O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
uploads constitution oz

III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi 
15-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 


Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. 
16-modda. 
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va 
manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. 
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va 
qoidalariga zid kelishi mumkin emas. 
IV bob. Tashqi siyosat 
17-modda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning 
tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, 
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari 
va normalariga asoslanadi. 
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga 
kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining 
Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 
Qonuniga 
qarang. 
IKKINCHI BO‘LIM. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, 
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
V bob. Umumiy qoidalar 
18-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, 
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i 
nazar, qonun oldida tengdirlar. 
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga 
mos bo‘lishi shart. 
19-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va 
burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab 
qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni 
cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. 
20-modda. 
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va 
jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə