 0,9-1,5 ga, qirqish uzunligi 20-30 mm, qirqish balandligi 80-150 mm (KSG-2,6 niki 150-200 mm). KSG-2,6 o’zi yurar. KS-2,6 MTZ-80, T-150, 1-74, DT-75 traktorlariga agregatlanadi. Silos kombayinni traktorchi yoki o’zi yurar shassi haydovchisi boshqaradi.
§2.12. PRESS PODBORSHIKLAR

Pichan pressi -pichan va poxolni zichlab (zichligi 200 kg/m gacha) va sim bilan bog’lab toylaydigan qishloq xo’jalik mashinasi(rasm). Pichan pressining stasionar va press-podborshchik xillari bor. Press-podborshchik traktorga agregatlanib, uning mexanizmlari traktorniig quvvat olish validai harakatlanadi. Porshenli, masalan, PS-1,6 markali mashina (parellepipedsimon toylar yasaydi – 37-rasm) va rulonli, masalan, PRP-1,6 (pichanni yig’ib, o’rab silindrik shaklga -keltiradi) Pichan pressilar ishlab chiqariladi. Press-podborshchiklarning ish unumi 15 t/soat gachavtomobil


§2.13. SUT SOG’ISH APPARAT VA QURILMALARI.

Sut sog’ish - sigir, echki, qo’y, ot va b. hayvonlardan sut sog’ib olish. Sigir mashina (masalan, sut sog’ish apparati) va qo’lda sog’iladi. Mashinada sog’ilganda еlindan sut chiqishi uchun eng ma’qul fiziologik sharoit yaratiladi. Mashinada еlinning turt choragi, ko’lda esa ikki choragi bir vaqtda sog’iladi. Sigir sog’ishdan oldin еlin iliq suv bilan yuviladi, massaj qilinadi va avval qo’lda ozroq sut boshqa idishga sog’ib olinadi, 1-1,5 minutdan keyin emchaklarga sogish apparatining (stakanlari kiygiziladi. Sog’ib bo’lishdan oldin stakanlar past va old tomonlarga bir necha marta tortib qo’yib yuboriladi, shunda sut to’liq sog’iladi. Qo’lda sog’ishda emchaklar kaft orasiga olinib, qismlab tez-tez sog’iladi. Bunda sog’ish еlinniig oldingi yarmidan boshlanib, navbat bilan davom etadi. Sog’in sigirlarda ma’lum vaqtdan keyin sut berish shartli reflekslari hosil bo’ladi. Sut sog’ish qurilmasi dvigatelining ovozi, sog’uvchining kelishi va boshqa shartli ta’surotlar sut ajralib chiqishiga sabab bo’ladi. Odatdagidan boshqa ta’surotlar (shovqin-suron, joy o’zgarishi va boshqa) sut berish refleksnыy tormozlab qo’yishi mumkin. Shuning uchuv Sut sog’ishda tinchliknn saqlash va belgilangan tartibga rioya qilish kerak. Sigir sutkada 2 marta, qo’y, ot va echkilar kuniga 1-2 marta sog’iladi .

Sut separatori - sutning yog’i (qaymog’i)ni ajratib oladigan, shuningdek sutni qattiq jismlardan tozalaydigan apparat. Zorka, Volga-51, OSJ, SOM-7-600, SOM-3-1000. SPIF-2000, OST-2, OMB-2 markali xillari bor. Qishloq xo’jaligida, asosan, OSJ, SOM-7-GO0 va SOM-3-1000 markalilari ko’p ishlatiladi. Sut seperatorining asosiy qismlari: po’lat baraban uning ichida sutni fraksiya (qatlam)larga ajratadigan konussimon tarelkalar bor, barabanni harakatga keltiruvchi mexanizm, sut idishlari va korpusdan iborat (38-rasm). Baraban minutiga 6-12 ming marta aylanib, markazdan qochirma kuch ta’sirida sut fraksiyalarga ajraladi yog’ (qaymoq) baraban markaziga to’planadi (qaymoqda yog’ 84% gacha bo’ladi). Qaymog’i olingan sut baraban chetiga chiqadi va tirqishlar orqali maxsus yig’gichga gushadi. Sutdagi yog’ning to’la ajralishi sutning temperaturasi (30-40° isitib), barabanning aylanish tezligi, barabanga tushayotgan sut miqdori, sutning tozaligi, yog’ sharchalarining katta-kichikligi va boshqalarga bog’liq.

Sut sog’ish apparati - sut sog’ish qurilmasining asosiy qismi (39-rasm)- Sog’ish stakanlari 4, kollektor 3, sog’ish chelagi 1, uning qopqog’iga o’rnatilgan pulsator 2 va rezina naylar 5 dan iborat. Sog’ish stakanlari so’rgich rezina naylardir; pulsator esa truboprovodda hosil bo’ladigan doimiy vakuumnp kollektor va sog’ish stakanlari ishlashi uchun zarur o’zgaruvchan vakumga aylantirib beradi; kollektor pulsatordan kelayotgan o’zgaruvchan vakuumni sog’ish stakanlariga taqsimlab, sutni to’playdi. Bu qismlarning bir vaqtda ishlashi natijasida sut sog’iladi. Hozir ikki va uch taktli Sut sog’ish aparati ishlab chiqarilmokda. Uch taktli «Volga» va DA-ZM apparatlarida so’rish va sikish taktlari bilan bir qatorda «dam olish» takti ham bor. Ikki taktli DA-2, «Mayga», DPR-2 apparatlarida esa «dam olish» takti yo’q Shu sababli, ikki taktli apparatlarda pulsasiyalar soni ikki baravar ko’p. Kollektorni almashtirib, ikki taktli apparatni uch taktliga yoki uch taktli apparatni ikki taktliga aylantirish mumkin.

Sut sog’ish qurilmasi - sut sog’ish va sutni dastlabki ishlash uchun foydalaniladigan mashina hamda apparatlar kompleksi. Vakuum holatda ishlaydi (40-rasm), elektr dvigatel yoki ichki yonuv dvigateli truboprovod sistemasida 38 sm simob ustuni bosimiga teng vakuum hosil qilishga mo’ljallangan bo’lib, vakuum-nasos 2 ni harakatga keltiradi. 1 elektr dvigatel, 2vakuum-nasos, 3 truboprovod, 4 pulsatorli sog’ish chelagi, 5 pulsator, 6 sog’ish stakanlari. 7 kollektor, 8 vakuum ballon, 9 vakumregulyator, 10 vakummetr. Truboprovod 3 vakumballon 8 ni molxonadagi magistral truboprovod bilan tutashtiradi. Molxonadagi truboprovodlarga sog’ish jo’mraklari o’rnatilgan. Vakum bal­lon nasos hosil qilgan turtkilarni susaytiradi. Vakum regulyator 9 truboprovodda muayyan vakumni saklab turadi. Truboprovodda vakum haddan tashqari oshib ketsa, regulyator klapani avtomatik ravishda ochiladi va havo vakumi kuchini kamaytiradi. Trubo­provod sistemasiga vakum tekshirib turiladigan vakummetr 10 ham o’rnatiladi. Sut sog’ish qurilmasi sut sog’ish stanogi, sut yig’iladigan va saqlanadigan idish, еlinni yuvish va sog’ish apparatlarini dezinfeksiya qilish, shuningdek sun’iy sovitish moslamalari va hokozolar bilan komplektlangan bo’ladi. «Archa» tipidagi (UDE-16 va DAYe-16, «Karusel»-KDU-16, KDU-1, KDU- 5) sog’ish stanogida 8 ta, «Tandem» tipidagi (DAT-12) stanokda 12 ta sut sog’ish apparati bor.
§2.14.QISHLOQ XO’JALIGI DEHQONCHILIK VA CHORVACHILIKDA ISHLATILADIGAN YUKLASH HAMDA TASHISH MASHINALARI.
Qishloq xo’jaligida dehqonchilik mahsulotlarini еtishtirish va chorvachilik, qishloq xo’jalik maxsulotlari yuklarini ortish, tashish hamda saqlash jarayonlarida turli xil qishloq xo’jalik mashinalari ishlatiladi.

Yuklash mashinalari yuklarni ortish, tushirish va yaqin masofaga tashish uchun mo’ljallangan o’zi yurar mashinalar. Vazifasiga qarab umumiy ishlarga mo’ljallangan universal va maxsus; ishlashiga qarab davriy va uzluksiz ishlaydigan xillarga bo’linadi. universal yuklash mashinalari xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi turli yuklarni ortishda ishlatiladi. Ularning 40 tagacha almashinadigan ish jihozlari bo’ladi. Maxsus Yuklash mashinalari chegaralangan nomenklaturadagi yuklarni ortishda yoki alohida sharoitda (masalan, konda) ishlatiladi. Yuklash mashinalarining jihozlari maxsus konstruksiyali shassilarga yoki traktor, g’ildirakli tyagach (shatak)lar, avtomobillarning shassilariga o’rnatiladi. Davriy ishlaydigan Yuklash mashinalariga ish jihozi gidroprivodli (41-rasm, a) va avtoyuklagichlar kiradi. Ularning harakatlanish mexanizmlarida mexanik, elektrik gidrodinamik transmissiya yoki motor g’ildirak ishlati­ladi. Elektrik va avtogoklagichlar bir turdagi ish jihozlari yuk ko’targichlar bilan jihozlangan. Bir kovishli (kovshining hajmi 0,1-30 kg3). Yuklash mashinalari sochiluvchan yuklarni yuklashdan boshqa ishlar (tuproq qazish, to’nkalarni qo’porish)ni ham bajarishi mumkin (41-rasm, b). Ularning asosiy ish organlari ko’tarish strelasiga sharnirli mahkamlangan kovshdan tashqari boshqa ish organlari payshaxa, jag’li qamragichlar, kran ilgaklari va boshqilardan ham foydalaniladi. Yuklash mashinalarining quvvati 10-700 kvt, ortish balandligi-2,5-4 m, tezligi 12 km/soat (gusenisali Yuklash mashinalari) va 50 km/soat (g’ildirakli Yuklash mashinalari). Uzluksiz ishlaydigan 10. m. o’zi yurar konveеrlar sochiluvchan va mayda donaln yuklarni shtabellar va otvallarni yuklash hamda tashish uchun mo’ljallangan; bir kovshli Yuklash mashinalariga nisbatan unumdorligi katta (30- 400 m3/soat), kam energiya va metall sarf bo’ladi. Konda ishlatiladigan yuklash mashinalari (41-rasm, v) foydali qazilma va jinslarni еr ostida transport vositalariga yuklash uchun mo’ljallangan. Ular zaboylarda keng qo’llanilmoqda. Bular yukni qamrash usuliga qarab tagidan, yonidan va ustidan qamraydigan, ish organining turiga qarab kovshli richag panjali, qirg’ichli va yukni transport vositalariga uzatish usuliga qarab oldiga, orqasiga va yoniga ag’daradigan xillarga bo’linadi. Yuklash mashinalarining yangi ish organlari, masofada turib va avtomatik boshqarish apparaturalari ishlab chiqilmoqda.

Paxtachilik rivojlangan sari qishloq xo’jalik mahsulotlarini tashish hajmi ham orta boradi. Hozirgi vaktda paxta еtishtirish bilan bog’liq mehnat sarfining beshdan bir qismi yuk ortish-tushirish va tashish ishlariga to’g’ri keladi; buning ustiga, mazkur ishlarni juda qisqa muddatda bajarish talab qilinadi. Shu davrda paxta tashish ishlarida 100 ming donadan ziyod prisep va ko’p miqdorda yuklagichlardan foydalaniladi. Priseplarning ko’p ishlatilishiga sabab shuki, ularda paxta va xo’jalik yuklarini tashish avtomobilda tashishga qaraganda ancha arzonga tushadi.

Traktor priseplari. PTS-766M markali prisep. «Tashavtomash» zavodida yaratilib 1959 yildan buyon ishlab chiqarilayotgan PTS-766M prisepi paxtakor xo’jaliklarda keng tarkalgan. Bu prisep ikki o’kli bo’lib, 3 tonna yuk ko’taradi; yukni o’zi ag’daradi; paxta va boshqa qishloq xo’jalik yuklari tashishga mo’ljallangan; 9-14kN klass traktorlar bilan ishlatiladi; prisep oldingi g’ildiraklarga ta’sir etuvchi gidravlik tormozlar va 210-20 shinalar bilan ta’minlangan.

Paxtachilik zonalaridagi qishloq xo’jalik yuklarini tashishga mo’ljallangan; 4 tonna yuk ko’tara oladi; kuzovining hajmi 12,7 m3; GAZ-51 avtomobildan olingan gid­ravlik tormozlar sistemasi bilan ta’minlangan va g’ildiraklariga past bosimli 230-16 shinalar kiygizilgan. Tormozlar sistemasi prisepning fakat oldingi g’ildiraklariga ta’sir etadi. Shu kam-chiligi sababli ularni ketma-ket tirkab poеzd hosil qilib bo’lmaydi, chunki traktorning ketingi g’ildiraklari va prisepning oldingi g’ildiraklari hosil qiladigan tormozlovchi kuch poеzdning xavfsiz yurishini ta’minlay olmaydi. Sig’imi oshirilgan 2PTS-4-793A markali prisep ikki o’qli, yukni o’zi ag’daradi; 4 tonna yuk ko’tara oladi, paxtani qopqanorsiz tashishga, boshqa qishloq xo’jalik yuklari va qurilish materiallarini (tog’ jinslari va toshlar bu hisobga kirmaydi) har kanday yo’llarda tashishga mo’ljallangan. U 9-14 kN klass traktorlar (T28X4M-S1, T-40M, . MTZ-80) bilan ishlatiladi; bu traktorlar barcha g’ildiraklarga ta’sir etadigan pnevmatik tormoz sistemasini ulashga imkon beradigan moslama, kuzovni qiyalantiradigan gidravlik sistema va elektr uskunalar bilan jihozlangan (32-rasm).

Prisepning asosiy qismlari shassi bilan kuzovdan iborat. Kuzovning asosiga oldingi bort qimirlamaydigan qilib, yon bortlar bilan ketingi bort esa sharnirli biriktirilgan. Oldingi va ketingi bortlarga panellarni harakatlantiruvchi mexanizm mahkamlab ko’yilgan. Qo’shimcha bortlar asosiy bortlar ustiga o’rnatilib, boltlar bilan mahkamlangan. Ularga ochiladigan yon panellar osilgan, prisepga paxta ortish oldidan mexanizm panel­larni ochadi, paxta ortilib bo’lgandan keyin yopadi (dastlabki holatiga qaytaradi). Bunda ku­zovning hajmi ortib, 16 dan 19 m3 ga, yuqori tomondagi kengligi 3,7 m ga еtadi, natijada paxta terish mashinalarining bunkerini bo’shatish uchun qulay sharoit vujudga keladi, paxtaning еrga to’qilishi kamayadi, panellar yopilganda kuzovdagi paxta birmuncha zichlashadi.



BOB.III. QISHLOQ XO’JALIK MAXSULOTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
§3.1. O’SIMLIKLARNI PARVARISH QILISH AGROTEXNIKASI
Qishloq xo’jaligida har qanday ekinni yerga ekilgandan so’ng uni to hosilini yig’ishtirib bo’lgunga qadar agrotexnikasi davom etadi. Bu texnologik jarayon asosan ekinlarni oziqlantirish, sug’orish, begona o’tlarni yo’qotish, qator oralarini yumshatish, o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish kabi agrotexnik talablarni bajarishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligida ekinlarni parvarish qilish texnologiyasi qo’lda va qishloq xo’jalik texnikasi hamda qurollari yordamida agrotexnik talablar asosida bajariladi.

Qishloq xo’jalik ekinlarini qator hamda tup oralarini yumshatish, o’simlik tupi atrofiga tuproq uyish kabi jarayonlar ekinlarni chopiq qilish va yumshatishning agrotexnik usullari hisoblanib, sabzavot, poliz, texnika ekinlari, mevali va manzarali o’simliklarni parvarish qilishda qo’llaniladi.

Ekinlarini parvarishlash. Ekinlarni parvarish qilishdagi asosiy tadbirlar tuproqni o’z vaqtida yumshatib turish, begona o’tlarni yo’qotish, paydo bo’lgan qatqaloqni buzish, sug’orish, o’g’itlash, zararkunanda va turli kasalliklarga qarshi kurashishdan iborat. Ekinzorlardagi begona o’tlar odatda ko’chatlar o’sib chiqmasdan burun paydo bula boshlaydi. Demak birinchi navbatda ularni ketmon va tesha bilan chopish yoki qo’lda yulib tashlash kerak Ular yog’ingarchilikdan so’ng yulinadigan bo’lsa ildizi bilan osongina sug’urilib chiqadi. Qatqaloqqa qarshi kurashning eng yaxshi usuli tuproq betiga qalinligi 2-3 sm qilib chirindi solishdir. Nihollar paydo bo’lgo’nga qadar bu tadbir amalga oshirilmagan bo’lsa, u holda qatqaloq xaskash, yoki tesha va ketmon yordamida ehtiyotlik bilan, qatqaloq ostidagi unib chiqayotgan o’simlikka zarar yetkazmasdan yumshatiladi. Ko’chat ekilgan joyning tuprog’i doimo yumshoq, holatda saqlanishi kerak. Kuchli yomg’irdan keyin tuproq, selgishi bilan uni darhol yumshatish lozim. Karam va pomidor ko’chatlarida qo’shimcha ildizlar hosil qilish uchun yerni yumshatish paytida ularning tagiga tuproq uyub quyilishi kerak. Bodring ham bir necha marta chopiq qilinadi, ulardagi, shuningdek qovoq, qovun,tarvuz va boshqa poliz ekinlarida paydo bo’ladigan jigalaklarni chilpib tashlanib, shu joy tuproqqa kumilsa, undan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqadi. Ko’chat zich ekilganda odatda tuproqda mavjud tuyimli moddalar, suv va yorug’lik yetishmay qoladi.

Bahorda ekilgan urug’lar uchun nam yetarli bo’lsada, bahorgi kuchli yomg’irlar tufayli tuproq zichlashib, qatqaloq bosadi va ekin urug’lari yaxshi unib chiqa olmaydi. Buning oldini olish uchun ekin ekilgan egatlarga suv jildiratib beriladi yoki xaskash bilan yumshatiladi.

Ekinlarga kuproq begona o’tlar zarar keltiradi.Yorug’likni to’sib quyadi, oziq moddalar va namlikka sherik bo’ladi. Natijada ekin sarg’ayib yaxshi usa olmay hosili kamayadi. Begona o’tlar o’simliklarga kasallik va zararkunandalarni tarqatadi, shuningdek ayrimlari odam va hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. Begona o’tlar tuproqda namlik yetishmasligi va boshqa noqulay sharoitlarga chidamli bo’ladi va ko’p urug’ beradi. Shuning uchun ular ekinlarni tezda bosib ketadi, ayniqsa ko’p yillik begona o’tlar bilan kurashish ancha qiyin bo’ladi. Begona o’tlar urug’lari, ildizpoyalari va bachkilari yordamida ko’payadi. Shunga ko’ra ekinni unib chaqqandan keyin darhol begona o’tlardan tozalash kerak. Ekin ustirish davomida o’rtacha 2-3 marta o’toq qilinadi. Ekinlar qalin unib chiqsa oralari siyraklashtiriladi. Bir vaqtning o’zida o’toq qilinadi.Ekin o’stirilayotgan maydonning qator oralari yumshoq holda saqlanishi lozim, chunki ekinlar tuproqda yetiladi. Shuning uyaun ekin qator oralari xkjalik traktorga tarqalgan kultivatorlarda, maktab uchastkasida esa ketmon yoki belko’rakda yushatiladi. Bunda egatlardagi begona o’tlar yo’qoladi va qo’lda o’toq qilish uchun mehnat kam sarflanadi.Ekinlar 1-2 marta barg chiqara boshlaganda oziqlantira boshlanadi. Ekin o’g’itlangandan so’ng ketma ket suv beriladi, natijada yerga solingan o’g’itlar suvda erib o’simlikka singadi.
§3.2.G’O’ZA VA DOIMIY EKILADIGAN EKINLARNI PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI
O’zbekiston sharoitida mahalliy ekinlardan sabzi, karam, bodring, kartoshka, piyoz kabi sabzavotlar, qovun, tarvuz, qovoqlar kabi poliz, bug’doy, arpa, suli, sholi, makkajo’xori, oqjo’xori, tariq, javdar kabi donli ekinlar, no’xat, zig’ir, kunjut kabi texnik va boshqa oraliq ekinlar ekiladi.

Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish jarayonidagi parvarish qilish texnologiyasi xosildorlikni oshirishda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa parvarish qilish vaqtida ekin urug’ini yaxshi unib chiqishi uchun yumshatish ishlari bajariladi. O’simlikklarni nihollani nimjon bo’ladi, shuning uchun ular qatqaloqdan zararlanadi. Ayniqsa ular erta bahorda ekilganda yog’ingarchilikdan keyin qatqaloq hosil bo’ladi, namlik ana shk yoriqlar orqali bug’lanib keta boshlaydi.Buni oldini olish uchun qatqaloq hosil bo’lishi bilan yengil borona qilinadi. Ana shu davrda urug’lar unib chiqayotgan bo’lsa, yulduzchali yumshatgichlardan foydalaniladi, shunda maysalar kam zararlanadi.

Urug’lari maydaligi tufayli yuza ekilgan maydonlarda qatqaloq ekinni sug’orish, qator oralarini kultivasiya qilish va o’simlik atrofini yuza yumshatish yuli bilan yo’qotiladi. Qatqaloq hosil bo’lishini oldini olish ekin ekilgandan keyig uning ustiga chirigan go’ng, yog’och qipig’i sepilsa yoki vaqtinchalik plyonka bilan yopib qo’yilsa, tuproq yuzasi qotib qolmaydi va urug’lar bir tekisda unib chiqadi. O’simliklarning parvarish qilishning muhim omillaridan biri ko’chatlarni siyraklashtirish va begona o’tlarga qarshi kurashishdir. Ekinning turiga qarab ko’chatlarni siyraklashtirish ishlari bir necha marotaba amalga oshiriladi.

Ekinlarni undirib chaqarib va siyraklashtirib olingandan so’ng ular qator oralariga ishlov berish, yumshatish, o’toq qilish, oziqlantirish maqsadida o’g’itlash va ularni sug’orish agrotexnik ishlar amalga oshiriladi. Ushbu agrotexnik ishlarni bajarishni mahalliy ekin hisoblanmish paxta g’o’zasini parvarish qilish misolida qarab chiqamiz.

Chigit ekilgandan so’ng kupincha tuproq zichlashib qoladi. Ayniqsa, chigit suvi berilganda, yomg’ir ko’p yoqqanda, ekish oldidan tuproqni ishlashda va mola bosilganda tuproq zichlashadi. Tuproq uzoq vaqtgacha shu ahvolda yotaversa o’simlik sust rivojlanadi, yerdan nam bug’lanib ketadi, tuproqning oziq rejimi buziladi, kultivasiya o’tkazish, ekinlarni sug’orish qiyin bo’ladi va nihoyat dalani begona o’tlar bosib bir birini soyalaydi, quyosh nuri, issiqlikdan yaxshi foydalana olmaydi. Bu esa shonaning to’kilishiga, o’simlikning sust rivojlanishiga va ko’saqlarning kech ochilishiga sabab bo’ladi.

Oz norma bilan ancha fursat o’tkazib sug’orish esa g’o’za ildizining zo’r berib o’sishiga va shu tufayli o’simlikning yer ustki qismi normal rivojlanmasligiga olib keladi. G’o’za o’suv davrida suvga bo’lgan talabiga va tuproq sharoitiga qarab bir necha marta sug’oriladi Odatda G’o’za gullaguncha 2 marta, gullash va ko’sak tugish davrida 3-4 va ko’saqlar ochilgandan so’ng bir marta sug’oriladi. Lekin yer osti suvning chuqurligiga, ob-havo, tuproq iqlim sharoitiga qarab sug’orish normasi va soni o’zgaradi. Yer osti suvi yuza yerlarda G’o’za kamroq sug’oriladi. O’zbekistonning shimoliy tumanlarida, janubiy va markaziy tumanlarga nisbatan issiqlik biroz past va namgarchilik ko’proq bo’ladi. Shunga ko’ra, g’o’za namlikni kamroq talab qiladi. Yer osti suvi chuqur joylashgan shimoliy tumanlarda g’o’za 5, markaziy tumanlarda 6-7 va janubiy tumanlarda esa 8-9 martagacha sug’oriladi.

O’rta Osiyo sharoitida g’o’za asosan egatlab sug’oriladi. Bunda tuproq sharoiti, relyefi va boshqa faktorlarga qarab egatlar olinib va unga jildiratib suv taraladi. Suv egatlardan juda sekin oqib marzaning tepasigacha namlaydi. Shunda ekin mirqib suv ichadi. Masalan, egatlarning uzunligi tekis yerlarda (G’o’za qator orasi 60 sm bo’lganda) 80-100 m, keng qatorlab (70, 80, 90 sm) ekilgan maydonlarda esa 200-250 m gacha bo’lishi mumkin.

Yengil qumloq tuproqlarda va bir oz qiya yerlarda egatlarning uzunligi 60-80 m dan oshmasligi kerak.

Keyingi yillarda G’o’zani sug’orishda egiluvchan shlanglar, egiluvchan truboprovodlar va hap xil markadagi yomg’irlatish mashinalaridan foydalanilmoqda.

Sug’orish davrida yer osti suvi chuqur joylashgan og’ir tuproqlarning 70-80 sm, yengil tuproqlarning 50- 60 sm qatlami namlanishi kerak.

Sizot suvi yuza joylashgan yerlarda g’o’zaga berilayotgan suvning yer osti suvlar bilan qo’shilishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Aks holda botqoqlanish vujudga keladi va hosil keskin kamayadi. Egatga beriladigan suv shunday taqsimlanishi kerakki, bunda egatlar bir tekis namlansin va ular yuvilib ketmasin.

G’o’zaning o’sishi va rivojlanishida ko’p miqdorda shona va gul hosil bo’ladi. Lekin oziq, suv, yorug’lik va boshqa sharoitlarning yetishmasligi natijasida shona va gullarning ko’plab tushib ketish hollari ro’y beradi. Shuning uchun g’o’zani ortiqcha o’stirib yubormaslik maqsadida asosiy va yon o’suv shoxlarining uchi chilpib tashlanadi, ya’ni chekanka qilinadi.

Bunda oziq moddalar hosil organlariga baravar taqsimlanadi, yorug’lik bilan yaxshi ta’minlanadi va ko’saqlar tez yetiladi. Shuning uchun chekanka agrotexnika kompleksida muhim tadbirlardan hisoblanadi. G’o’za tuproq unumdorligiga, qo’llanilgan agrotexnikavny tadbirlarga qarab 12-16 ta hosil shox chiqargan paytida chekanka qilinsa eng yaxshi samara beradi. Bu davr g’o’za normal rivojlanayotgan dalalarda taxminan 25 iyul-5 avgustga, o’rtacha rivojlanayotgan uchastkalarda 1-10 avgustga to’g’ri keladi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan dalalarda esa bundan keyinroq o’tkazish kerak. Keyingi yillarda g’o’zani mashinalar yordamida chekanka qilish keng ko’lamda avj olmoqda.

Takrorlash uchun savollar

1.G’o’zaning oziq moddalarga talabi qanday?

2.G’o’za qanday parvarish qilinadi?


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə