O’zbekiston tarixi



Yüklə 41,92 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü41,92 Kb.
#146754
1   2   3   4   5   6   7
“O’zbekiston tarixi” ni o’rganishda arxeologik va yozma manbalarning ahamiyati

Teshiktosh (Surxondaryo) g`or makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O`rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o`rta paleolit davriga oid ko`plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishiari olib borildi. Omonqo`ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo`tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh-vohasi), Jarqo`rg`on (Shimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko`lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg`iziston), Og`zikichik (Tojikiston), Xo`jakent (Toshkent viloyati), Qopchig`ay (Oirg`iziston) kabi ko`plab makonlar o`rta paleolit davriga oid bo`lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O`rta Osiyo hududlarida O`rta Osiyo paleolit nisbiy tarzda mil. avv. 100-40 ming yilliklarni o`z ichiga oladi.
Surxon vohasidagi (Boysuntog`) Teshiktosh g`or-makoni topilmalari nafaqat O`zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. O`rta paleolit davriga mansub bu g`or-makon shimoli sharqqa qaragan bo`lib, kengligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21 m. Tadqiqotlar natijasida g`or-makondan beshta madaniy qatlam aniqlanib, bu qatlamlardan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Undan tashqari turli hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlarning suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh qurollar orasida qirg`ich-tarashlag`ichlar alohida o`rin egallab, ularning ba'zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo`lishi ham mumkin.
Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g`or-makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafn marosimlariga amal qilinib, jasad atrofiga tog` echkisi shoxlari qadab qo`yilgan. Shuningdek, g`or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o`rni va atroflaridan tog` echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan Teshiktosh odami O`rta Osiyodagi neandertal qiyofadagi qadimgi odamlarning yagona vakili bo`lib, bu hududlardan hozirgacha boshqa topilmagan.
Toshkent viloyatidagi 
Yüklə 41,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə