O’zbekiston tarixi


mehnatning o`zgartiruvchanlik mohiyatini



Yüklə 41,92 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü41,92 Kb.
#146754
1   2   3   4   5   6   7
“O’zbekiston tarixi” ni o’rganishda arxeologik va yozma manbalarning ahamiyati

mehnatning o`zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalarning tashqi ko`rinishidan ham aniqlanadi. Ko'p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayonlar - odam va lamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropadeydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dast avval Osiyoning tubida paydo bо`lgan degan g`oyani ilgari suradilar.
Yaqin yillarga qadar O`zbekiston hududlari eng qadimgi odan tomonidan 100 ming yillar ilgari o`zlashtirilgan deb hisoblanib kelj edi. Ko`pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog`lab kelar edilar. Ammo so`nggi yillarda O`zbekiston arxeologlari tomonidan olib borih ko`pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O`tgan asrning 80-yillarida arxeolog O`.Islomov boshchiligjd tadqiqotchilar Farg`ona vodiysidagi Selung`ur (So`x tumani) g`oi pdeolit davri makonini ochishga muvaffaq bo`ldilar. So`nggi tadqiq natijalariga qaraganda Selungur ilk paleolit davriga oid bo`lib, o`n u, madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko`plab ibtidoiy t. quroJlar topilgan. Bu qurollar ko`p hollarda Olduvoy qurollariga o`xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarini yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan ahamiyatlisi qadimgi odam jag` suyaklari, tishlari va yelka suyaklariuuj Fanda "Farg`ona odami"-"Fergantrop" deb nomlangan bu qazilma odami qoldiqlari eng qadiragi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O`rta Osiyo, xususan O`zbekistonning insoniyat paydo bo`lib rivojlangan o`choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Undan tashqari ko`lbuIoq makonidan (Shimoli-sharqiy O`zbekiston, Toshkent vil.) ham ko`p qatlami yodgorlik ochilgan bo`lib, uning erig pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100dan ziyod chopper, nukleus, qirg`ich va tarashlag`ich tosh qurollar topilgan.
Tadqiqotchilar Tyansban etaklaridagi Onarcha (Qirg`iziston) makonidan hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) makonlaridan ham ilk-paleolit davri qatlamlarini aniqlab bu qatlamlardan juda ko`plab tosh qurollar topganlar.
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarningi makonlaridagi topilmalarida sodda va qo`pol tosh qurollar ko`pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o`zining soddaligi, qo`polligi, 1 turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan bam, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan termachilik va ovchilik bilan tJrikchilik o`tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz bo`lib, unda mavjud bо`lgan tayyor mahsulotlarni o`zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O`rta paleolit (Mustye madaniyati) - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastiabki yodgorlik 
Yüklə 41,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə